Nadar

Nadar taxallusi bilan tanilgan Gaspard-Félix Tournachon 1820-yil 5-aprel[1] da Fransiyada tugʻilgan. Nadarni fotografi, karikaturachi, jurnalist, yozuvchi va havo sharining muallifi sifatida bilishadi. 1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf hisoblanadi.

Nadar
Tavalludi
Gaspard-Félix Tournachon

5-aprel 1820-yil
Parij, Fransiya
Vafoti 20-mart 1910-yil(1910-03-20)
(89 yoshda)
Parij, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi
  • Fotograf
  • karekaturachi
  • jurnalist
  • yozuvchi
Otasi Victor Tournachon
Imzosi

Nadarning fotoportretlari koʻplab milliy fotosuratlar toʻplamlarida saqlanadi. Uning oʻgʻli Pol Nadar (1856—1939) otasining vafotidan keyin studiyasini davom ettirgan.

Hayoti

Gaspard-Félix Tournachon (Nadar)[2] 1820-yil aprel oyi boshida Parijda matbaachi va kitob sotuvchisi oilasida[3] tugʻilgan. Nadar tibbiyotni oʻrganishni boshlaydi, lekin otasining vafotidan keyin iqtisodiy inqirozlarga uchraganligi sababli oʻqishni tashlaydi.[4][3]

Nadar turli gazetalarda karikaturachi va yozuvchi sifatida ishlay boshlaydi. U Jerar de Nerval, Charlz Bodler va Teodor de Banvilning Parijdagi bohem guruhiga qoʻshiladi va she guruhda uning doʻstlari unga taxallus sifatida Nadarni tanlaydilar.[4] Uning asarlari birinchi marta 1848-yilda Le Charivari jurnalida nashr etilgan. 1849-yilda u La Revue Comique à l’Usage des Gens Sérieuxga asos solgan.[3]

Nadar 1853-yilda karikaturachilikdan fotografiyaga oʻtgan va shu yili ilk fotosuratlaerini olgan. 1854yilda Sent-Lazar koʻchasi 113 da oʻzining shaxsiy fotostudiyasini ochgan.[4] Nadar keng doiradagi shaxslarni suratga oldi: siyosatchilar (Gizot, Prudon), sahna aktyorlari (Sara Bernhardt, Paulus), yozuvchilar (Gyugo, Bodler, Sand, Nerval, Gotier, Dyuma), rassomlar (Korot, Delakrua, Millet) va musiqachilar. (Liszt, Rossini, Offenbax, Verdi, Berlioz).[4] Nadar anʼanaviy dabdabali dekorativ chiroqlardan foydalanishni xohlamagan. U tabiiy kunduzgi yorugʻlikni afzal koʻrgan. 1886-yilda oʻgʻli Pol bilan u birinchi fotoreportajni amalga oshirgan.[5] Bu fotoreportaj Le Journal Illustré nashrida chop etilgan.[4]

Gaspard-Félix Tournachon tomonidan uchirilgan Le Geant shari (Nadar), 1863 yil

1858-yilda u aerofotosuratlarni olgan birinchi fotograf boʻldi. Shunday qilib, u oʻzining sharlari bilan havoda suratga tushgan, shuningdek, Parij katakombalarida birinchi boʻlib yer ostida suratga tushgan odam boʻlib, tarixda qoldi.[3] 1867-yilda u havo sayohatiga bagʻishlangan L’Aéronaute nomli birinchi jurnalni nashr etdi.[3]

Asarlari

Umrining oxirlarida Nadar anekdotlar, ham uning fotosuratlari namunalari, shu jumladan taniqli ismlarning koʻplab portretlari bilan toʻldirilgan[6][7] " Quand j'étais photographe " nomli asarini yaratdi va uni ingliz tiliga tarjima qilgan.

Fotogaleriyasi

Manbalar