Jamila Afghani

Jamila Afghani (forscha: جمیله افغانی; Kobulda, 1976-yilda tugʻilgan)[1] feminist va Afgʻonistonda ayollar huquqlari va taʼlimi boʻyicha jamoat faoli. U Noor Educational and Capacity Development Organization (NECDO) asoschisi va ijrochi direktori. U, shuningdek, Afgʻoniston ayollar tarmogʻining (AWN) ijrochi aʼzosi.

Hayoti

Bolaligida Afghanida poliomiyelit bor edi va kasallik asoratlari tufayli braketdan foydalanish kerak edi.[2] U oʻn toʻrt yosh paytida, Sovet urushi davrida boshiga oʻq tegib oʻtgan.[3]

Afgʻoniston fuqarolik urushi paytida,1990-yillarda Kobuldan qochib, Peshovarga joylashdi.[4] Afghani Peshovar universitetida bakalavr va magistr darajalarini olgan.[5] Afghanining birinchi ishi Pokistondagi afgʻon qochqinlar lagerlarida ijtimoiy ishchi boʻlib ishlash boʻlgan.[6] Shuningdek, u lagerdagi ayollarning Qur’on darslarini oʻrganish orqali savodxon boʻlishiga yordam bergan.[6]

Afghanining aytishicha, ayollarning taʼlim olishlaridagi eng katta toʻsiqlardan biri bu ayol oʻqituvchilarning yetishmasligidir.[7] 2001-yilda Afghani ayollar va bolalarga taʼlim olishda yordam berish uchun NECDOga asos solgan.[8] NECDO shuningdek, imo- ishora tilini oʻrgatadi va nizolarni va gender masalalarini hal qilish boʻyicha darslar oʻtiladi.[3] NECDO ayollar va qizlar bilan muloqot qilishning innovatsion usullarini yaratish bilan ayollar orasida tanilgan. Misol uchun, NECDO qizlar uchun kutubxona yaratdi, lekin ular qizlarni kutubxonaga olib kelish uchun oʻgʻil bolalarni yollashdi va har besh qiz olib kelgani uchun oʻgʻil bolalarga sovgʻalar berishdi.[9] Uning tashkiloti boʻlimlari 22 viloyatda 50 000 ga yaqin ayollarga xizmat qiladi.[10]

Afghanining ishi "Islom ayollarga nisbatan zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlaydi" degan notoʻgʻri tushunchani bevosita tanqid qiladi.[11] U imomlar uchun Afgʻonistonda birinchi " gender-nozik taʼlim yaratilgan."[12] U loyihani oʻzi va boshqalar tayyorlagan maʼlumotlarga qiziqqan imomlarni topish bilan boshladi. Imomlar ayollarning huquqlarini Islomiy nuqtai nazardan qamrab oladigan yangi maʼruzalarni darhol vaʼz qila boshladilar.[12] 2015-yilda u dasturidan 6000 ga yaqin imom foydalanishiga erishdi.[10] Kobulda uning dasturi shaharning yigirma nufuzli masjidida bir qator xutbalarni (juma xutbalarini) keltirib chiqardi.[13] Afghani oʻz ishi orqali "islomga eʼtibor berilmasa, ayollarning qadri tushadi"degan tushunchani olgʻa surdi, chunki afgʻon madaniyati juda diniy edi.[14] Uning gender taʼlimi Islom ayollarning huquqlarini himoya qilishini bilgan va ayollar himoyachisiga aylangan erkaklarga kuchli taʼsir koʻrsatdi.[15] Afghanining aytishicha, " dastur inqilobning oʻziga xos turi, chunki ilgari ayollarga zulm qilgani bilan tanilgan diniy rahbarlar endi Qur'on soʻzlarini ular uchun adolatni targʻib qilish uchun ishlatishadi."[16]

U Afgʻonistondagi ota asosiy rolni oʻynovchi qabilaviy boshqaruv tizimiga qarshi kurashda ham ishlaydi.[17] Uning fikricha, Afgʻonistondagi muammolardan biri fuqarolarning “islom, madaniyat va siyosat” oʻrtasidagi tafovutni ajrata olmasligidir.[18] Uning taʼkidlashicha, unga Islom dinini tinch yoʻl bilan talqin qilish va taʼlim berishga qarshi boʻlgan baʼzi afgʻonlar tomonidan tahdid qilingan.[19]

Afghani 2008-yilda Tanenbaum tinchlikparvar mukofoti bilan taqdirlangan[20] 2017-yilda u insoniyatni uygʻotish uchun Aurora mukofotiga nomzod boʻlgan finalchilar qatorida edi.[21]

Manbalar