Laura Carmichael

britaniyalik aktrisa

Laura Elizabeth Carmichae (16-iyul, 1986-yil, Londonda tugʻilgan)[1] britaniyalik kino va televideniye aktrisasi. U ITV (Buyuk Britaniya) va PBS (AQSh) kanallarida efirga uzatilgan teleserial Downton Abbey nomli dramadagi Lady Edith Crawley roli bilan mashhur. Uning boshqa shartnomalari orasiga Marcella (2016) teleseriali[2] va A United Kingdom (2016) badiiy filmi kiradi[3].

Laura Carmichael
Tavalludi
Laura Elizabeth Carmichael

16-iyul 1986-yil (1986-07-16) (37 yosh)
Southampton, Hampshire, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Yoshligi

Carmichael Angliyaning Southampton shahrida tugʻilgan[1]. U oilasidagi uch nafar qizning oʻrtanchasidir. Lauraning opasi Amy dasturiy taʼminotni ishlab chiqaruvchi kompaniyada ishlaydi, singlisi Olivia esa NHS bilan xayriya jamgʻarmasi tashkilotchisidir[4].

Aktrisa Shirley Junior School, The Mountbatten School,[5] va Peter Symonds College kabi taʼlim dargohlarida tahsil olgan[6]. Carmichael Bristoldagi Bristol Old Vic Theatre Schoolda oʻqigan va uni 2007-yilda tamomlagan. U Ikki yil davomida turli xil ishlarda, jumladan, oʻqituvchi yordamchisi, qabulxona xodimi va enaga boʻlib, chekka teatrlarda kichik suhbatlardan oʻtgan[7][8].

Faoliyati

Uning televideniye rollari orasida Tohe Heart of Thomas Hardy va End of Our Street kabi kartinalar kiradi[6]. 2011-yilda u Tinker Tailor Soldier Spy filmida paydo boʻladi va shu bilan birga, 2014-yilda Madam Bovary filmida Henriette rolini gavdalantiradi[6].

2016-yilda Carmichael ITVning yangi televizion kriminal drama seriali Marcellada Maddy Stevenson rolini oʻynagan. Marsella Britaniya Metropolitan politsiyasi detektivi va yolgʻiz onaning qotillik guruhiga qaytishiga eʼtibor qaratadi, bu skandinaviyancha teleserial The Bridgeni yaratgan shved ssenariychisi Xans Rozenfeldtning birinchi inglizcha shousi boʻlgan[2]. 2016-yilda aktrisaning Jamie Lloydning (Uzo Aduba bilan birgalikda) Londonning West Enddagi Trafalgar Studiosda The Maids spektaklida Madam rolini ijro etgan[9][10].

Carmichaelning oldingi muhim roli 2011-yilda David Harening Sheffild Crucible teatrida Anna Friel (Yelena) va Ken Stott (Vanya) bilan birgalikda ijro etgan[11]. U 2009-yilda Battersea Arts Centre oʻtkazilgan Scratch festivalining bir qismi sifatida "Reasons for Living filmida Laura rolini oʻynadi[12]. 2009-yil oxirida aktrisa Shakespeare tomonidan yozilgan The Tempest nomli gastrol spektaklida Miranda rolini ijro etdi[13].

Shaxsiy hayoti

Carmichael Londonning Camden shahrida istiqomat qiladi[4]. Aktrisa 2014-yildan beri Downton Abbey kartinasidagi hamkasbi Michael C. Fox bilan munosabatda boʻlib, 2016-yilda rasman turmush qurishgan[14]. Ularning 2021-yil mart oyida tugʻilgan Luca ismli oʻgʻil farzandlari bor.

Filmografiyasi

YilSarlavhaRolIzohlar
2009House at the End of Our StreetYvonne
2010The Heart of Thomas HardyHardyning xizmatkori
2010-2015Downton AbbeyLady Edith CrawleyAsosiy tarkib; 52ta epizod
2011Tinker Tailor Soldier SpySal
2014Madame BovaryHenrietta
2015Burn Burn BurnSeph
2016A United KingdomMuriel Williams
2016MarcellaMaddy StevensonTakroriy rol; 4ta epizod
2017Man in an Orange ShirtDaphne TalbotTakroriy rol; 1ta epizod
2019-2020The Spanish PrincessMargaret Pole, Countess of SalisburyAsosiy tarkib; 16ta epizod
2019Downton AbbeyEdith Pelham, Marchioness of Hexham
2020The Secrets She KeepsAgathaAsosiy tarkib; 6ta epizod
2022Downton Abbey: A New EraEdith Pelham, Marchioness of Hexham

Teatr sahnalarida

YilSarlavhaRolIzohlar
2009Reasons for LivingLauraBAC
2009The TempestMiranda/ArielBuyuk Britaniya boʻylab gastrol
2011PlentyLouise/DorcasSheffield Crucible Theatre
2012Uncle VanyaSonyaVaudeville Theatre
2013The Fitzrovia Radio HourArabellaUnderglobe Theatre
2016The MaidsMadamTrafalgar Studios
2017ApologiaTrudiTrafalgar Studios

Manbalar

Havolalar