Jefferson Intriago

Jefferson Alfredo Intriago Mendoza (talaffuzi: Jefferson Alfredo Intriago Mendoza) 1995-yil 18-yanvarda Ekvadorning Junin shahrida tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „Juárez“ klubi va Ekvador terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jefferson Intriago Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifiJefferson Alfredo Intriago Mendoza
Tugʻilgan

4-iyun 1996-yil(1996-06-04)[1][2][3]

(26 yosh)

Ekvador

FuqaroligiFlag Ekvadora Ekvador
Boʻyi175 cm
Vazni70 kg
Pozitsiyasiyarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
KlubFlag Meksiki Juárez
Raqami15

Jamoalardagi faoliyati

Jefferson Alfredo Intriago Mendoza „LDU Kito“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 25-yanvarda „Manta“ga qarshi oʻyinda u Ekvador Primer ligasida debyut qildi[4]. 2015-yil 30-avgust kuni „Mushuc Runa“ga qarshi bahsda Jefferson „LDU Kito“ safida birinchi golini urdi[5]. Oʻsha yili u klubga kumush medallarni qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2018-yilda Ernan Barkosning mavsum oʻrtasida ketishidan soʻng, Jefferson Alfredo Intriago Mendoza jamoa sardori boʻldi. Chempionat yakunlariga ko‘ra, jamoasi sakkiz yil ichida ilk bor Ekvador chempioni bo‘ldi, Intriagoning oʻzi esa o‘z faoliyatida ilk bor bu unvonni qo‘lga kiritdi[6].

2021-yil 29-noyabrda u Meksikaning birinchi divizionidagi „Mazatlan“ futbol klubida toʻp surishi ommaga ochiqlangan. Bundan ilgari Jefferson Alfredo Intriago Mendoza „Juarez“ futbol klubida oʻynagan.

Xalqaro karyerasi

2013-yil Jefferson Alfredo Intriago Mendoza Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Argentina, Venesuela, Kolumbiya va Paragvay jamoalariga qarshi bahslarda oʻynadi[7][8][9][10].

2015-yil Jefferson Alfredo Intriago Mendoza Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Argentina, Peru, Boliviya va Paragvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13][14].

2017-yilning 6-oktyabr kuni Intriago Ekvador terma jamoasi safida JCh—2018 saralashida Chiliga qarshi o‘yinda debyut qildi[15].

Statistika

JamoaMamlakatYillarOʻyinlarGollar
Liga Deportiva Universitaria Ekvador2014-20191816
F. C. Juárez Meksika2019-2021653
Mazatlán F. C.2022-hozirgacha340
Umumiy karyerasida2809

Manbalar