Igor Lukanin

Igor Aleksandrovich Lukanin (1976-yil 3-fevral, Sverdlovsk) — amerikalik Kristin Fraser bilan Ozarbayjon jamoasida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Bundan tashqari, Igor turli yillarda SSSR, Rossiya va Germaniya terma jamoasi safida musobaqalarda ishtirok etgan. U havaskor sport faoliyatini 2009-yilda yakunlagan.

Igor Lukanin
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Igor Lukanin
Davlat Ozarbayjon Ozarbayjon
Oldin vakil boʻlgan Rossiya bayrogʻi Rossiya Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Boʻyi 176
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 173.95
Qisqa dastur 33.02
Erkin dastur 87.26

Igor Lukanin 2006-yil Turinda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Ozarbayjon terma jamoasi bayroqdori boʻlgan[1].

Faoliyati

Kristin Frazer va Igor Lukanin 2005-yilgi Yevropa chempionatida .
Kristin Fraser va Igor Lukanin 2008-yilda „Trophee Eric Bompard“ turnirida

Igor Germaniya terma jamoasi safida Kseniya Smetanenko bilan 1996 va 1997-yillarda musobaqalarda qatnashgan, ular Germaniya chempionatlarida beshinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni egallab, jahon chempionatiga chiqa olishmagan.

1998—1999-yillar mavsumidan Igor Ozarbayjon sharafini himoya qila boshladi. Uning birinchi sherigi amerikalik Jennie Darlen edi. Igor u bilan birga ikki mavsum davomida konkida uchdi. Ular 2000-yilgi jahon chempionatida 30-oʻrinni egalladi va juftlik boʻlishni yakunladilar.

2000—2001-yilgi mavsumda Igor amerikalik Kristin Fraser bilan juftlashdi. Yangi juftlik Ozarbayjonni himoya qilishda davom etdi. Kristin Ozarbayjon fuqaroligini oldi va juftlik 2002 va 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashishdi.

Bu juftlik Yevropa chempionatidagi eng yaxshi yutuqlariga 2007-yilgi jahon chempionatida 7-oʻrindan, 2008-yilgi chempionatda esa 11-oʻrindan joy olganda erishgan.

2008-yil may oyida sportchilar 2010-yil Vankuverda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlaridan soʻng sportdagi faoliyatini tugatishni rejalashtirganliklarini eʼlon qilishgan[2]. Biroq, juftlik 2009-yilgi Jahon chempionatida qatnashdi ammo, 18-oʻrinni egallab, Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi va havaskor faoliyatini tugatishga qaror qildi[3].

(Fraser bilan)

Natijalari

Ozarbayjon vakili sifatida

2004-yildan keyin

(Fraser bilan)

Musobaqa2001/20022002/2003 ㅤ2003/2004 ㅤ2004/2005 ㅤ2005/2006 ㅤ2006/2007 ㅤ2007/2008 ㅤ2008/2009 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari1719
Jahon chempionatlari1513161314161118
Yevropa chempionati1410997109
Ozarbayjon chempionati111
Gran-pri bosqichlari: Trophee Eric Bompard66
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy5
Gran-pri bosqichlari: Skate America5
Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia7
Gran-pri bosqichlari: Cup of China54
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada4
Carl Schefer xotirasi2
Zagrebning Oltin Konkisi1

2004-yilgacha

Musobaqa2000/20012001/20022002/2003 yillar2003/2004 ㅤ
Qishki Olimpiya oʻyinlari17
Jahon chempionatlari19151316
Yevropa chempionati161410
Ozarbayjon chempionati111
Gran-pri bosqichlari: Skate America6
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada77
Gran-pri bosqichlari: Trophee Eric Bompard7
Zagrebning OltinZagrebning Oltin Konkisi25
Nebelhorn Trophy544

(Darlen bilan)

Musobaqa1998/1999 ㅤ1999/2000 ㅤ
Jahon chempionatlari30
Yevropa chempionati22
Nebelhorn Trophy6
Carl ScheferCarl Schefer xotirasiWD
Skate Israel4
  • WD = musobaqadan chiqib ketgan

Germaniya vakili sifatida

Musobaqa1995/1996 yillar1996/1997 ㅤ
Germaniya chempionatlari54

Manbalar