Mary Cecil Allen

avstraliyalik rassom, yozuvchi va lektor

Mary Cecil Allen (1893-yil 2-sentyabr — 1962-yil 7-aprel)[1] — avstraliyalik rassom, yozuvchi va lektor. Gʻarbda Cecil Allen nomi bilan tanilgan rassom hayotining koʻp qismini Amerikada oʻtkazgan. Allen faoliyatining dastlabki yillari peyzaj va portretlar chizgan. Biroq, uslubi 1930-yillardan boshlab modernistik uslublarga, jumladan kubizmga oʻzgargan. 1927-yilda Nyu-York tumanlarida, jumladan Metropoliten muzeyida, Kolumbiya universitetida va boshqa muassasalarda maʼruzalar oʻqiy boshlagan. Unga Carnegie korporatsiyasi homiylik qilgan. Allen oʻz maʼruzalari asosida The Mirror of the Passing World (Oʻtkinchi dunyo koʻzgusi; 1928-yil) hamda Painters of the Modern Mind (Zamonamiz rassomlari; 1929-yil) nomli ikkita sanʼatshunoslikka doir kitobini yozgan.

Cecil Allen

Mary Cecil Allen portreti
Haqiqiy ismiMary Cecil Allen
Tavalludi2-sentyabr 1893-yil
Vafoti7-aprel 1962-yil(1962-04-07)
(68 yoshda)
Provincetown, Massachusetts, AQSh
Mashhur suratlariDengiz studiyasi: Qish, Sorento mehmonxonasi

1930-yilda Allen Nyu-Yorkdagi Avstraliya sanʼatining birinchi koʻrgazmasi, shuningdek, Nicholas Roerich muzeyida „Birinchi zamonaviy Butun Avstraliya sanʼati koʻrgazmasi“ ga rahbarlik qilgan. Avstraliyadagi maʼruzalari va suhbatlari davomida Melburn ayollari va rassomlarini modernizm gʻoyalari bilan tanishtirishga yordam beradi. Nyu-Yorkdan keyingi manzili, 1949-yildan boshlab Massachusetts shtatining Provincetown shaharchasidagi rassomchilik ustaxonas boʻladi. Oʻsha yili uning kubistik uslubdagi Dengiz studiyasi: Qish kartinasi taqdim etilgan. 1962-yilda ustaxonada yuragi urishdan toʻxtashi oqibatida vafot etadi.

Yoshligi va mashgʻulotlari

Allen tibbiyot sohasida ishlovchi Harry Brookes Allen (1854—1926) hamda jamoat xodimi Ada Rosalie Elizabethlarning (qizlik familyasi: Mason; 1862—1933) qizi edi[2]. Opa-singillari Edith Margaret va Beatrice (Biddy) bilan birgalikda bolaligini Melburn universitetida otasi anatomiya professori va tibbiyot dekani boʻlgan paytlarda muassasa qoshidagi xodimlar uyida oʻtkazgan. Otasi 1914-yilda ritsar unvoniga sazovor boʻlgan[3]. Allen Melburn universiteti bakalavriatida tahsil ola boshlaydi. Biroq, keyinchalik, oʻqishini Viktoriya milliy galereyasi sanʼat maktabida Frederick McCubbin qoʻl ostida davom ettirishga qaror qiladi hamda 1910-yilda sanʼat fakultetiga oʻqishga kiradi[1][4].

1912-yildan 1913-yilgacha Allen oilasi bilan Angliyaga koʻchib oʻtganida Slade tasviriy sanʼat maktabida tahsil ola boshlaydi. U 1913—17-yillarda esa Viktoriya sanʼat maktabiga qaytadi[3]

Modernizm: 1930-yillar

Yevropa va Amerika boʻylab qilgan sayohatlaridan soʻng Allen modernizmga janrida ijod qilishga oʻtadi. U oʻz maʼruzalari asosida The Mirror of the Passing World (Oʻtkinchi dunyo koʻzgusi; 1928-yil) hamda Painters of the Modern Mind (Zamonamiz rassomlari; 1929-yil) va oxirgi kitobida „sanʼat vizual voqelikni taqlid qilishdan koʻra, gʻoyalarni yetkazishi kerak“ deb taʼkidlagan[3]

1930-yilda Allen Nyu-Yorkda avstraliyalik rassomlarning birinchi koʻrgazmasi tashkil etadi.[5] Nicholas Roerich muzeyida 1931-yil fevral oyida ochilgan „Birinchi zamonaviy Butun Avstraliya sanʼat koʻrgazmasi“ deya nomlanadi[6]. Oʻz ijod naminalaridan tashqari, taniqli rassomlar Norman Lindsay, Thea Procto, George Bell va Dora Tooveylarning yuzdan ortiq sanʼat asarlari galereyadan joy egallaydi[5].

Oʻlimi va merosi

Mary Cecil Allen 1962-yil 7-aprelda vafot etgan. „Nomaʼlum sababdan yurak toʻxtab qolishi“ tashxisi qoʻyilgan. Qoʻshnilari tomonidan oʻz kursisida oʻlik holda topilgan[1]. U Anglikan cherkovi urf-odatlariga koʻra, Provincetown qabristoniga dafn qilingan[1][7].

Allenning sakkizta surati Viktoriya milliy galereyasida saqlanadi[8]. Uning maqolalari Amerika sanʼati arxivida saqlanadi[9]. Qurbonlik, mumli qalamda chizilgan asari 1991-yil noyabr oyida Christie's (London) auksionida 1096 AQSh dollariga sotilgan[10][11]. Sorento mehmonxonasi asari esa 2001-yil may oyida Melburnda kim oshdi savdosida 7274 AQSh dollariga baholangan[10].

1963-yilda Mary Cecil Allen xotirasiga atab Viktoriya sanʼat oʻqituvchilari assotsiatsiyasi har yili biror xalqaro mehmon tashrifini tashkillashtirgan holda maʼruzalar oʻqishni yoʻlga qoʻyadi[12]. 1966-yil iyul oyida Sidney universitetining industrial sanʼat professori L. M. Haynes oʻsha yili „Sanʼat va fandagi ijod“ mavzusda maʼruza oʻqiydi[12].

Nashrlari

  • Allen, Mary Cecil (1928), P. N. Youtz (muh.), The mirror of the passing world, Outline of aesthetics, W.W. Norton. University of California[13]
  • Allen, Mary Cecil (1929), Painters of the modern mind (1st-nashr), New York City: W.W. Norton and Company[14]
  • Allen, Mary Cecil (April 1934). „Melbourne“. Canadian Geographic Journal. 8-jild, № 4. 183–196-bet. ISSN 0706-2168.[15]
  • Allen, Mary Cecil (Spring 1950). „Notes on Central Australia“. Meanjin. 9-jild, № 3. Melbourne University Press. 191–192-bet. ISSN 1324-1745.[16]

Tanlangan ishlari

  • Qoyilmaqom koʻylakda (1918)[17]
  • Qoyilmaqom koʻylakda (1918)[17]
  • Portrait (1921)[18]
  • Portrait (1921)[18]
  • Xonim R. D. Elliott (1925)[19]
  • Alice xonimning mehmoni (1925)[19]
  • Sketch: Miss Audrey Stevenson as Circe (1930)[20]
  • Reclining blue figure (1930s)[21]
  • Orqamizdagi bogʻlar (1935)[22]
  • Nova Scotian fisherman (1935)[22]
  • Old mill stairs, Nantucket (1949)[23]
  • Dengiz studiyasi: Qish (1949)[24]
  • Manhattan (1950s)[25]
  • Abstract Figure Composition (1959)[17]
  • Fisherman at the nets (1959)[26]
  • Eildon Weir, dusk (1960)[27]
  • Near Yan Yean Victoria (1960)[17]
  • Storm approaching Eildon Weir (1960)[28]
  • Qurbonlik (?)[10]
  • Qoʻlida bogʻich bilan oʻtirgan qiz (?)[10]
  • Sorento mehmonxonasi (?)[10]
  • Wind walking (?)[10]

Manbalar

Havolalar