Mr. Brightside

The Killers guruhi singli (2003)

Mr. Brightside“ (tarjimasi „Janob Nekbin“) — AQShda tuzilgan „The Killers“ rok musiqa guruhining ilk eʼlon qilingan qoʻshigʻi. Guruhning debut singli boʻlib, 2004-yil chiqarilgan „Hot Fuss“ albomiga kiritilgan. Qoʻshiqni guruh aʼzolari Brandon Flowers va Dave Keuninglar yozishgan.[6] Qoʻshiq uchun ikki klip suratga olingan. Biri oq-qora boʻlib, unda guruh aʼzolari boʻsh xonada ashulani ijro etayotgani tasvirlangan. Ikkinchi klip 2001-yilda chiqarilgan „Moulin Rouge!“ filmi asosida olingan boʻlib, ashulaning qayta relizi bilan birga eʼlon qilingan. Qoʻshiq matni haqiqiy voqea asosida yozilgan boʻlib, unda solist Flowersning qiz oʻrtogʻi unga xiyonat qilganidan keyingi ahvoli tasvirlangan.[7]

„Mr. Brightside“
the Killers qoʻshigʻi
„Hot Fuss“ albomidan
B tomon
  • „Smile Like You Mean It“
  • „On Top“
  • „Who Let You Go?“
  • „Change Your Mind“
Chiqarilgan sanasi 29-sentyabr, 2003-yil(2003-09-29)
Yozib olingan 2001-2003
Studiya
Janr
Davomiyligi 3:43
Leybl
  • Island
  • Lizard King
Matn muallif(lar)i
  • Brandon Flowers
  • Dave Keuning
Prodyuser(lar) The Killers
The Killers singllari xronologiyasi
Mr. Brightside
(2003)
„Somebody Told Me“
(2004)

„Somebody Told Me“
(2004)

Mr. Brightside (re-issue)
(2004)

„All These Things That I've Done“
(2004)
Klipi
„Mr. Brightside“ YouTubeda

Qoʻshiq ilk bor 2003-yilning 29-sentyabrida eʼlon qilingan. 2004-yilda qayta reliz qilinishi ortidan koʻproq shuhrat qozongan va AQSh va Buyuk Britaniya xit-paradlarida 10-pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona „The Killers“ guruhining AQSh eng koʻp sotilgan qoʻshigʻi boʻlib, mamlakat hududida 3,5 milliondan oshiq adadda sotilgan.[8] Buyuk Britaniyada ham 3,52 milliondan oshiq nusxada sotilgan. „Mr. Brightside“ Buyuk Britaniya singlar xit-paradida eng uzoq muddat qolgan qoʻshiqdir: 2022-yilning mart holatiga koʻra, tarona 307 hafta (yaʼni, 5 yilu 10 oy) davomida xit-paraddan tushmagan.[9] Shuningdek, ashula Buyuk Britaniyada bugunga qadar eng koʻp koʻchirib olingan 15 rok qoʻshiqning biridir.[10]

„Mr. Brightside“ qoʻshigʻini „Absolute Radio“ hamda „XFM“ radiostansiyalari „10 yillik ashulasi“ (inglizcha: Song of the Decade) deb topgan. 2010-yilning aprelida „Last.fm“ musiqa sayti „Mr. Brightside“ ashulasi sayt oʻz faoliyatini boshlaganidan beri eng koʻp eshitilgan tarona ekanini, oʻsha paytga qadar 7,66 million martadan oshiq eshitilganini maʼlum qilgan.[11] 2010-yilning oktyabrida „Total Guitar“ jurnali tuzgan „21-asrning eng buyuk gitara riflari“ (inglizcha: Greatest Guitar Riffs of the 21st Century) roʻyxatida 9-oʻrinni egallagan.[12] Shuningdek, 2010-yilda „Rolling Stone“ jurnali qoʻshiqni 21-asrning 48-eng yaxshi qoʻshigʻi deb topgan. 2021-yilda esa ayni jurnalning tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida „Mr. Brightside“ 378-oʻrinni egallagan.[13]

Manbalar

Havolalar