Kim So-hye

Kim So-hye (1999-yil 19-iyulda tugʻilgan), Sohye nomi bilan tanilgan, „S&P Entertainment“ komoaniyasi ostida shartnoma imzolangan janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U "Mnet"ning K-pop qizlar guruhi tanlovi boʻyicha „Produce 101“ shousida beshinchi oʻrinni egallagani va „I.O.I“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlgani hamda „Poetry Story“ (2017), „Kang Deok-soons Love History“ (2017) filmlaridagi rollari bilan mashhur.

Kim So-hye
Tavalludi 19-iyul 1999-yil (1999-07-19) (24 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • aktrisa
  • qoʻshiqchi

Faoliyati

Aktyorlik kompaniyasidan kelgan Kim aktrisa boʻlish uchun mashgʻulotlarqilgan ammo, „Produce 101“ga qoʻshilishdan oldin qoʻshiq aytish va raqsga tushish tajribasiga ega emas edi[1]. U musobaqada qatnashgan 101 ta qiz orasida beshinchi oʻrinni egallagan va „I.O.I“ guruhi aʼzosiga aylangan[2]. „Redline Entertainment“ kompaniyasi, uni guruhda qisqa muddatli faoliyatidan soʻng aktyorlik mashgʻulotlarini davom ettirishini aytgan[3].

2016-yil iyun oyida Kim oʻzining „S&P (Shark & Penguin) Entertainment“ boshqaruv leyblini yaratgan[4]. U, shuningdek, Seocho tumanida oʻzi va agentligi muxlislari bilan bogʻlanishi mumkin boʻlgan joyni taʼminlash uchun „Penguinʼs Café“ kafesini ochgan[5].

„I.O.I“ doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishdan tashqari, Kim "MBC Every1" telekanalining "Star Show 360" va "SBS" telekanalining "Game show" shoularida muntazam boshlovchi boʻlgan[6].

2017-yilda Kim oʻzining „Poetry Story“ veb-dramasida aktyorlik debyutini qilgan[7]. Oʻsha yili u oʻzining birinchi teledramasi „Kang Deok-soonning Love History“ filmida ayol bosh rolni ijro etgan[8].

2018-yilda Kim „Best chicken“ yoshlar dramasida ayol bosh rol obrazida namoyon boʻlgan[9].

2019-yilda Kim „Moonlit Winter“ melodrama filmida katta ekranda debyut qilishi tasdiqlandi[10]. Kino tanqidchisi, kinojurnal eksperti va muxbir „Kim Sohye“ni 2019-yilning 7 ta eng yaxshi koreys aktrisasi, „Moonlit Winter“ filmini esa 2019-yilning eng yaxshi koreys filmlaridan biri deb tan olgan[11]. Kim 2019-yil 9-sentabrda chiqarilgan „8BEAT“ albomi uchun Olltining „Press Start“ filmida suratga tushgan[12]. Kim 2020 -yilda Li Shin Yon bilan birga "KBS" telekanalining „How to Buy a Friend“ serialida rol ijro etgan[13].

2021-yil 4-may kuni Kim So-hye va „I.O.I“ aʼzolari oʻzlarining 5 yillik debyut yilligini „Yes, I Love It!“ deb nomlangan jonli efir shousi bilan nishonladilar[14].

Manbalar