Karl Darlow

Karl Darlow (talaffuzi: Karl Darlou) (1990-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubi darvozaboni. Karl Darlow „Aston Villa“ va „ Nottingham Forest“ akademiyalarida tahsil olgan. Karl Darlow faoliyatining avvalida „Newport County“ va „Walsall“ klublarida ijara shartnomasi asosida futbol oʻynagan.

Karl Darlow
Darlow Nottingham Forest klubi tarkibida 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiKarl Darlow[1]
Tavallud sanasi1990-yil 8-oktyabr
Tavallud joyiNorthampton, Angliya
Boʻyi1.90 m[2]
Ampluasidarvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Newcastle United
Raqami26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2006Aston Villa
2006—2010Nottingham Forest
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2010—2014Nottingham Forest64(0)
2012→ Newport County (ijara)8(0)
2012→ Walsall (loan)7(0)
2013→ Walsall (ijara)2(0)
2014Newcastle United86(0)
2014—2015→ Nottingham Forest (ijara)42(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 20-noyabr 22:09 (utc) uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati

Nottingham Forest

16 yoshida „Aston Villa“ klubidan ketganidan soʻng, Karl Darlow „Nottingham Forest“ klubi bilan faoliyatini davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishdi[3].

2012-yilning mart oyida Karl Darlow „Newport County“ klubi tarkibiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[4][5][6]. Karl Darlow klub bilan birinchi marta „Gateshead“ klubiga qarshi uyinda (1:0 hisobida gʻalaba) maydonga tushdi[7].

2012-yil 21-sentyabrda Karl Darlow „Walsall“ klubiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[8]. U erda boʻlganida, Karl Darlow „Nottingham Forest“ klubi bilan 2015-yilgacha yangi uch yillik shartnoma imzoladi[9].

Newcastle United

2014-yil 9-avgustda Karl Darlow Angliya Premer-ligasining „Newcastle United“ klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Shartnoma doirasida Karl Darlow va jamoadoshi Jamaal Lascelles 2014—2015-yilgi mavsum uchun „Nottingem Forest“ klubiga ijaraga berildi[10][11].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

Angliyadan tashqari, Karl Darlow Uels milliy futbol terma jamoasi vakili boʻlish huquqiga ega. Chunki Karl Darlowning bobosi Ken Leek (Uels milliy futbol terma jamoasi hujumchisi) Ynysybwl shahrida tugʻilgan. Uels futbol assotsiatsiyasi Karl Darlow 2013-yil 6-fevral kuni Avstriyaga qarshi boʻlib oʻtgan Uels milliy futbol terma jamoasining oʻrtoqlik oʻyiniga taklifni rad etganini tasdiqladi[12].

Uels milliy futbol terma jamoasi menejeri Ryan Giggs 2018-yilning mart oyida Uels milliy futbol terma jamoasiga qoʻshilish uchun Karl Darlowga murojaat qildi. Karl Darlow hozirda bor eʼtiborini „Newcastle United“ klubining asosiy tarkibidagi oʻrnini qaytarishga qaratganini aytdi[13].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaFA kubugiLiga kubugiBoshqaUmumiy
DiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Nottingham Forest2010—2011[14]Angliya chempionati1000000010
2012—2013[15]Angliya chempionati2000010210
2013—2014[16]Angliya chempionati4302000450
2014—2015[17]Angliya chempionati4200020440
Jami10602030001110
Newport County (ijara)2011—2012[18]Premer Konferensiya800080
Walsall (ijara)2012—2013[15]Birinchi liga900010100
Newcastle United2015—2016[19]Angliya Premer-ligasi900010100
2016—2017[20]Angliya chempionati3400020360
2017—2018[21]Angliya Premer-ligasi1001010120
2018—2019[22]Angliya Premer-ligasi00001010
2019—2020[23]Angliya Premer-ligasi00501060
2020—2021[24]Angliya Premer-ligasi2500010260
2021—2022[25]Angliya Premer-ligasi80000080
2022—2023[26]Angliya Premer-ligasi00001010
Jami8606080001000
Umumiy209080110102290

Manbalar