Kenan Kodro

Kenan Kodro (1993-yil 19 avgustda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, Nemzeti Bajnokság I klubi Fehervar va Bosniya va Gersegovina terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Kenan Kodro
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiKenan Kodro
Tavallud sanasi19-avgust 1993-yil (1993-08-19) (30 yosh)
Tavallud joyiSan Sebastián, Ispaniya
Boʻyi1.88 m[1]
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Fehérvár
Raqami19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2008Antiguoko
2008—2011Real Sociedad
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2011—2014Real Sociedad B76(16)
2012→ Lagun Onak (ijara)9(2)
2014—2017Osasuna80(12)
2017—2018Mainz 058(0)
2018→ Grasshoppers (ijara)14(7)
2018—2019Copenhagen8(1)
2019—2021Athletic Bilbao26(3)
2021→ Valladolid (ijara)14(0)
2021-Fehérvár43(22)
Milliy terma jamoa
2017—Bosniya va Gersegovina11(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati

Kodro futbol oʻynashni mahalliy Antiguoko klubida boshlagan. 2008-yilda Real Sociedad klubi yoshlar akademiyasiga qoʻshigan. 2011-yilda Real Sociedad B tarkibida birinchi professional golini kiritdi. 2012-yil fevral oyida Lagun Onakga olti oylik ijaraga yuborildi[2].

Osasuna

2014-yilning yozida Kodro Osasunaga oʻtdi[3]. Jamoadagi rasmiy debyutini 23-avgust kuni Barcelona B ga qarshi oʻtkazdi[4]. 18-oktyabr kuni Osasuna safidagi birinchi golini Tenerife darvozasiga kiritdi va bu jamoasining gʻalabasini taʼminladi[5].

2015-yilning fevralida shartnomasini 2018-yilning iyunigacha uzaytirdi[6].

Mainz 05

2017-yil iyun oyida Kodro toʻrt yillik shartnoma asosida Germaniyaning Mainz 05 jamoasiga oʻtdi[7]. 12-avgust kuni Lüneburger Hansaga qarshi DFB-Pokal oʻyinida klub safida debyut qildi[8]. Bir hafta oʻtgach, Hannover 96 ga qarshi ligada debyut qildi[9].

2018-yilning fevral oyida Kodro yarim mavsumlik shartnoma asosida Shveysariyaning Grasshoppers oʻtdi[10]. Faoliyatidagi ilk xet-trikini 21-aprel kuni Luganoga qarshi oʻyinda amalga oshirdi[11].

Copenhagen

Iyul oyida Kodro nomaʼlum pul evaziga Daniyaning Copenhagen klubiga oʻtdi[12]. 12-iyul kuni UEFA Yevropa ligasi saralashida KuPSga qarshi oʻyinda jamoa safida rasman debyut qildi[13]. Toʻrt kundan keyin Horsensga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi[14]. 26-iyul kuni Copenhagendagi birinchi golini Stjarnan darvozasiga kiritdi[15]. Kodro 2-avgust kuni jamoadagi ilk xet-trikini qayd etdi[16]. 7-oktyabr kuni Randersga birinchi ligadagi golini kiritdi[17].

Athletic Bilbao

2019-yil yanvar oyida Kodro Bilbaoning Athletic klubiga uch yarim mavsumlik shartnoma asosida qoʻshildi[18]. Jamoa safida 10-fevral kuni Barcelonaga qarshi debyut qildi[19]. 16-mart kuni „Athletic Bilbao“dagi ilk golini Atlético Madrid darvozasiga kiritdi[20].

2021-yilning yanvarida yarim mavsumga Valladolidga ijaraga berildi[21].

Fehérvár

Avgust oyida Kodro Vengriyaning Fehérvár jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[22]. Jamoadagi ilk rasmiy oʻyinini 28-avgust kuni Budapeshtning MTK jamoasiga qarshi oʻtkazdi va dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi[23].

Xalqaro faoliyati

2017-yilning mart oyida Kodro Bosniya va Gersegovinaga birinchi marta JCh-2018 saralashida Gibraltar va Albaniyaga qarshi oʻyinlari oldidan chaqiruv oldi[24]. 28-mart kuni Albaniyaga qarshi debyut qildi[25].

3-sentabr kuni 2018-yilgi Jahon chempionati saralashida Gibraltarga qarshi o‘yinda Kodro terma jamoadagi birinchi golini urdi[26].

Shaxsiy hayoti

Kodroning otasi Meho ham professional futbolchi boʻlgan[27].

Faoliyat statistikasi

Klub

13-noyabr, 2022-yil[28]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Real Sociedad B2011—2012Segunda División B142---142
2012—2013Segunda División B356---356
2013—2014Segunda División B278---278
Jami7616---7616
Lagun Onak (ijara)2011—2012Tercera División92---92
Osasuna2014—2015Segunda División32210--332
2015—2016Segunda División20310-4[lower-alpha 1]3[lower-alpha 2]256
2016—2017La Liga28720--307
Jami801240-438815
Mainz 052017—2018Bundesliga8020--100
Grasshoppers (ijara)2017—2018Shveysariya Superligasi14710--157
Copenhagen2018—2019Daniya Superligasi812085-186
Athletic Bilbao2018—2019La Liga111---111
2019—2020La Liga12111--132
2020—2021La Liga3100--31
Jami26311--274
Valladolid (ijara)2020—2021La Liga140---140
Fehérvár2021—2022Nemzeti Bajnokság I271531--3016
2022—2023Nemzeti Bajnokság I1672153-2311
Jami43225253-5327
Jami faoliyati278631531384331077

Xalqaro

23-sentyarb, 2022-yil[29]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Bosniya va Gertsegovina201741
201851
201900
202000
202110
202210
Jami112
Kenan Kodro tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/rSanaJoyKepRaqibHisobNatijaMusobaqa
12017-yil 3-sentyabrEstádio Algarve, Faro / Loule, Portugaliya3  Gibraltar2—04—02018 FIFA Jahon chempionati saralashi
22018-yil 23-martLudogorets Arena, Razgrad, Bolgariya5  Bolgariya1—01—0Doʻstona

Manbalar