Kristina Şermetowa

Kristina Shermetova (turkmancha: Kristina Şermetowa; 1993-yil 25-mayda Ashxobodda tugʻilgan) — turkmanistonlik ogʻir atletikachi[1]. Uning eng yaxshi natijalari Anaxaymdagi ogʻir atletika boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionatida kumush medali boʻlgan.

Kristina Shermetova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (ayol)
Tavallud paytidagi ismi Kristina Şermetowa
Fuqaroligi Turkmaniston
Tavallud sanasi 25-may 1993-yil (1993-05-25) (31 yosh)
Ashxobod, Turkmaniston
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Vazni 55 kg (121 lb)
Sport
Qaysi sport (Og'ir atletika)

Biografiyasi

1993-yil 25-mayda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tugʻilgan. Bolaligidan sport raqslari bilan shugʻullangan..2007-yilda otasining qiz oʻrtogʻi Ashxobodda qizlar uchun ogʻir atletika maktabi ochgani uchun ogʻir atletika bilan shugʻullana boshlagan.

Kristina interyuda quyidagicha izoh bergan: „Men raqsga tushganimni aytsam, koʻpchilik ishonmaydi. Dadamning qiz oʻrtogʻi ogʻir atletika maktabini ochganda, dadam meni ham roʻyxatdan oʻtishimni talab qilgan. Avvaliga menda katta istak yoʻq edi, lekin keyin uning maslahatiga ishondim. Va hozircha qarorimdan afsuslanish uchun hech qanday sabab yoʻq.“

Birinchi murabbiyi—Armen Stepanyan.

Faoliyati

Kristina Shermetova 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarida (oʻngdan birinchi)

Faoliyatidagi birinchi xalqaro muvaffaqiyati 2009-yilgi oʻgʻir atletika boʻyicha 48kg vazn toifasida yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali boʻlgan.

Kristina jarohatlari tufayli 2015 va 2016-yilgi mavsumlarni oʻtkazib yuborgan.

2017-yil Kristina Şermetowa uchun muvaffaqiyatli boʻlgan. Sportchi ogʻir atletika boʻyicha 2017-yilgi Osiyo chempionatida 53kg vazn toifada uchinchi oʻrin sohibasi va 2017-yil Anaxaymdagi ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2021-yil iyul oyida 2020-yili Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Turkmaniston sharafini himoya qilgan. Ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida 6-oʻrinni egallagan[2][3].

Asosiy natijalar

YilHududOgʻirlikUrinishlar (kg)siltab koʻtarish (kg)JamiNatija
123Rank123Rank
Turkmaniston nomidan ishtiroklari
Olimpiyada oʻyinlari
2021-yil Tokyo, Yaponiya55 kg909393511111511752056
Jahon chempionati
2019-yil Pattaya, Tailand55 kg838386141071101101219611
2018-yil Ashxobod, Turkmaniston55 kg909395911311712072108
2017-yil Anaheim, Qoʻshma Shtatlar53 kg889191 109111113 204
Osiyo oʻyinlari
2018-yilJakarta, Indoneziya53 kg88919311101131163206
Osiyo chempionati
2021-yil Toshkent, Oʻzbekiston55 kg889090611011311371987
2019-yil Ningbo, Xitoy55 kg636872129810461728
2017-yil Ashxobod, Turkmaniston53 kg7881815100104106 182
2012-yil Pyeongtaek, Koreya Respublikasi58 kg77818389510010081838

Manbalar