Nathan Oduwa

Kelade Nathan Oduwa (talaffuzi:  Kelede Natan Oduva) (1996-yil 5-martda tugʻilgan) — professional futbolchi. Nathan Oduwa „Turan-Tovuz“ futbol klubida qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Nathan Oduwa Angliya va Nigeriya milliy futbol terma jamoalari safida xalqaro oʻyinlarda qatnashgan[2].

Nathan Oduwa
Oduwa 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiKelade Nathan Oduwa
Tavallud sanasi5-mart 1996-yil (1996-03-05) (28 yosh)
Tavallud joyiBloomsbury, Angliya
Boʻyi1.85 m[1]
Ampluasiqanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turan-Tovuz
Raqami17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2013Tottenham Hotspur
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2013—2017Tottenham Hotspur0(0)
2015→ Luton Town (ijara)11(0)
2015—2016→ Rangers (ijara)15(1)
2016→ Colchester United (ijara)2(0)
2016—2017→ Peterborough United (ijara)6(0)
2017—2018Olimpija Ljubljana22(2)
2018Vejle Boldklub3(0)
2019Hapoel Hadera 13(1)
2020Dundalk 10(0)
2022Shamakhi11(0)
Milliy terma jamoa
2012

Angliyaning 17 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar millliy terma jamoasi
7(0)
2014

Angliyaning 18 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar millliy terma jamoasi
2(0)
2015

Angliyaning 20 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar millliy terma jamoasi
3(0)
2016

Nigeriyaning 23 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar millliy terma jamoasi
4(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 24-avgust 11:47 (utc) uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati

Tottenham Hotspur

Londonning Bloomsbury shahrida tugʻilgan Nathan Oduwa 11 yoshida „Tottenham Hotsput“ futbol klubiga qoʻshildi va klubning yoshlar jamoasida oʻynay boshladi. 2012-yilning iyulida Nathan Oduwa klub bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzoladi[3]. Nathan Oduwa 2013—2014-yilgi mavsumda klub safida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi va 10 ta gol urdi[3].

2015-yilning 2-fevralida Nathan Oduwa 2014—2015-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Ikkinchi liga vakili „Luton Town“ futbol klubiga qoʻshildi[4]. Nathan Oduwa ijara muddati davomida „Luton Town“ klubi safida 11 ta oʻyinda maydonga tushdi[5].

2015-yil 13-avgustda Nathan Oduwa Shotlandiya chempionati vakili „Rangers“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[6][7]. Nathan Oduwa 2016-yil 17-yanvarda „Tottenham Hotspur“ futbol klubiga qaytdi[8].

2016-yilning 26-fevralida Nathan Oduwa Birinchi liga vakili „Colchester United“ futbol klubi bilan bir oylik ijara asosida shartnoma imzoladi[9]. Nathan Oduwa klub safida bor yoʻgʻi ikkita oʻyinda maydonga tushdi[10].

2016-yilning 31-avgustida Nathan Oduwa 2017-yilning 2-yanvarigacha ijara asosida Birinchi liga vakili „Peterborough United“ futbol klubiga qoʻshildi[11].

Olimpija Ljubljana

2017-yilning 14-fevralida Nathan Oduwa Sloveniyaning PrvaLiga vakili „Olimpija Ljubljana“ futbol klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi[12]. Oduwa 2018-yilning 22-iyulida, oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasi bekor qilinganidan keyin klubni tark etgan[13].

Vejle Boldklub

2018-yilning 28-sentyabrida „Vejle Boldklub“ futbol klubi Nathan Oduwa bilan uch yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[14]. 2018-yilning 17-dekabrida „Vejle Boldklub“ klubi va Nathan Oduwa shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldilar[15].

Hapoel Hadera

2019-yilning 30-yanvarida Nathan Oduwa Isroil Premer-ligasi vakili „Hapoel Hadera“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[16].

Dundalk

2020-yil 10-martda Nathan Oduwa Irlandiya Premer-divizioni chempioni „Dundalk“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[17][18].

Shamakhi

2022-yilning 3-fevral kuni Ozarbayjon Premer-ligasi vakili „Kesla“ futbol klubi Nathan Oduwa bilan 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[19]. 2022-yil 6-aprelda „Kesla FK“ oʻz nomini „Shamakhi FK“ ga oʻzgartirdi[20].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMilliy kubukLiga kubugiYevropaBoshqaJami
DiviziyaOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soniOʻyinlar soniGollar soni
Tottenham Hotspur2014—2015[5]Angliya Premier-ligasi0000000000
2015—2016[10]0000000000
2016—2017[21]0000000000
Jami0000000000
Luton Town (ijara)2014—2015[5]Angliya Ikkinchi ligasi110110
Rangers (ijara)2015—2016[10]Shotlandiya chempionati1512020191
Colchester United (ijara)2015—2016[10]Angliya Birinchi ligasi2020
Peterborough United (ijara)2016—2017[21]60102090
Olimpija Ljubljana2016—2017[22]Sloveniya PrvaLiga401050
2017—2018[22]1820020202
Jami222100020252
Vejle Boldklub2018—2019[22]Daniya Superligasi300030
Hapoel Hadera2018—2019[22]Isroil Premer-ligasi13130161
Dundalk2020[22]Irlandiya Premer-divizioni1002240162
Shamakhi2021—2022[22]Ozarbayjon Premer-ligasi90000090
Jami914722060401106

Manbalar