Marco Amelia

italiyalik sobiq professional futbolchi

Marco Amelia[3][4] (1982-yil 2-aprel, Italiya) — darvozabon sifatida harakat qilgan sobiq futbolchi va ayni paytda murabbiy sifatida faoliyatini olib borayotgan italiyalik sportchi.

Marco Amelia
Amelia 2012-yilda Milan jamoasi tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiMarco Amelia[1]
Tavallud sanasi2-aprel 1982-yil (1982-04-02) (42 yosh)[2]
Tavallud joyiFrascati, Italiya
Boʻyi1.90 m[2]
AmpluasiDarvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1987—1991Lupa Frascati
1991—2001Roma
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2001—2008Livorno167(0)
2003—2004→ Lecce (ijara)14(0)
2004→ Parma (ijara)0(0)
2008—2009Palermo34(0)
2009—2010Genoa30(0)
2010—2014Milan29(0)
2014Rocca Priora1(0)
2015Perugia1(0)
2015Lupa Castelli Romani2(0)
2015—2016Chelsea0(0)
Milliy terma jamoa
1998Italiya U1512(0)
1998—1999Italiya U165(0)
2000—2001Italiya U183(0)
2002—2004ItaliyaU2119(0)
2005—2009Italiya9(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rimning Roma klubi tarbiyalanuvchisi Amelia oʻzining professional klubdagi faoliyatining koʻp qismini Livornoda oʻtkazadi. Klubda tarkibida barcha musobaqalarda 181 ta oʻyin oʻtkazdi, jumladan, 2006—2007 UEFA kubogida klub sharafini himoya qilgan. Keyinchalik, u Italiyaning boshqa bir qancha klublarida harakat qildi, shuningdek, APLda Londonning Chelsea klubida zaxira darvozabon sifatida faoliyat olib borgan.

Xalqaro miqyosda Ameliya 2004-yilgi Olimpiadada bronza medalini qoʻlga kiritdi hamda 2005- va 2009-yillar oraligʻida Italiya terma jamoasi tarkibida 9ta yirik oʻyinlarda maydonda harakat qilish huquqini qoʻlga kiritdi. U 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibida boʻlgan, shuningdek, Italiyaning UEFA Yevro 2008 va 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi tarkibiga jalb qilingan.

Klublardagi faoliyati

A.C. Milanda

2010-yilning 23-iyun sanasida va darvozabon Marco Storari „Yuventus“ klubiga transfer qilungan soʻng[5], „Milan“ jamoasi futbolchini yil oxirida sotib olish huquqi bilan ijara asosida tarkibiga qoʻshib oladi[6].

2011-yil 24-may sanasida „Milan“ Ameliani 3,5 million yevro evaziga sotib olish huquqidan foydalangan holda oʻz tarkibiga rasman qoʻshib oladi[7]. Amelia bor-yoʻgʻi bir nechta oʻyinlarda qatnashganiga va butun mavsumda Christian Abbiatidan keyingi ikkinchi darvozabon boʻlishiga qaramay klub bilan uch yillik shartnoma imzolaydi[8]. Ameliya A Seriyadagi debyutini 2011—12-yilgi mavsumda amalga oshirdi. U 2011-yil 28-noyabrda „Chievo (Kyevo)“ jamoasiga qarshi oʻyinda yelkasidan jarohat olgan Abbiati oʻrniga zaxiradan oʻyinga qoʻshiladi. Oʻsha mavsumda Ameliya „Milan“ safida 14 ta oʻyinda maydonda harakat qiladi.

2012—13-yilgi mavsumda, yaʼni „Milan“dagi uchinchi mavsumida Amelia Abbiati bilan raqobat qilgani holda, ikkinchi darvozabon sifatida 11 ta oʻyinda maydonga tushadi. „Milan“ 2013—14-yilgi mavsum oxirida Amelia bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qiladi[9]. Amelia va Daniele Bonera 19-may kuni Milanning yangi bosh qarorgohi Casa Milan ochilishi marosimidan qaytish paytida bir-birlari bilan janjallashib qolishadi[10].

Faoliyat statistikasi

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
KlubMavsuumLigaKubokMintaqaviyBoshqaUmumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Roma1999-2000Serie A00000000
2000-01Serie A00000000
Umumiy00000000
Livorno2001-02Serie C1100010
2002-03Serie B35020370
2004-05Serie A31020330
2005-06Serie A36030390
2006-07Serie A3000081381
2007-08Serie A33000330
Umumiy166070811811
Lecce (loan)2003-04Serie A13010140
Parma (loan)2003-04Serie A00101020
Palermo2008-09Serie A34010350
Genoa2009-10Serie A3000050350
Milan2010-11Serie A40103080
2011-12Serie A90401000140
2012-13Serie A1101010130
2013-14Serie A50001060
Umumiy290606000410
Umumiy faoliyat2720160201003081

Manbalar