Ibrahima Konaté

Ibrahima Konaté (1999-yil 25-mayda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Premer-liganing „ Liverpul“ klubi va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Juda erta katta futbolga qoʻshilgan boʻlsa ham iqtedorli futbolchi hisoblanadi.

Ibrahima Konaté
Konaté playing for Liverpool in 2021
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiIbrahima Konaté[1]
Tavallud sanasi25-may 1999-yil (1999-05-25) (25 yosh)[2]
Tavallud joyiParis, Fransiya
Boʻyi1.94 m[3]
AmpluasiCentre-back[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Liverpool
Raqami5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-2014Paris FC
2014-2017Sochaux
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2016-2017-yillarSochaux B9(1)
2017-yilSochaux12(1)
2017-2021-yillarRB Leipzig66(2)
2021-yilLiverpool11(0)
Milliy terma jamoa
2014-2015-yillarFransiya U1612(2)
2015-2016-yillarFransiya U177(0)
2017-yilFransiya U191(0)
2018-yilFransiya U201(0)
2019-2021-yillarFransiya U2113(0)
2022-yilFransiya2(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Sosho jamoasi bilan futbolni boshlangan Konate 2017-yilda RB Leyptsigga oʻtdi. Klub bilan toʻrt yillik ishlagandan soʻng, „Liverpul“ uni 2021-yilda 36 million funt sterling evaziga sotib oldi.

Shaxsiy hayoti

Konate Parijda tugʻilgan.[5] U Parijning 11-okrugidagi kengash mulkida oʻsgan va Malidan kelgan muhojirlar oilasida tugʻilgan[6][7]. U musulmon dinidadir[8]. Futboldan tashqari, Konate anime va manga muxlisi boʻlib, Titanga hujumni oʻzining sevimli seriali deb hisoblaydi[9].

Jamoalardagi faoliyati

Erta mashxurlik

Konate Parijning 11- okrugida oʻsgan va oʻsmirlik davrida Parij FK yoshlar jamoalarida oʻynagan[10]. 14 yoshida u Soshoga joʻnab ketdi va 15 yoshida ularning internat akademiyasiga kirdi[11]. U himoyaga oʻtishdan oldin oʻz faoliyatini hujumchi sifatida boshlagan. Ammo uning gavdasi va bosh bilan oʻynash texnikasi himoyachilardek edi.

Socho klubi

Konate 2017-yilning 7-fevralida 16 yoshida " Oser "ga qarshi Liga 2da " Sosho „ safida professional debyut qilgan[12].

RB Leyptsig klubi

Muvaffaqiyatli debyut mavsumidan soʻng, yarim mavsumda 12 oʻyin va 1 gol urgan Konate 2017-yilning 12-iyunida Bundesligada RB Leyptsigga bepul transfer orqali besh yillik shartnoma asosida qoʻshildi[11][13][14][15].

Liverpul klubi

2021-yilning 28-mayida “Liverpul" „ RB Leyptsig“ bilan Konateni 1-iyulda sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi[16]. Klub aprel oyida futbolchi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan [17] va 2021-yilning may oyida uning tovon puli taxminan 36 million funt sterlingni tashkil qilgan[18]. 18-sentyabr kuni Konate Premer-ligada Virjil van Deyk bilan birga debyut qildi va " Kristal Pelas "ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.[19] U mavsumning ikkinchi boshlanishini Virjil van Deyk bilan birga mavsumning birinchi shimoliy-gʻarbiy derbisida boshladi, unda „Liverpul“ „Manchester Yunayted“ni 5:0 hisobida magʻlub etdi. Bu 1895-yildan beri „Liverpul“ning „Yunayted“ga etkazilgan eng ogʻir magʻlubiyati va „Yunayted“ 1955-yildan beri gol ura olmagan eng ogʻir magʻlubiyatdir[20]. Konate Krishtianu Ronaldu va Bruno Fernandes kabi yulduz futbolchilar bilan qanday muomala qilgani „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻyinda namoyon boʻldi[21].

2022-yilning 5-aprelida Konate „Liverpul“ safidagi ilk golini UEFA Chempionlar Ligasi chorak final o‘yinida „Benfika“ jamoasiga qarshi safarda 3:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda urdi[22].

Xalqaro oʻyinlar

Konate jarohati tufayli Rafael Varan oʻrniga UEFA Millatlar Ligasi uchun 2022-yilning 4-iyunida kattalar jamoasiga birinchi chaqiruv oldi[23][24]. U avval Fransiya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan[25][26].

Oʻyin uslubi

Konate 2019 yilda „RB Leyptsig“da oʻynaydi

Konate oʻzining pozitsion oʻyini, kurashi, tezligi va kuchi tufayli Virjil van Deyk bilan solishtirildi[11][27]. Gvido Schafer shunday dedi: „U baland boʻyli, tezkor, texnikasi yaxshi va u Virjil van Deykga oʻxshaydi. U ajoyib sportchi, u yaxshi tezlikka ega va ahmoqona kurashlar yoʻq — u aqlli oʻyinchi“[27][27].

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiYevropaJami
BoʻlimOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Socho II2016-17CFA 29191
Socho2016-17Liga 21210010131
RB Leyptsig2017-18Bundesliga1600040200
2018-19Bundesliga2816092433
2019-20Bundesliga801020110
2020-21Bundesliga1411060211
Jami66280212954
Liverpul2021-22Premer-liga110614082293
Karyera jami974141502941459

Xalqaro

Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Fransiya202220
Jami20

Mukofatlar

RB Leyptsig

  • DFB-Pokal 2-oʻrinchisi: 2018-19[28], 2020-21[29],

Liverpul

Manbalar

Havolalar

  • Liverpul FC veb-saytidagi profil