Misr prezidentlik saylovi (2014)

2014-yilgi Misr prezidentlik saylovi 2014-yil 26—28-may kunlari oʻtkazildi. Saylovga ikki nomzod — sobiq mudofaa vaziri Abdulfattoh as-Sisiy va soʻlchi Misr ommabop oqimi rahbari Hamdin Sabohiy qoʻyildi.[1] Saylov sobiq prezident Muhammad Mursiy toʻntarilishiga olib kelgan 2013-yilgi iyun namoyishlaridan qariyb bir yil keyin boʻlib oʻtdi.[1] Ikki kunga moʻljallangan saylov uch kunga choʻzildi.[2] Rasmiy statistikaga binoan 25 578 233 fuqaro (aholining 47,5%) ishtirok etib, 23,78 million odam (qatnashganlarning 96,91%) as-Sisiyga ovoz berishdi,[3] bu 2012-yilgi saylovda Muhammad Mursiyga berilgan 13 million ovozdan oʻn millionga koʻpdir.[4][5] Saylovda as-Sisiy yutib chiqqani rasman eʼlon qilindi.[6]

← 2012   Egypt
Misr prezidentlik saylovi (2014)
2628-may 2014 yil
Saylovchilarning kelishi: 47,75%
Nomzod: Abdulfattoh as-Sisiy Hamdin Sabohiy
Partiya: partiyasiz Misr ommabop oqimi
Ovozlar:
(96,91%)

(3,09%)

Manbalar

Havolalar