Manel Martines

Xose Manuel "Manel" Martinez Bel (1992-yil 25-martda tug'ilgan) - ispaniyalik futbolchi. Hujumchi apmulasida o'ynaydi.

Manel Martines
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJosé Manuel Martínez Bel
Tavallud sanasi25-mart 1992-yil (1992-03-25) (32 yosh)
Tavallud joyiCabrera de MarIspaniya Ispaniya
Boʻyi185sm
Ampluasihujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Racing Ferrol
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999-2000La Salle Premià
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2011Cornellà(0)
2011–2012Masnou(4)
2012Europa(0)
2013RVA FC(2)
2015–2016Sabadell B(17)
2016Sabadell(4)
2016–2018Peralada(1)
2016–2017→ Llagostera (ijarada)(14)
2017–2018→ Lorca (ijarada)(0)
2018–2019Murcia(6)
2019–2020Marbella(10)
2020–2022Atlético Baleares(11)
2022Surxon(0)
2023Racing Ferrol(1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati

Kataloniyaning Barselona shahridagi Cabrera de Mar shaharchasida tug'ilgan Manel o'z faoliyatini UE Kornella jamoasida boshladi. U 2011-yilda klubdagi debyutini o'tkazdi va keyinchalik CD Masnou jamoasiga o'tdi.

2012-yilda, CE Europa jamoasida qisqa muddat to'p surdi[1]. Keyinchalik Manel chet elga ko'chib o'tdi va o'qish paytida Virjiniya Hamdo'stlik universitetining VCU Rams jamoasiga qo'shildi. 2013-yil 17-iyun kuni u Milliy Premer-Liga klubi RVA FC bilan shartnoma imzoladi va jamoa bilan chempion bo'ldi[2].

2015-yil yanvar oyida Manel o'z vataniga qaytib keldi va hali ham to'rtinchi divizionda bo'lgan CE Sabadell FC B bilan shartnoma imzoladi. U 16-iyunda shartnomasini 2017-yilga qadar uzaytirdi[3]. Mavsum davomida 18 o'yinda 13 ta gol urib, 31-dekabrda asosiy tarkibga ko'tarildi[4]. CE Sabadell FC B Manel bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi[5].

2016-yilning 22-iyulida Manel Segunda Divizionining “Girona FC” klubiga qo‘shildi[6]. Ammo 18-avgust kuni uchinchi diviziondagi “UE Llagostera” jamoasiga bir yilga ijaraga berildi[7]. Mavsum davomida 14 ta gol urdi[8]. Keyingi mavsum Lorka FKga ijara asosida qo'shildi va klubga pley-off o'yinlarida yordam berdi.

Manel o'zining professional debyutini 2017-yilning 18-avgustida o'tkazdi va o'z maydonida Cultural y Deportiva Leonesa jamoasi bilan 2:0 hisobida g'alaba qozondi[9]. 2018-yil 11-yanvarda u klub bilan shartnomasini tugatdi va "Girona FC"ga qaytdi[10][11].

2018-yilning 17-iyulida Manel uchinchi diviziondagi Real Mursiya bilan shartnoma imzoladi[12] Keyingi mavsumda Manel Marbella FC ga qo'shildi[13]. 2021-yilgi mavsumda Surxon (futbol klubi) bilan shartnoma imzoladi.

Shaxsiy hayoti

Manel "Barselona" ning sobiq himoyachisi Manoloning o'g'li hisoblanadi[14].

Mukofotlari

RVA FK

Manbalar