Lee Kang-in

Li Kan In (2001-yil 19-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik professional futbolchi, La Liganing „Mallorca“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Li Kan-in
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiLi Kan-in
Tavallud sanasi19-fevral 2001-yil (2001-02-19) (23 yosh)
Tavallud joyiIncheon, Janubiy Koreya
Boʻyi1.73 m (5 ft 8 in)
AmpluasiYarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Mallorca
Raqami19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-Incheon United
2011Flyings FC
2011-2017Valencia
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2017-2019Valencia B26(4)
2018-2021Valencia44(2)
2021-Mallorca37(2)
Milliy terma jamoa
2017-2019Janubiy Koreya U2016(7)
2021-Janubiy Koreya U239(3)
2019-Janubiy Koreya6(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-oktyabr uchun)

Li 2019-yilda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan, xuddi shu yili u FIFA U-20 Jahon chempionatining 2019-yilgi „Oltin to‘p“ sovrinini qo‘lga kiritgan.

Klubdagi faoliyati

Valensiya B

Li Valensiya akademiyasiga 2011-yilning iyul oyida qoʻshilgan. 2017-yilning 15-dekabrida u „Valensiya B“ (Mestalya) jamoasiga chaqirilgan. U 2017-yilning 21-dekabrida Deportivo Aragon bilan o‘yinda 82-daqiqada zahiradan maydonga tushib oʻz debyutini o‘tkazgan.

U 2018-yilning 17-fevralida „Llagostera“ga qarshi o‘yinda 76-daqiqada maydonga tushib golga assistentlik qilgan. U oʻzining birinchi golini 2018-yilning 6-mayida Sabadellga qarshi oʻyinda kiritigan.

Valensiya

2018-19-yilgi mavsum

U 2018-yil 30-oktabrda jamoadagi debyutini o‘tkazgan, u Qirol kubogida Ebro ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda 83 daqiqa maydonga tushgan va Yevropada professional debyut qilgan eng yosh koreyalik futbolchiga aylangan[1][2].

Li La Ligadagi debyutini 2019-yilning 12-yanvarida o‘tkazgan va 2018/19- yilgi mavsumda „Real Valyadolid“ga qarshi o‘yinda (1:1) 86-daqiqada Denis Cherishev o‘rniga maydonga tushgan. 17 yosh, 10 oy va 24 kunligida Li 16 yosh, 11 oy va 24 kunligida debyut qilgan „Real Sosedad“dan Ander Barrenetxeadan keyin 18-19 La Ligada ikkinchi eng yosh futbolchiga aylangan[3].

2019-yilning 30-yanvarida Li 16-raqamli libosni qabul qilib, „Valensiya“ning asosiy jamoasiga rasman qo‘shilgan[4].

2020-yil 13-sentabrda Li La Liga o‘yinida „Levante“ ustidan jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonilgan oʻyinda ikkita golga assistentlik qilgan shu tariqa u 19 yoshu 207 kunlik eng yosh futbolchi bo‘lgan va 2008-yilda Xuan Mataning oldingi rekordini yangilagan[5].

Li 2021-yilning 29-avgustida „Valensiya“ bilan shartnomasini bekor qilgan[6].

Mallorca

2021-yil 30-avgust kuni La Liganing boshqa bir jamoasi „Mallorca“ Lining erkin agent sifatida jamoaga qoʻshilganligini tasdiqlagan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan[7]. 2021-yil 22-sentyabrda u La Liga doirasidagi „Real Madrid“ga qarshi o‘yinda (6:1) klub uchun birinchi golini kiritgan[8].

Xalqaro faoliyati

U-20 Jahon chempionati 2019

Li 2019-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreya U-20 futbol jamoasida oʻynash uchun tanlab olingan va jamoasini turnirda tarixiy ikkinchi oʻringa olib chiqgan. Musobaqa davomida Li ikkita gol va yetti oʻyinda toʻrtta golli uzatmani amlaga oshirgan[9]. Natijada u turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida „Oltin toʻp“ sovrinini qoʻlga kiritgan[10].

Kattalar jamoasi

Li 2019-yilning mart oyida Boliviya va Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlari uchun Janubiy Koreyaning katta yoshli futbol terma jamoasiga birinchi chaqiruvini olgan va Janubiy Koreya milliy futbol jamoasidagi eng yosh oʻyinchi boʻlgan. 2019-yilning 5-sentyabr kuni Li milliy terma jamoadagi debyutini Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida asosiy tarkibda o‘tkazgan[11].

Faoliyat statistikasi

Klub

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiKontinentalBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Valencia B2017-18Segunda B divizioni111111
2018-19Segunda B divizioni153153
Jami264264
Valencia2018-19La Liga306020110
2019-20La Liga172205000242
2020-21La Liga24031271
Jami4421117000623
Mallorca2021-22La Liga30140341
2022-23La Liga710071
Jami37240412
Karyerada jami107815170001299

Xalqaro

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoaYilOʻyinGol
Janubiy Koreya201930
202020
202110
Jami60

Yutuqlari

Valencia

Janubiy Koreya U20

  • FIFA U-20 Jahon kubogi ikkinchi oʻrin: 2019[13]

Shahsiy yutuqlari

  • FIFA U-20 Jahon chempionati Oltin toʻpi : 2019[14]
  • Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2019[15]
  • Koreya FA yilning eng yaxshi yosh futbolchisi : 2019[16]

Manbalar