Joanna Going

Joanna Catherine Going[1] (1963-yil 22-iyulda tugʻilgan)[2] — Kingdom, House of Cards, Mad Men teleseriallari hamda Wyatt Earp filmi orqali tanilgan amerikalik aktrisa.

Joanna Going
Tavalludi
Joanna Catherine Going

22-iyul 1963-yil (1963-07-22) (60 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1986-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Dylan Walsh
(turm. 2004; ajr. 2012)
Bolalari 1 nafar

Yoshligi

Joanna Washingtonda oiladagi olti farzandining toʻngʻichi sifatida tugʻilgan. Otasi advokat/shtat assambleyasi aʼzosi hamda onasi politsiya dispetcheri sifatida faoliyat yuritgan. Uning otasi irlandiyalik, onasi esa italyan va fransuz-kanadalik boʻlgan[1].

Faooliyati

Going 1980-yillarning oxirida seriallarda paydo boʻlishni boshlagan. Jumladan, 1987-yildan 1989-yilgacha Lisa Gradyning Another World teleserialida ishtirok etadi[3]. U 1991-yilgi Dark Shadows serialida bosh qahramon Victoria Winters rolini oʻynagan[3]. Keyinchalik, aktrisa qisqa muddatli Going to Extremes teleserialida, Columbo, Spin City, The Outer Limits va Law & Order filmlarida maxsus mehmon sifatida ishtirok etdi.

2000-yillarda u bir nechta televizion seriallarda, jumladan, CSI: Crime Scene Investigation, Criminal Minds hamda Mad Men kabi seriallarda turli muhim rollarni ijro etdi. U, shuningdek, 2011-yilda suratga olingan The Tree of Life filmida Sean Penn bilan birgalikda koʻrinish beradi. Bu uning 2003-yildagi Runaway Jury filmidan keyingi birinchi roli edi. 2014-yilda u Netflixning House of Cards siyosiy serialining ikkinchi mavsumida birinchi xonim Tricia Walker rolini oʻynadi. Keyinchalik, u DirecTV Shohligi serialida rol oʻynadi[4][5][6].

Shaxsiy hayoti

Joanna 2004-yilning 10-oktyabr sanasida aktyor Dylan Walshga turmushga chiqdi. Ularning Stella Haven ismli bir nafar qiz farzandlari bor. 2010-yil 15-dekabrda Walsh ajrashish uchun ariza berganini eʼlon qildi[7]. Ajrashish 2012-yil dekabr oyida yakunlangan[8].

Filmografiyasi

Nick Jonas, Going, Matt Lauria, Frank Grillo va Jonathan Tucker 2014-yil oktabr oyida Kingdom filmi premyerasida
YilSarlavhaRolIzohlar
1994Wyatt EarpJosephine Marcus
1995How to Make an American Quiltoʻsmir Em Reed
1995NixonYosh talaba
1996EdenHelen Kunen
1997Little CityKate
1997Inventing the Abbotts Alice Abbott
1997Keys to TulsaCherry
1997CommandmentsKaren Warner
1997Still BreathingRosalyn Willoughby
1998PhantomsJennifer Pailey, M.D.
1998HeavenJennifer Marling
1998Blue ChristmasChiroyli ayol
1999NetForceToni Fiorelli
2000Cupid & CateCynthiaTV Film
2001LolaSandra
2002The RoutineOnaQisqa metrajli film
2002Home Alone 4Natalie KalbanTV Film
2003Runaway JuryCeleste Wood
2006Save MeRita LambertQisqa metrajli film
2006My Silent PartnerPhyllis WebberTV Film
2007McBride: DoggedSarah SinclairTV Film
2009Chasing a DreamDiane StilesTV Film
2011The Tree of LifeJackning xotini
2014Ready or KnotMargo
2014The Sphere and the LabyrinthJordana
2014Love & MercyAudree Wilson
2015The Sphere and the LabyrinthJordana
2018NostalgiaMarge

Manbalar

Havolalar