Juan Manuel Torres

Xuan Manuel Torres (talaffuzi: Xuan Manuel Torres) Chako Torres nomi bilan tanilgan (1985-yil 20-iyun, Puerto-Vilelas, Chako) — nafaqadagi argentinalik yarim himoyachi. Xalqaro maydonda Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Juan Manuel Torres
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJuan Manuel Torres
Tavallud sanasi20-iyun 1985-yil (1985-06-20) (39 yosh)
Tavallud joyiPuerto Vilelas, Argentina
Boʻyi1.71 m
AmpluasiYarimhimoyachi
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2002—2006Racing Club104(0)
2007—2011San Lorenzo101(2)
2011—2014Metalist Kharkiv46(1)
2015Atletico Defensores de Vilelas
2016Chaco For Ever5(0)
2016Chacarita Juniors0(0)
2017Aktobe6(0)
Milliy terma jamoa
2005Argentina U2014(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-iyun 2017-yil uchun)

Ilk faoliyat yillari

Argentinaning „Racing Club“ va „ San Lorenso de Almagro“ (Buenos-Ayres) klublarining sobiq futbolchisi. Torres 2002-yilda 17 yoshida professional debyutini oʻtkazgan va Argentina klublari tarkibida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

Torres Argentina U-20 terma jamoasi tarkibida Lionel Messi, Serxio Aguero va Pablo Zabaleta kabi 2005-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan terma jamoa tarkibida maydonga tushgan.

2005-yil yozida Kievning „Dinamo“ klubi rahbariyati yosh va istiqbolli hisoblangan FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempioni Xuan Manuel Torresni sotib olishga harakat qilgan. Biroq, Racing klubi rahbariyati asosiy oʻyinchilaridan birini qoʻyib yuborishni unchalik ham xohlamagan, garchi Torres ketish istagini bildirayotgan boʻlsada klub bunga qarshi boʻlgan. Bunga asosiy sabab qilib tomonlarning pul masalasida kelisha olmaganligi koʻrsatilgan[1].

Ukarina

2011-yilning 24-iyunida u Xarkovning Metalist klubi bilan erkin agent sifatida uch yillik shartnoma imzolagan. Ikki marta Chako yangi klubga, erkin transferga (erkin agent sifatida) oʻtgan. U oʻz xizmatlarini Xarkovning "Metalist " klubiga taklif qilgan, oʻsha paytda uning Racing bilan shartnoma muddati tugagan edi.

2017-yilning yanvarida Torres Qozogʻiston Premyer-ligasi vakili „Aktobe“ bilan shartnoma imzolagan[2]. 2017-yil 15-iyunda oʻzaro kelishuvga koʻra klubni tark etgan[3].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiQitʼaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Metalist Xarkov2011—2012Ukraina Premyer-ligasi18020-110-310
2012—201317110-101-282
2013—20142000-10-30
2014—20159020-30-140
Jami46150--251--762
Aqtoʻbe2017-yilQozogʻiston Premyer-ligasi6010---70
Karyerada jami52160--251--832

Yutuqlari

Mamlakat

Argentina U-20

  • FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi (1): 2005-yil

Shaxsiy hayoti

Torresning ikki farzandi bor. Ular birinchi rafiqasi Aylin Lobatodan qizi va aktrisa Katalina Artusidan oʻgʻli. 2012-yil sentyabr oyida argentinalik model Ivanna Palliotti Buenos- Ayresni tark etgan va oʻzining sevgilisi, „Metalist Xarkov“ futbolchisi Chako Torres uchun Xarkovga koʻchib oʻtgan.

Chako — unga qoʻyilgan taxallus, chunki u Argentinaning Chako provinsiyasida tugʻilgan[4].

Manbalar