Miguel Angel Melogno


Miguel Angel Melogno (ispancha: Miguel Ángel Melogno)—urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi.1905-yil 22-martda Urugvay Salto shahrida tugʻilgan.

Futbol
Miguel Angel Melogno
Tugʻilgan sana va joyi1905-yil 22-mart(1905-03-22)

Urugvay,Salto
Oʻlimi1945-yil 27-mart(1945-03-27) (40 yosh)

Urugvay, Montevideo
FuqaroligiFlag Urugvaya Urugvay
Ampulayarimhimoyachi
Klubdagi faoliyati[* 1]
1925—193?Flag Urugvaya Belya Vista
Terma jamoa[* 2]
1925—1930Flag Urugvaya Urugvay3 (0)
Xalqaro medallar
Olimpiada oʻyinlari
OltinAmsterdam 1928futbol
Jahon chempionati
OltinUrugvay

1930-yilda jahon chempioni, 1928-yilgi Olimpiada o'yinlari chempioni.

Tarjimai holi

Miguel Angel Melogno Salto shahrida tugʻilgan va „Belya Vista“ darajasidagi klubda oʻynagan.U Xose Nasazzi, Ademar Kanavesi, Xose Leandro Andrade va Pablo Dorado bilan birga 1920-yillardagi klubning eng koʻzga koʻringan futbolchilari roʻyxatiga kirardi[1].

1925-yilda Urugvay terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazdi. Uchalasi ham oʻrtoqlik uchrashuvi maqomidagi oʻyinlar edi.Uchtasi ham Paragvayga qarshi Asunsionda oʻynadi[2].

1926-yilda Melogno ham Urugvay milliy terma jamoasiga chaqirilgan.1928-yilda Amsterdamga Yozgi olimpiada oʻyinlarining futbol musoboqasiga Urugvay terma jamoasi safida ketgan, ammo unga maydonga tushish nasib qilmagan.Urugvay terma jamoasining asosiy tarkib futbolchilari musobaqa taqdirini oʻzlari xal qilib chempionlikkacha barcha raqiblarni magʻlub etishgan.Lekin oʻyinlarda maydonga tushmay zahira oʻrindigʻida navbatini kutgan boʻlsada, jamoa aʼzosi sifatida Amsterdam Yozgi olimpiada oʻyinlari futbol musobaqalari gʻolibi sifatida oltin medalini qoʻlga kiritgan.

Xuddi shu narsa 1930-yilda vatani Urugvayda boʻlib oʻtayotgan futbol tarixida birinchi bor oʻtkazilayotgan jahon chempionatida ham sodir boʻlgan.Melogno jahon chempioni boʻldi, lekin u hech qaysi oʻyinda maydonga tushmadi.Jahon chempionati davomida Urugvayning Peru terma jamoasi, Ruminiya terma jamoasi, Yugoslaviya terma jamoasi va finalda Argentina terma jamoasiga qarshi oʻyinni jamoa zahira oʻrindigʻidan tomosha qilishga majbur boʻldi.

Miguel Angel Melogno 1945-yilda juda erta 40 yoshida vafot etdi.Urugvay poytaxti Montevideoda dafn etilgan.

Yutuqlar

SanaJoyiRaqibHisobBaxsni maqomi
115.08.1925AsunsonParagvay0:1Oʻrtoqlik oʻyini
219.08.1925AsunsonParagvay1:0Oʻrtoqlik oʻyini
323.08.1925AsunsonParagvay0:0oʻrtoqlik oʻyini

Manbalar

3.https://www.transfermarkt.com/angel-melogno/profil/spieler/660311

4.Futbol boʻyicha jahon chempioni jamoalari