Majeed Waris

Abdul Majeed Waris (talaffuzi: Abdul Majid Varis; 1991-yil 19-sentabrda Gananing Tamale shahrida tugʻilgan) — ganalik futbolchi, „Anorthosis“ futbol klubi va Gana terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Majeed Waris
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiAbdul Majeed Waris
Tavallud sanasi19-sentyabr 1991-yil (1991-09-19) (32 yosh)
Tavallud joyiTamale, Gana
Boʻyi1.72m
Ampluasihujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Anorthosis
Raqami20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2008Right to Dream Academy
2008—2009Hartpury College
2009—2010Nike Academy
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2010—2012BK Häcken55(26)
2013—2014Spartak Moscow15(1)
2014→ Valenciennes (ijara)16(9)
2014—2015Trabzonspor18(0)
2015—2018Lorient62(21)
2018→ Porto (ijara)5(0)
2018—2020Porto0(0)
2018—2019→ Nantes (ijara)33(5)
2020→ Strasbourg (ijara)7(2)
2020—2022Strasbourg30(3)
Milliy terma jamoa
2012—Gana31(4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 19-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2018-yil 8-sentyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

2009-yilning oktabr oyida Majeed Waris Shvetsiyaning „Häcken“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan[1]. Majeed Waris „Allsvenskan“ futbol klubidagi debyutini 2010-yilning mart oyida „Trelleborg“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan[2]. 2012-yil 16- mayda „Norrköping“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Majeed Waris 5 ta gol urgan. Majeed Waris Shvetsiya chempionatida bitta o‘yinda beshta gol urgan birinchi futbolchi bo‘lgan, shuningdek, u Yevropa futbol chempionatida besh marta gol urgan birinchi ganalik bo‘lgan. 2012-yil oktabr oyida Majeed Waris Moskvaning „Spartak“ futbol klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin ekanligi haqida maʼlumot paydo boʻlgan[3].

2012-yilning 5-noyabrida „Häcken“ futbol klubi veb-saytida Majeed Waris rasman Moskvaning „Spartak“ futbol klubi oʻyinchisiga aylangani haqida maʼlumot paydo boʻlgan[4]. 10-mart kuni „Terek“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Majeed Waris yangi klubida debyut qilgan[5].

Xalqaro faoliyati

2012-yilning fevral oyida Majeed Waris Gana terma jamoasining Chiliga qarshi oʻyini uchun milliy jamoaga chaqirgan. Majeed Waris bahsning ikkinchi yarmida Richard Mpong oʻrniga maydonga tushgan[6]. 24-mart kuni JCh-2014 saralashida Sudanga qarshi oʻyinda Majeed Waris oʻzining birinchi golini urgan va jamoasiga yirik gʻalaba qozonishda yordam bergan[7].

2014-yilning yozida Majeed Waris terma jamoaning Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatida ishtirok etish uchun tarkibiga kiritilgan. Turnirda Majeed Waris Portugaliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[8]. U 2015- yilgi Afrika kubogini jarohati tufayli oʻtkazib yuborgan.





Statistikasi

JamoaMamlakatMavsum
BK Häcken Shvetsiya2010—2012
Spartak Moscú Rossiya2013—2014
→ Valenciennes F. C. (ijara) Fransiya2014
Trabzonspor Turkiya2014—2015
F. C. Lorient Fransiya2015—2018
→ F. C. Porto (ijara) Portugaliya2018
F. C. Porto Portugaliya2018—2019
→ F. C. Nantes (ijara) Fransiya2018—2019
F. C. Porto B Portugaliya2019—2020
→ R. C. Estrasburgo (ijara) Fransiya2020
R. C. Estrasburgo Fransiya2020—2022
Anorthosis Famagusta Kipr2022

Manbalar