Nam Ji-hyun

Nam Ji-hyun (koreyscha: 남지현; 1995-yil 17-sentyabrda tug‘ilgan)[1][2] — Janubiy Koreyalik aktrisa. Ji-hyun bolaligida, aktrisa sifatida bir qancha kichik rollarda suratga tushgan[3]. Nam rol ijro etgan tomoshabinlarning sevimli filmlari orasida Queen Seondeok, Suspicious Partner, 100 Days My Prince va 365: Repeat the Year filmlari bor.

Nam Ji-hyun
Tavalludi 17-sentyabr 1995-yil (1995-09-17) (28 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2002–hozirgacha

Yoshligi va taʼlimi

Nam 2014-yilda Sogang universitetiga psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kirgan va 2020-yil fevral oyida bakalavr darajasini tugatgan.  Oʻqish davomida u faol aktrisa sifatida faoliyat yuritgan[4].

Faoliyati

2004–2015

Nam oʻz faoliyatini qizaloq aktrisa sifatida East of Eden (2008)[5], Queen Seondeok (2009)[6], Will It Snow for Christmas? (2009)[7], Angel Eyes (2014)[8][9] va What Happens to My Family?(2014)[10] filmlarida boshlagan. Shuningdek, Girl Detective, Park Hae-sol[11] To the Beautiful You o‘smirlar dramasida[12], A Reason to Live[13] va Hwayi: A Monster Boy filmlarida ham suratga tushgan[14].

2016-yildan hozirgi kungacha

2016-yilda Nam oʻzining birinchi dramasi - MBC telekanalida efirga uzatiluvchi Shopaholic Louis ishqiy-komediyasida Seo In-guk bilan birga rol ijro etib, tomoshabinlarda yahshi taassurot qoldirgan[15].

Nam 2017-yilda Ji Chang-wook bilan birga SBS telekanalida efirga uzatiluvchi Suspicious Partner dramasida rol ijro etgan[16][17]. Film tomoshinbal olqishiga sazovor boʻldi va tijoriy jihatdan ham yahshi daromad yigʻdi.

2018-yilda Nam 100 Days My Prince tarixiy romantik dramasida Exo guruhining D.O a`zosi bilan birga rol ijro etgan[18][19]. Serial tijorat muvaffaqiyatiga erishib, televideniye tarixidagi eng yuqori reytingga ega boʻlgan oʻn ikkinchi koreys dramasi boʻlgan[20].

2020-yilda Nam 365: Repeat the Year fantastik sirli trillerida perfektsionist yozuvchi obrazida suratga tushgan[21][22].

Filmografiyasi

Film

YilNomiRolIzohlarMnb.
2005Shadowless Swordyoung Yeon So-ha 
2006My Captain Mr. UndergroundPark Ji-min[23]
2007Mapado 2: Back to the Islandoʻtmishdagi qiz 
2009If You Were Me 4Park Jin-ju[24]
Astro BoyCoraanimatsiya, Koreyscha dublyaj[25]
2010Happy Ulleung ManHujjatli filmni hikoya qilib beruvchi 
Family PlanJi-minQisqa metrajli film 
Ghost (Be With Me)[26]
2011A Reason to LiveJi-min[27]
2013Hwayi: A Monster BoyYoo-kyung
2016The TunnelMina[28]
The Map Against The WorldSoon-Sil[29]

Teleseriallar

YilNomiRolIzohlarMnb.
2002전파견문록
2004Say You Love Meyoung Seo Young-chae
2006My LoveKim Min
My Love ClementineJang Ba-da
2007LobbyistYoo So-young (Maria)[30]
2008The Great King, SejongMalika Shim
Our Happy EndingKang Mi-na[31]
East of EdenKim Ji-hyun
2009Queen SeondeokMalika Deokman
Will It Snow for Christmas?Han Ji-wan
2010GiantHwang Jung-yeon[32]
It's Me, GrandmotherPark Eun-ha[33]
2011Warrior Baek Dong-sooYoo Ji-sun[34]
2012Drama Special – Girl Detective, Park Hae-solPark Hae-sol
Can't Live Without YouEun-deok[35]
To the Beautiful YouHong Da-hae
2014Angel EyesYoon Soo-wan
What Happens to My Family?Kang Seo-wool
2015Late Night RestaurantHye-ri(7-epizod) Epizodik koʻrinish[36]
2016Mystery FreshmanOh Ah-yeongDrama[37]
Shopping King LouieKo Bok-shilBosh rol
2017Suspicious PartnerEun Bong-hee
2018100 Days My PrinceYeon Hong-sim / Yoon Yi-suh
2019Dear My Room(11-epizod) Epizodik koʻrinish[38]
2020365: Repeat the YearShin Ga-hyunBosh rol[39]
2021Drama Festa – Off RouteKang Su-ji[40]
2022Little WomenO In-kyungBosh rol[41]

Manbalar

Havolalar