Miles Teller

Miles Teller (1987-yil, 20-fevralda tugʻilgan)[1][2] amerikalik aktyor. U oʻzining badiiy filmdagi debyutini Rabbit Hole (2010 film) dramasida qilgan va kattalar uchun moʻljallangan The Spectacular Now (2013), „Divergent“ film trilogiyasidagi (2014-2016) Shailene Woodley bilan oʻynagan bosh roli uchun eʼtirofga sazovor boʻlgan. Uning „Whiplash“ (2014) dramasidagi bosh roli uning katta yutugʻi boʻlib xizmat qildi va uni maqtovga sazovor boʻldi. Keyinchalik u superqahramonlar boʻlgan film „Qoyilmaqom toʻrtlik“ (2015) and biografik film „War Dogs“ (2016) orqali yulduzlikka koʻtarildi.

Miles Teller

Teller in 2022
Tavalludi 20-fevral 1987-yil (1987-02-20) (37 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2004-yildan bugungi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
Keleigh Sperry (turm. 2019)
}

Teller „Top Gun: Maverick“ (2022) mashhur jangovar filmida bosh rolni ijro etib, dunyo miqyosida muvaffaqiyat qozondi[3]. Televizorda u Amazon Prime Video kriminal dramasi „Too Old to Die Young“ (2019) va Paramount+dagi „The Offer“ mini-serialida rol oʻynagan (2022).

Hayotining boshlangʻich davri

Teller Pennsylvaniada tugʻilgan. Otasi Michael, atom elektr stansiyasi muhandisi va onasi Merry, koʻchmas mulk boʻyicha agent[4][5][6]. Uning ikkita opasi bor: Erin and Dana[5][7]. Uning otasi tomonidan bobosi rus-yahudiylar naslidan edi[8] va shuningdek, uning avlodlari ingliz-amerikan and irland-amerikanlarni ham oʻz ichiga oladi[9][10]. 12 yoshida oilasi Citrus County, Florida ga koʻchishidan[4] oldin Teller bolaligini Pennsylvania va Delawareda oʻtkazadi[11]. U ulgʻashish mobaynida aktyorlik bilan shugʻullanib borgan, oʻrta maktabi drama klubining prezidenti boʻlgan va alto saksafon, baraban, pianino va gitara chala olgan[12][13][14].

Shuningdek, u beysbolni yaxshi oʻynagan va professional boʻlishni orzu qilgan[15]. U Lecanto, Floridadagi Lecanto High Schoolni bitirgan [5].

Keyinchalik, u New York University Tisch School of the Arts maktabiga boradi; u yerda, Lee Strasberg Theatre and Film Instituteda u aktyorlik va Stonestreet Studios bilan sahna harakatlarni oʻrganadi[16][17][18]. U 2009-yil drama boʻyicha bakalavrlik (BFA) ni yoqlaydi[19].

2007-yil Teller 80 mph (130 km/h) tezlikda ketayotgan va boshqaruvni yoʻqotgan bir mashinaning yoʻlovchilari orasida boʻlgan va u mashina sakkiz martta agʻradilgan. Uning yuzida bu halokatdan koʻplab chandiqlar qolgan[20].

Ijodi

Teller, San Diego Comic-Con, 2015-yil
Teller Divergent film premyerasida, 2014-yil mart

Teller 2004-2010-yillar mobaynida qisqa filmlarda paydo boʻladi. 2009-yilda Tisch School of the Artsni bitirganidan soʻng[16] u oʻzining asosiy, debyut kinosini Nikol Kidman uni rol uchun tanlagan „Rabbit Hole“ (2010) filmida qildi[21]. Teller oʻrta maktabda „Footloose“ musiqiy sahna koʻrinishida rol oʻynagan[21] va keyinchalik, 2011-yilda qayta shu nomda yaratilgan „Footloose“ filmida ham paydo boʻladi[22]. 2013-yilda u Shailene Woodley bilan birgalikda „21 & Over[23] va „The Spectacular Now“ filmlarida roʻl ijro etadi[24]. Soʻng Damien Chazellening ikkinchi filmi „Whiplash“da (2014) Teller oʻzining qoʻpol jaz oʻqituvchisini (J. K. Simmons) hayratda qoldirmoqchi boʻlgan barabanchi rolini oʻynaydi[25] va bu uni "Gotham Independent Film Award for Best Actor", "Satellite Award for Best Actor – Motion Picture", "BAFTA Rising Star Award" yutuqlari nomzodlari orasiga kirishiga sababchi boʻladi[26].

Teller Divergent filmidagi (2014) va uning davomlari Insurgent (2015) hamda Allegiantdagi (2016) Peter Hayes roli orqali yanada taniladi[27]. Shuningdek, „Qoyilmaqom toʻrtlik“ filmidagi „Mister Fantastic“(2015)[28][29] va „War Dogs“ filmida qurol sotuvchisi Devid Pakuzni oʻynaydi (2016)[30]. U 5 oy davomida „Bleed for This“ biografik filmidagi bokschi Vinny Paz rolini shakllantirish uchun mashq qiladi (2016)[31][32].

2017-yilda u inson biografiyasiga asoslangan „Only the Brave“ va „Thank You for Your Service“ filmlarida roʻl oʻynadi. 2020-yil noyabrda Tellerning „The Fence“ nomli siyosiy satirada rol oʻynashi eʼlon qilindi[33]. 2021-yil sentyabrda Teller produser Albert S. Ruddy rolini oʻynashi kerak boʻlgan „Choʻqintirgan ota“ filmi yaratilishi haqidagi „The Offer“, „Paramount+“ mini-seriallaridagi suratga olish jarayonlari Covid tufayli vaqtinchalikka toʻxtagani aytiladi. Mini-seriallar 2022-yilning aprelidan iyunigacha davom etadi[34]. 2021-yil noyabrda u Taylor Swiftning Blake Lively rejissorlik qilgan „I Bet You Think About Me“ musiqasi klipida paydo boʻladi[35].

2022-yil Top Gun: Maverick filmida rol oʻynadi. U dastlab Tom Kruz bilan bir qatorda yirik filmda suratga tushishi mumkin boʻlgan muvaffaqiyat va eʼtibordan qoʻrqqanligi sababli rolni qabul qilishda ikkilangan edi. Keyin uni bu taklifni qabul qilishiga va u rol uchun juda mos ekanligiga Kruzning oʻzi ishontiradi[36]. 2022-yil mayda Miles Tellerning taʼkidlashicha, u oʻz personajiga bagʻishlangan keyingi filmni studiyaga taqdim etgan. Aktyor bu filmni "Top Gun:Rooster" deb atagan[37]. Oʻsha yilning iyuliga kelib, u Tom Kruz bilan davomiy film boʻyicha munozaralar olib borayotganini aytdi. Mashhurlik va qoʻllab-quvvatlashga kelsak, Teller bu tajriba ajoyib boʻlganini aytadi va „men hayotimda hech qachon bunday narsani boshdan kechirmaganman“ deydi[38]. Teller 2022-yilda Saturday Night Live koʻrsatuvining 48-mavsumining ochilishida oʻzining boshlovchilik debyutini qildi[39] va 2023-yilda „Super Bowl LVII“ telekoʻrsatuvida Teller, uning rafiqasi va ularning iti Bud Light reklama roligida rol oʻynashadi va ular unda mijozlarga xizmat koʻrsatish vakilining ular bilan gaplashishini qoʻyilgan musiqa ostida raqsga tushib kutish bilan vaqt oʻtkazishadi [40].

Shaxsiy hayot

Teller in 2014

2013-yildan beri u model Keleigh Sperry bilan yaqin munosabatda boʻlgan[41]. Ular 2017-yil 20-avgustda Janubiy Afrikadagi „Madikwe Game Reserve“ hududiga boʻlgan sayohatda birga boʻlishadi[42]. 2019-yil 1-sentyabrda Maui, Hawaiida turmush qurishadi[43][44].

Kino sanoati

Film

YiliNomiRoliQaydlar
2010Rabbit HoleJason[45]
2011FootlooseWillard Hewitt
2012Project XMiles (College Jock)
2013The Spectacular NowSutter Keely
21 & OverMiller
2014WhiplashAndrew Neiman
That Awkward MomentDaniel
DivergentPeter Hayes
Two Night StandAlec
2015The Divergent Series: InsurgentPeter Hayes
Fantastik toʻrtlikReed Richards / Mister Fantastic
2016The Divergent Series: AllegiantPeter Hayes
Get a JobWill Davis[46]
War DogsDavid Packouz[6]
Bleed for ThisVinny Pazienza[32]
2017Only the BraveBrendan „Donut“ McDonough[47]
Thank You for Your ServiceAdam Schumann[47]
2022Top Gun: MaverickBradley „Rooster“ Bradshaw[48]
SpiderheadJeff[49]
2024The Ark and the AardvarkGilbertYaratilish jarayonida[50]
TBAThe GorgeLeviFilmga olinmoqda

Televideniya

YiliNomiRoliQaydlar
2009The UnusualsJames BoorlandEpizod: „Boorland Day“
2019Too Old to Die YoungMartin JonesMini-seriyalar; 10 epizod
2022The OfferAlbert S. RuddyMini-seriyalar; 10 epizod
2022Saturday Night LiveHimself (host)Epizod: „Miles Teller/Kendrick Lamar“

Qisqa filmlar

YiliNomiRoliQaydlar
2004MoonlightersMiles
2007A Very Specific RecipeLee
2008The MusiciansMiguel
2010The Track MeetAndrew

Musiqa kliplari

YiliNomiRoliSanʼatkorQaydlar
2021I Bet You Think About MeGroomTaylor Swift Chris Stapleton rolidaBlake Lively rejissorlik qilgan

Mukofotlar va nominatsiyalar

YiliMukofotKategoriyaMehnatiNatija
2011Chlotrudis mukofotlariEng zoʻr yordamchi aktyorRabbit HoleNominatsiya
2013Sundance Film FestivaliSpecial Jury Prize, dramatik aktyorlik uchun (Shailene Woodley bilan birgalikda)The Spectacular NowYutuq
Indiana Film Journalistlar AssotsatsiyasiEng zoʻr aktryorNominatsiya
MTV Movie mukofotiEng zoʻr boʻsa (Shailene Woodley bilan birgalikda)Nominatsiya
Eng zoʻr muvaffaqiyatli ijroNominatsiya
Napa Vodiysi Film FestivaliRising Star mukofoti (Dianna Agron bilan birgalikda)Tellerning oʻziYutuq
2014Chlotrudis mukofotlariEng zoʻr aktyorThe Spectacular NowNominatsiya
CinEuphoria mukofotlariEng zoʻr yordamchi aktyor – Xalqaro musobaqaRabbit HoleNominatsiya
Georgia kino tanqidchilari uyushmasiMuvaffaqiyat mukofoti21 & Over
The Spectacular Now
Nominatsiya
BAFTARising Star mukofotiWhiplashNominatsiya
Gotham Independent Film mukofotlariEng zoʻr aktyorNominatsiya
MTV Movie mukofotlariEng zoʻr erkak ijrosiNominatsiya
#WTF lahzasiNominatsiya
Eng zoʻr musiqa lahzasiNominatsiya
Satellite mukofotlariEng zoʻr aktyorNominatsiya
Golden Schmoes mukofotlariYilning eng muvaffaqiyatli ijrosiNominatsiya
2015CinemaCon mukofotiAnsambl mukofoti (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda)Fantastic FourYutuq
Teen Choice mukofotlariTeen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchunThe Divergent Series: InsurgentNominatsiya
Chlotrudis mukofotlariEng zoʻr aktyorWhiplashNominatsiya
Gold Derby mukofotlariMuvaffaqiyatli ijrochiNominatsiya
2016Golden Raspberry mukofotlariEng yomon ekran kombinatsiyasi (Kate Mara, Michael B. Jordan, and Jamie Bell bilan birgalikda)Fantastic FourNominatsiya
Indiana Film Journalistlar assotsatsiyasiEng zoʻr aktyorBleed for ThisNominatsiya
Teen Choice mukofotlariTeen Choice mukofoti, Choice Movie sahna oʻgʻriligi uchunThe Divergent Series: AllegiantNominatsiya
2022Hollywood Tanqidchilar Assotsatsiyasi Midseason Film mukofotiEng zoʻr yordamchi aktyorTop Gun: MaverickNominatsiya
Peopleʼs Choice mukofotlari2022-yilning Erkak kino yulduziNominatsiya

Manbalar

Tashqi havolalar