Mirahmetjan Muzepper

Mirahmetjan Muzepper (1991-yil 14-yanvarda Qashgʻarda tugʻilgan), Metjan nomi bilan ham tanilgan, xitoylik professional futbolchi boʻlib, hozirda Xitoy Superligasining "Shanhai Port" klubida oʻynaydi. U 2018-yili Xitoy milliy futbol jamoasida oʻynagan ilk uygʻur futbolchisi boʻlgan.

Metjan
买提江
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiMirahmetjan Muzepper
Tavallud sanasi14-yanvar 1991-yil (1991-01-14) (33 yosh)
Tavallud joyiKashgar, Xinjiang, Xitoy
Boʻyi1.78 m (5 ft 10 in)
AmpluasiYarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shanghai Port
Raqami25
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2009Shandong Luneng
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2010→ Henan Jianye (Ijara)21(0)
2011—2013Shandong Luneng15(0)
2014—2016Henan Jianye41(1)
2017—2019Tianjin TEDA77(2)
2020-Shanghai SIPG16(0)
Milliy terma jamoa
2009—2010Xitoy U-207(0)
2010—2012Xitoy U-233(0)
2018-Xitoy7(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun 2019-yil uchun)

Klubdagi faoliyati

Mirahmetjan Muzepper futbolchilar oilasida oʻsgan va oʻz faoliyatini Shinjon viloyati jamoasida oʻynagan[1]. 2010-yilning 18-aprelida Henan Construction jamoasi tarkibida „Jiangsu Sainty“ jamoasiga qarshi liga oʻyinida kattalar safida debyut qilgan[2].

oʻzining oʻtkazgan sermahsul mavsumdan soʻng Mirahmetjan 2011-yil Xitoy Superligasi boshida Shandong jamosiga qaytgan va 1-aprel kuni „Chengdu Blades“ jamosiga qarshi liga oʻyinida klub uchun birinchi marta maydonga tushgan[3].

2014-yilning 5-yanvarida Mirahmetjan Xitoy Superligasi vakili Henan Jianye tarkibiga erkin agent sifatida oʻtgan. 2016-yil 31-dekabr kuni Henan Jianye Muzepper shartnomasini uzaytirish boʻyicha muzokaralardagi kelishmovchilikdan soʻng klubni tark etganini rasman tasdiqlagan.

2017-yil 9-yanvarda Mirahmetjan Superliga vakili „Tianjin TEDA“ jamoasiga oʻtgan[4].

2020-yil yanvar oyida Mirahmetjan Superliga vakili „Shanhai SIPG“ klubiga oʻtgan.

Xalqaro faoliyati

Mirahmetjan 2009-yilda Xitoy U-20 terma jamoasiga chaqirilgan. 2010-yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Xitoyning muvaffaqiyatli saralashidan soʻng u kattalar jamoasiga chaqirilgan[5]. 2018-yil 7-sentyabrda Xitoy terma jamoasi safida Qatarga qarshi oʻyinda 74-daqiqada Gao Lin oʻrniga maydonga tushgan, bu esa uni Xitoy terma jamoasida maydonga tushgan ilk uygʻur futbolchisiga aylantirgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi

KlubMavsumLigaMamlakat KubogiQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Henan Jianye (Ijara)2010Xitoy Super Ligasi210-00-210
Shandong Luneng2011401031-81
20128020--100
20133010--40
Jami150403100221
Henan Jianye2014Xitoy Super Ligasi16010--170
201513110--141
201612022--142
Jami411420000453
Tianjin TEDA2017Xitoy Super Ligasi26010--270
201827110--281
201924110--251
Jami772300000802
Shanghai SIPG2020Xitoy Super Ligasi1601080-250
Karyerada jami1703122111001936

Xalqaro statistika

Milliy terma jamoa
YilOʻyinGol
201850
201920
Jami70

Manbalar