Jordi Amat

Jordi Amat Maas (talaffuzi: Xordi Amat Mass) (1992-yil 21-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Malayziya Superligasining Johor Darul Taʼzim klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jordi Amat
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiJordi Amat Maas
Tavallud sanasi21-mart 1992-yil (1992-03-21) (32 yosh)
Tavallud joyiCanet de Mar, Ispaniya
Boʻyi1.84 m
AmpluasiHimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Johor Darul Taʼzim
Raqami55
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—1999Canet de Mar
1999—2009Espanyol
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2009—2010Espanyol B17(0)
2010—2013Espanyol41(0)
2012—2013→ Rayo Vallecano (Ijara)27(1)
2013—2018Swansea City52(0)
2017—2018→ Betis (Ijara)25(0)
2018—2020Rayo Vallecano31(0)
2019—2020→ Eupen (Ijara)24(2)
2020—2022Eupen56(0)
2022-Johor Darul Taʼzim0(0)
Milliy terma jamoa
2008Ispaniya U162(0)
2008—2009Ispaniya U1711(1)
2010Ispaniya U182(0)
2010—2011Ispaniya U197(0)
2011Ispaniya U205(0)
2011—2014Ispaniya U2115(0)
2011—2013Cataloniya2(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-mart uchun)

Jordi faoliyatining eng yaxshi qismini „Espanyol“ va „Swansea City“da oʻtkazgan, shuningdek, La Ligada „Rayo Valyekano“ (ikki marta) va „Betis“ sharafini himoya qilgan.

Amat Ispaniya terma jamoasida yoshlar darajasida oʻynagan.

Klubdagi faoliyati

Espanyol

Kataloniya, Barselona, Kanet de Mar shahrida tugʻilgan[1] Amat atigi yetti yoshida " Espanyol "ning yoshlar jamosiga qoʻshilgan. U Segunda B divizionida B jamoasi tarkibida maydonga tusha boshlagan[2].

2010-yil 24-yanvarda, 18 yoshga toʻlishiga ikki oy qolganda, Amat klub bilan La Ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazgan va oʻz maydonida RCD Mallorcaga qarshi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinida zaxiradan maydonga tushgan[3]. U oʻzining birinchi mavsumini 26 oʻyin (barcha musobaqalarda 28) bilan yakunlagan[4].

Amat 2012/2013-yilgi mavsumda „Rayo Valyekano“ jamoasiga ijaraga berilgan[5]. U 2013-yilning 24-fevralida Madrid jamoasi safidagi ilk golini „Real Valyadolid“ga qarshi oʻyinda kiritgan[6][7].

Swansea City

2013-yil 27-iyunda Premer-liganing „Swansea City“ klubi Amatni 2,5 million funt sterlingga transfer qilganini eʼlon qilgan va futbolchi bilan toʻrt yillik shartnoma imozlgan[8]. Amat 1-avgust kuni oʻzining rasmiy debyutini UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Malmyo“ FFga qarshi oʻtkazgan[9].

Rayo Vallecanoga qaytish

2018-yilning 9-avgustida Amat nomaʼlum toʻlov evaziga „Rayo Valekano“ga qaytgan[10]. U oʻn kun oʻtib „Sevilya“ ga qarshi oʻyin oʻtkazgan[11].

2019-yilning 1-avgustida, „Rayo“ quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Amat Belgiya birinchi divizioni vakili „KAS Eupen“ klubiga ijara asosida qoʻshilgan[12][13].

Johor Darul Taʼzim

2022-yil 29-iyun kuni Amat Malayziya Superligasining Johor Darul Taʼzim FC jamoasiga qoʻshilgan[14]. U 19-avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finalida " Urawa Red Diamonds "ga qarshi oʻyinda (5:0) debyut qilgan[15].

Xalqaro faoliyati

Amat 2009-yilda 17 yoshgacha boʻlgan ispaniya terma jamoasi safida oʻzining debyutini oʻtkazgan[16]. Shuningdek, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan toifalarda ham terma jamoa safida maydonga tushgan[17].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMamlakat KubogiLiga KubogiBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Espanyol2009—2010La Liga600060
2010—2011La Liga26020280
2011—2012La Liga9040130
Jami41060470
Rayo Vallecano (Ijara)2012—2013La Liga27100271
Swansea City2013—2014Premier Liga170301090300
2014—2015Premier Liga1002000120
2015—2016Premier Liga801020110
2016—2017Premier Liga1700020200
Jami520605090730
Betis (Ijara)2017—2018La Liga25010260
Rayo Vallecano2018—2019La Liga31000310
Eupen (Ijara)2019—2020Belgiya Birinchi divizioni24210252
Eupen2020—2021Belgiya Birinchi divizioni29030320
2021—2022Belgiya Birinchi divizioni27020290
Jami56050610
Johor Darul Taʼzim2022Malayziya Super Ligasi0000101020
Karyerada jami2563190601002933

Yutuqlari

Johor Darul Taʼzim

  • Malayziya Superligasi : 2022
  • Malayziya FA kubogi : 2022[18]

Ispaniya U17

  • FIFA U-17 Jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2009[19]

Manbalar