Musiqiy albom

rassom tomonidan bir vaqtning o'zida bir xil nom va treklar bilan, lekin iste'mol qilish uchun turli formatlarda (raqamli, CD, LP) chiqarilgan albom relizlarini guruhlash

Musiqiy albom deb standart formatda chiqarilgan musiqiy asarlar toʻplamiga aytiladi. „Albom“ atamasidan foydalanishga birga sotilayotgan bir necha gramplastinkalarning albomsimon muqovaga solinishi turtki boʻlgan.

CD-albom

Turlari

Hajmiga koʻra

  • LP (inglizcha: long play) yoki standart albom — bitta 12 dyuymlik plastinka yoki kompakt-diskda chiqarilgan albom; 30-80 daqiqa davomiylikdagi musiqa yoziladi.
  • EP (inglizcha: extended play) yoki mini-albom — LPdan kichik, lekin singldan kattaroq albom[1].
  • Boks-set (inglizcha: box set) — bir necha LPlardan iborat toʻplam.

Tarkibiga koʻra

  • Studiyaviy albom — ovoz yozish studiyasida yozilgan albom.
  • Jonli albom — jonli ijro (konsertlar) paytida yozib olingan albom[2].
  • Terma — bir yoki bir necha ijrochining asarlari yigʻilgan albom.

Boshqa turlari

  • Butleg — norasmiy albom. Yashirin, odatda noqonuniy yoʻl bilan chiqariladi.
  • Demo — ijrochining asarlarini namoyish etish va baholash maqsadida chiqarilgan sinov albomi.
  • Konseptual albom — tarkibidagi asarlari maʼlum bir gʻoya (konsepsiya) atrofida birlashgan albom.
  • Saundtrek yoki ovoz yoʻlakchasi — filmda ishlatilgan musiqiy asarlar toʻplami.

Manbalar