Kirka Sharif

Kirka Sharif (pushtucha: خرقه شريفه Libos ziyoratgohi) — Afgʻonistonning hozirgi Qandahor shahrida joylashgan islom ziyoratgohi. Bu ziyoratgoh bilan bogʻliq maʼlumotlar adabiyotlarda ikkinchi ingliz-afgʻon urushi davrida, Britaniya-Hindiston armiyasi Afgʻonistonda oʻz taʼsirini oʻtkazishga harakat qilgan vaqtda paydo boʻla boshlagan[1]. Ziyoratgohda Muhammadning 621-yilda Isro va meʼroj kechasida kiygan ridosi ham bor.

Kirka Sharif

Kirka Sharif, tax. 1878 —  1880
Umumiy maʼlumot
Meʼmoriy uslubi Afg'on arxitekturasi
Joylashuvi Qandahor
Mamlakat Afg'oniston
Koordinatalar 31°37′11″N 65°42′29″E / 31.6196°N 65.7080°E / 31.6196; 65.7080
Kirka Sharif

Muhammadning ridosi

Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning ridosi Kirka Sharif ziyoratgohiga Durroniylar davlatining asoschisi afgʻon hukmdori Ahmadshoh Durroniy (1722—1773) tomonidan sovgʻa qilingan. Ahmadshoh Durroniyga esa ushbu rido 1768-yilda Buxoro amiri tomonidan berilgan. Bu ridoni paygʻambar Muhammad 621-yilda mashhur Isro va meʼroj kechasida kiyganligi aytiladi[1][2][3][4]. Ushbu libos musulmon olamidagi eng muqaddas yodgorliklardan biri hisoblanadi[1].

Juma masjidi

Kirka Sharif ziyoratgohi masjidga biriktirilgan boʻlib, masjid arxitekturasi islom meʼmorchiligi va mahalliy urf-odatlarning ko‘plab tamoyillariga amal qiladi. Ichki qismi Afg‘onistonning Hilmand viloyatidan keltirilgan yashil marmar bilan oʻyib ishlangan naqshlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari, bino zarhal detallar aks ettirilgan plitkalarga ham ega boʻlib, hovli va qabr toshlari ham ziyoratgoh hududida joylashgan. Ziyoratgoh devorlari koʻplab islom masjidlarida uchraydigan oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Masjid devorlariga turli daraxtlar va barglar surati oʻyib ishlangan boʻlib, binoning barcha devorlarida ushbu tasvirlarni koʻrishimiz mumkin[1].

Ahmadshoh qabri

Kirka Sharif ziyoratgohi yonidagi Ahmadshoh Durroniy qabri

Kirka Sharif ziyoratgohi yonida Durroniylar davlatining asoschisi Ahmadshoh Durroniy maqbarasi joylashgan[5][4].

Manbalar

Havolalar