Kaan Ayhan

Kaan Ayhan (1994-yil 10-noyabrda tug'ilgan) — professional futbolchi, yarim himoyachi yoki markaziy himoyachi, shuningdek, A Seriyaning Sassuolo klubida o'ng qanot himoyachisi.[1] Germaniyada tug'ilgan, Turkiya terma jamoasi vakili.

Kaan Ayhan
Ayhan, 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiKaan Ayhan
Tavallud sanasi10-noyabr, 1994-yil
Tavallud joyiGelsenkirchen, Germaniya
Boʻyi1.85 m
AmpluasiHimoyaviy yarim himoyachi,
Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sassuolo
Raqami5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999–2013Schalke 04
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2013

2013–2016
2016
2016–2020

2020–

Schalke 04 II
Schalke 04
Eintracht Frankfurt (ijara)
Fortuna Dusseldorf

Sassuolo

(3 (0)
30 (1)
2 (0)
113 (8)

36 (1))
Milliy terma jamoa
2009

2009–2010
2010–2011
2012
2013–2015

2016–

Turkiya U17
Germaniya U16
Germaniya U17
Germaniya U18
Turkiya U21

Turkiya

(2 (0)
6 (0)
20 (3)
2 (0)
8 (1)

46 (4))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati

Ayhan to'rt yoshida Schalke 04 yoshlar akademiyasiga qo'shilgan.[2] 2012-yilning 18-yanvarida u Schalke 04 bilan 2015-yilning 30-iyuniga qadar davom etadigan professional shartnoma imzoladi.[3] Ayhanga 24-raqamli futbolka berildi.[4] Ayxan 2013-yilning 5-oktyabr kuni Augsburg ga qarshi oʻyinda 4–1 hisobida gʻalaba qozongan o'yinda Adam Szalayi oʻrniga maydonga tushgan.[5] 2014-yil 3-may kuni Ayxan SC Freiburgga qarshi 2–0 hisobidagi g'alabali oʻyinning 13-daqiqasida Bundesligadagi ilk golini urdi.[6]

2016-yilning yanvarida Ayhan Schalkedan mavsumning ikkinchi yarmi uchun ijara asosida Ayntraxtga o'tdi.[7] Frankfurt uni doimiy ravishda imzolash imkoniyatini qo'lga kiritdi, biroq, belgilangan transfer narxi juda yuqori ekanligi uchun doimiy imzolash mumkin bo'lmaganini xabar qilindi.[8]

Fortuna Dusseldorf

2016-yil 31-avgustda Ayhan 17 yillik faoliyatidan so'ng Schalke 04ni tark etib, 2. Bundesliga vakili Fortuna Dusseldorf safiga qo'shildi.[9]

2017-yilning 13-mayida Ayhan 1-oʻyinda FC Nyurnberg ustidan 3–2 hisobida gʻalaba qozonib, o'yindagi uchinchi golni kiritdi va Fortuna Dyusseldorf 2017–18-yilgi 2. Bundesliga chempionligini qo'lga kiritdi.[10][11]

Xalqaro faoliyati

Germaniyalik turk Ayhan Germaniya va Turkiya o'smirlar terma jamoalarida to'p surgan. 2013-yil oktyabr oyida Ayxan Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga tanlandi.[12] U murabbiy Fatih Terim tomonidan 2016-yilning 31-avgust kuni Turkiya terma jamoasining Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va undan soʻng JCh—2018 saralashida Xorvatiyaga qarshi oʻyin uchun chaqirilgan edi.[13] Kaan Ayhan 2016-yilning 31-avgust kuni Turkiya terma jamoasida Rossiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.[14]

Shaxsiy hayot

2021-yilda u testdan o'tkazilib COVID-19ga chalinganligi aniqlandi.[15]

Karyera statistikasi

Klub

match played 18 March 2022
KlubMavsumLigaKubokMintaqaviyJami
DivizionO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollarO'yinlarGollar
Schalke 042012–13[16]Bundesliga000000
2013–14[16]Bundesliga141001[lower-alpha 1]0151
2014–15[16]Bundesliga150004[lower-alpha 2]0190
2015–16[16]Bundesliga10004[lower-alpha 3]050
Jami3010091391
Eintracht Frankfurt (ijara)2015–16[16]Bundesliga200020
Fortuna Düsseldorf2016–17[16]2. Bundesliga23110241
2017–18[16]2. Bundesliga31110321
2018–19[16]Bundesliga28430314
2019–20[16]Bundesliga31230342
Jami1138801218
Sassuolo2020–21[16]Serie A19010200
2021–22[16]Serie A17110181
Jami36120381
Karyera Jami181101009120011

Xalqaro gollar

Gol va natijalar birinchi bo'lib Turkiyaning gollari ro'yxatini ko'rsatadi.[17]
No.SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2019-yil 25-martEskishehir stadioni, Eskishehir, Turkiya  Moldova4 – 04–0UEFA Yevro-2020 saralashi
2.2019-yil 8-iyunBuyukshehir stadioni, Konya, Turkiya  Fransiya1 – 02–0
3.2019-yil 14-oktyabrStad de Frans, Sen-Deni, Fransiya1 – 11–1
4.27-may 2021-yilBahçeşehir Okullari stadioni, Alaniya, Turkiya  Ozarbayjon2 – 12–1Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlar

Fortuna Dusseldorf
  • 2. Bundesliga (1): 2017–18-yil

Germaniya U17

  • FIFA U-17 Jahon Chempionati: uchinchi o'rin 2011-yil[18]

Manbalar

Havolalar