Nana Asare

Nana Akwasi Asare (talaffuzi: Nana Akvasi Asare) 1986-yil 11-iyulda Kumasida tugʻilgan. Futbolchi „Gent“ klubi va Gana terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi.

Nana Akwasi Asare
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi11-iyul 1986-yil (1986-07-11) (37 yosh)
Tavallud joyiKumasi, Ghana
Boʻyi1.75 m
Ampluasichap himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Cornerstones
Feyenoord Fetteh
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2003-2007Feyenoord0(0)
2004-2005→ Antwerp (ljara)24(3)
2005-2007→ Mechelen (ljara)36(1)
2007-2009Mechelen52(1)
2009-2013Utrecht102(10)
2013-2020Gent215(3)
Milliy terma jamoa
2007-2012Ghana5(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-avgust uchun)

Jamoalardagi faoliyati

Nana Asare oʻz faoliyatini Ganada joylashgan Gollandiyaning „Feyenoord“ klubining xalqaro akademiyalaridan birida boshlagan. 2003-yilda u „Feyenoord“ akademiyasiga oʻtdi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Nana Asare Belgiyaning „Antwerp“ klubiga, keyin esa „Mechelen“ klubiga ijaraga oʻtdi. Mavsum oxirida klub Asarening transferini „Feyenoord“ klubidan sotib oldi.

2009-yilda Nana Asare „Utrecht“ klubi bilan shartnoma imzolab, Gollandiyaga qaytib keldi. 1-avgust kuni „Waalwijk“ klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qildi. 2010-yilning 20-fevralida Nana Asare klubdagi ilk golini „Breda“ klubi darvozasiga kiritdi[1].

2013-yilda Nana Asare „Gent“ga koʻchib oʻtdi. 27-iyul kuni „Beveren“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qildi[2]. 2014-yilning 1-martida „Charleroi“klubiga qarshi ruakechgan duelda Nana Asare „Gent“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritdi[3]. 2015-yilda u klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi. Oʻsha yilning 16-sentyabrida Fransiyaning „Lion“ klubiga qarshi oʻyinda Nana Asare Chempionlar ligasida debyut qildi[4].

Xalqaro karyerasi

2007-yilda Nana Asareda Gana terma jamoasida debyut qilgan. 2008-yilda Nana Asare milliy terma jamoaning Afrika Millatlar Kubogiga daʼvogarligiga kiritildi va Nana Asare bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Turnirda u zaxira futbolchisi boʻlgan va bir daqiqa ham maydonga tushmagan.

Statistikasi

KlubMamlakatlarMavsum
Feyenoord Ghana Gana2000-2003
Feyenoord Niderlandiya2003
Royal Antwerp Belgiya2004-2005
Mechelen Belgiya2005-2009
FC Utrecht Niderlandiya2009-2013
KAA Gent Belgiya2013-2020

Yutuqlari

Jamoaviy yutuqlari

"Gent"

  • 1 Belgiya futbol chempionati — 2015-yil

Xalqaro yutuqlari

Gana

  • 3 Afrika Millatlar Kubogi — 2008- yil

Manbalar