Jahongir Gʻaniyev
Jahongir Dunanovich Gʻaniyev — oʻzbek diplomati, biolog. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi[1], 2007—2015-yillarda esa Italiya davlatidagi elchisi[2].
Jahongir Dunanovich Gʻaniyev | |
---|---|
![]() ![]() | |
Mansab davri 2018-yildan – 19-noyabr 2023-yilgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Dilshod Ahatov |
Vorisi | Farrux Tursunov |
![]() ![]() | |
Mansab davri 2007-yildan – 2015-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | Otabek Akbarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 20-oktyabr 1955-yil Buxoro |
Biografiyasi
Buxoroda tugʻilgan. 1978-yilda Moskva davlat universiteti biologiya fakultetini, 1988-yilda BMT ekspertlarining maxsus kurslarini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasining AQSH, Angliya va Avstriyadagi elchixonalarida, Oliy Majlis kotibiyatida ishlagan. 2007-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili. 2018-yil 9-sentyabrdan 2023-yil 19-noyabrgacha Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi boʻlgan[3][4][1].
Shaxsiy hayoti
Uch nafar farzandi bor. Gabriel García Márquezning Yolgʻizlikning yuz yili romanini sevib oʻqishini aytgan[5].