Magʻoki Koʻrpa masjidi

Buxoro shahrida joylashgan tarixiy masjid
(Magʻoki koʻrpa masjididan yoʻnaltirildi)

39°46′24.5″N 64°25′06.4″E / 39.773472°N 64.418444°E / 39.773472; 64.418444

Masjid
Magʻoki Koʻrpa masjidi
Mamlakat Oʻzbekiston
HududBuxoro viloyati
ShaharBuxoro shahri
ManzilMehtar Anbar koʻchasi 55-uy
Masjid turioddiy
Meʼmoriy uslubislom meʼmorchiligi
AsoschiJoʻybor shayxlari[1]
Binokorlik16361637
MaqomiDavlat muhofazasida
Holatifoydalanilmaydi
UNESCO bayrogʻiUNESCOning Butun jahon yodgorliklari, № 602 obyekti
rus. • ing. • fr.

Magʻoki Koʻrpa masjidi — 1636—1637-yillari Buxoro shahrining tarixiy markazida qurilgan[2], Toqi Telpakfurushon yonida, Mehtar Anbar koʻchasida joylashgan, Buxorodagi ikkita „yerosti“ (magʻoki) masjidlardan biri[3].

Tarixi

Magʻoki Koʻrpa masjidi 1636—1637-yillar oraligʻida qurilgan, ikki qavatli boʻlgan. Birinchi qavati chuqurlikda (magʻoki) joylashgan, balandligi 6 metr. Ushbu qavat qishda havosi moʻtadil boʻlgani sababli namoz ibodatini bajaradigan joy hisoblangan[4]. Hozirda bu qavat madaniy qatlam ostidadir. Ikkinchi qavat koʻrpa nomi esa masjid joylashgan mahalla nomidan, yaʼni koʻrpa tikuvchilar yashagan mahalla nomidan kelib chiqqan va bu qavat yozda namoz ibodatini bajaradigan joy boʻlgan. Masjidda ganchkorlik sanʼatining ajoyib namunlari uchraydi. Masjidga qarovsizlik[5] va zilzila tufayli zarar yetgan. Shuningdek, sovet davrida masjid kartoshka saqlanadigan omborga aylantirilgan[4]. 2018-yillari masjida qayta restavratsiya qilingan[4], bugungi kunda masjid binosida gilam ishlab chiqarish va sotish korxonasi faoliyat yuritmoqda[1].

Magʻoki Koʻrpa masjidining birinchi va ikkinchi qavatlari chizmasi

Arxitekturasi

Masjid pishgan gʻishtdan qurilgan boʻlib[1], toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, sharqiy-gʻarbiy oʻq boʻylab choʻzilgan. Masjidning old tomoni sharqqa qaragan. Birinchi qavatdagi gumbazlar toʻrtburchak ustunlarga, ikkinchi qavatda toʻqqizta gumbaz esa toʻrtta sakkiz burchakli koʻndalang ustunlarga tayangan[3]. Bu toʻqqiz gumbazdan uchtasi stalaktit shaklida boʻlib, zalning oʻrtasi va mehrob tepasidagi stalaktitlarga muqaddas bitiklar tushirilgan, qolgan gumbazlar esa qalqonsimon yelkanlar koʻrinishida. Asosiy gumbaz juda baland va tor qilib qurilgan. Masjid dastlab jome masjid sifatida qurilgan, ammo qurilishi yakunlangandan soʻng kichik hajmda boʻlgani sababli mahalliy masjid sifatida foydalanilgan[3][1].

Manbalar