Italiya milliy futbol terma jamoasi (Ital: Nazionale italiana di calcio) xalqaro maydonlarda Italiya sharafini himoya qiladi, Italiya Futbol Federatsiyasi (FIGC) tomonidan boshqariladi. Italiya dunyoning eng yaxshi jamoalaridan bittasi hisoblanadi. Jahon chempionatlari boʻyicha Italiya dunyodagi eng omadli 2-terma jamoasi (Braziliya 5 marta chempion boʻlgan) hisoblanadi, 4 marta chempion boʻlgan (1934, 1938, 1982, 2006-yillari),ikki marta kumush medal sovrindori boʻlgan (1970, 1994-yillari), 1990-yili 3-oʻrin sohibi boʻlgan boʻlsa, 1978-yili 4-oʻrinni egallagan. Shuningdek, ular 1968-yili Yevropa chempioni boʻlishgan, ikki marta finalgacha yetib kelishgan (2000, 2012-yillari),