Nelson Piquet Jr.

Nelson Angelo Tamsma Piquet Souto Maior (1985-yil 25-iyulda tug‘ilgan), Nelson Piquet Junior yoki Nelsinho Piquet nomi bilan ham tanilgan braziliyalik avtopoygachi[1]. Sobiq Formula 1 va Formula E haydovchisi, 2014-yilgi mavsum chempioni. Hozirda u Motul TMG Racing jamoasi uchun 33-raqamli Toyota Corolla E210 avtomashinasini haydab, Braziliya Stock Car Pro Series musobaqalarida to‘liq ishtirok etmoqda.

Nelson Piquet Jr

Piquet (2015-yilgi rasm)
Millati Braziliya brazilyalik
Tugʻilgan joyi 25-iyul 1985-yil (1985-07-25) (38 yosh)
Heidelberg, Gʻarbiy Germaniya
Bogʻliq bgʻlgan Nelson Piquet, (otasi)
Jamoalar Renault
Avtomobil raqami 3
Sobiq jamoasi NIO Formula E Team, Panasonic Jaguar Racing
Startlar 51
Chempionatlar 1
Gʻalabalar 5
Unvonlar 6
Pole pozitsiyasi 6

U, shuningdek, FIA World Endurance Championshipning Rebellion R-One LMP1 poygasida qatnashadi.

Nelson Piquet Junior Formula 1 boʻyicha uch karra jahon chempioni Nelson Piquetning oʻgʻli hisoblanadi[2]. U 2007-yilgi mavsum uchun Renault Formula 1 jamoasi uchun sinov haydovchisi sifatida ishtirok etgan va 2009-yilgi mavsumning oʻrtalariga qadar faoliyat yuritgan. Maʼlum boʻlishicha, u jamoaning katta aʼzolarining koʻrsatmasi bilan 2008-yilgi Singapur Gran-prisida jamoadoshi Fernando Alonsoning poygada gʻalaba qozonishiga yordam berish uchun ataylab halokatga uchragan. Natijada paydo boʻlgan janjal avtosport tarixidagi eng muhim voqealardan biriga aylandi va Piquet Juniorning Formula 1dagi faoliyati butunlay yakunlandi. Piquet shuningdek, 2006-yilgi GP2 seriyasida ikkinchi, 2014-yilgi Global RallyCross Championshipda toʻrtinchi va yettinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilgi NASCAR yuk mashinalari seriyasida ham qatnashgan[3]

Faoliyati

Piquetning poygadagi faoliyati 1993-yilda, Braziliya kartingida boshlangan. U yerda 2001-yilgachafaoliyat olib borgan. Keyinchalik Sudamericana Formula 3 poygalarida ishtirok eta boshlaydi. Otasining homiyligi unga oʻz jamoasi uchun poygalarda ishtirok etish imkonini berdi, u GP2 seriyasini tark etguniga qadar bu amaliyotni davom ettirdi. U 2001-yilgi mavsumning bir qismida poygalarda qatnashdi va 2002-yil yakuniga toʻrt poyga qolganda chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2002-yilda u Braziliya Formula Renault poygalarida ham qatnashdi.

Formula E (2014-2019)

2014-yil avgust oyida Piquet Formula E jamoasi China Racing bilan Donington Parki poygasida ishtirok etdi va 21-avgustda jamoaga ishga qabul qilindi[4]. 2014-15 yilgi mavsumning dastlabki beshta poygasida jumladan Punta-del-Este va Buenos-Ayresda podiumga chiqdi[5]. Piquet Long-Bichda oʻzining birinchi Formula E gʻalabasini qoʻlga kiritgan boʻlsa, Moskvada ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi[6]. Bu esa mavsum davomidagi barqaror natijalari bilan bir qatorda unga chempionlikni taqdim etdi. Mavsum yakunida chempionlik kurashini bir ball hal qildi.

Natijalar

24 Hours of Le Mans

24 Hours of Le Mans natijalari
YilJamoaYordamchi haydovchiAvtomobilKlassAylanishPoz.Class
Pos.
2006 Russian Age Racing
Team Modena
Antonio García
David Brabham
Aston Martin DBR9GT134394
2016 Rebellion Racing Nick Heidfeld
Nicolas Prost
Rebellion R-One-AERLMP1330296
2017 Vaillante Rebellion Mathias Beche
David Heinemeier Hansson
Oreca 07-GibsonLMP2364DSKDSK

FIA World Endurance Championship

FIA World Endurance Championship natijalari
YilJamoaKlassShassiDvigatel123456789DarajaBall
2016Rebellion RacingLMP1Rebellion R-OneAER P60 2.4 L Turbo V6SIL
4
SPA
4
LMS
13
NÜRMEXCOAFUJSHABHR1525
2017Vaillante RebellionLMP2Oreca 07Gibson GK428 4.2 L V8SIL
9
SPA
4
LMS
DSQ
NÜRMEX
5
COA
2
FUJ
DSQ
SHA
3
BHR
3
1273

Manbalar