Kamron Mirzo baradari

Kamron Mirzo Baradari (urdu. کامران کی بارہ دری; Kāmrān kī bārɘdɘrī) – Pokistonning Lahor shahridagi yozgi pavilyon. U 1540-yildabirinchi Boburiy imperatori Boburning oʻgʻli, Kamron Mirzo tomonidan qurilgan. Bino Lahordagi eng qadimgi Boburiy inshooti deb ishoniladi va Lahorning Shohdara Bogʻ hududidagi maqbaraga aylantirilmagan yagona joy hisoblanadi[1][2].

Tarixi

1530-yilda Bobur vafotidan keyin Kamron Mirzo Lahorni egallab, 1540-yilda baradari qurilgan bogʻ barpo etgan[3]. Qurilish vaqtida baradari Shohdara bogʻi hududidagi Ravi daryosining gʻarbiy qirgʻogʻida boʻlgan boʻlsa-da, hozir daryo oʻrtasidagi orolda joylashib qolgan. Chunki yillar davomida suv oqimi shu holga keltirgan. 1849-yilda inglizlar Panjobni qoʻshib olgandan soʻng, pavilyon daryodan oʻtadigan qayiqlar uchun pullik dam olish joyiga aylantirildi. Ushbu joy 1867-yilda Lahor xaritasida Turgurhvalli Baradari nomi bilan tilga olingan. Xaritada daryoning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgani koʻrsatilgan. Baradarining sharqiy tarafining bir qismi 1850-yillarda suv toshqini tufayli vayron boʻlgan[4], baradarining ikkinchi qavati ham xuddi shu davrda shikastlangan yoki buzib yuborilgan. 1958-yilda suv toshqini tufayli yana zarar koʻrdi. 1989-yilda 19,6 million rupiy (taxminan 1 million dollar) sarflanib, rekonstruksiya qilingan[5].

Bahslar

Daryo tarafdan koʻrinishi

Ayvonning ayrim xususiyatlaridan koʻrinib turibdiki, hozirgi baradari Kamron Mirzo bogʻining aynan oʻzi emas. Kamron Mirzoga tegishli boʻlgan ayvon haqida birinchi eslatma 1860-yilga toʻgʻri keladi va u xalq ogʻzaki rivoyatlariga asoslangan boʻlishi ham mumkin[6].Ayvonda 17-asrda va undan keyingi davrda Boburiy imperatori Shoh Jahon hukmronligi davrida keng tarqalgan qirrali arklar mavjud. Bu Kamron Mirzoga tegishli boʻlgan inshoot ancha taʼmirlangan yoki rekonstruksiya qilingan boʻlishi mumkin. 1988-yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bogʻ Kamron Mirzo hayotligi davrida qoʻllanilgan gaz oʻlchov birligidan emas, balki Akbar hukmronligi davrida keng qoʻllanilgan Gaz-i-Illahiy deb nomlangan oʻlchov birligidan foydalangan holda qurilgan[7].

Arxitetktura

Barcha baradarilar singari, ushbu inshootning ham oʻn ikkita eshigi bor.

Manbalar