Hiroshi Ibusuki

Hiroshi Ibusuki (1991-yil, 27-fevralda tugʻilgan) — yaponiyalik proffesional futbolchi, Adelaide United klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[1].

Hiroshi Ibusuki
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiHiroshi Ibusuki
Tavallud sanasi27-fevral 1991-yil (1991-02-27) (33 yosh)
Tavallud joyiNagareyama, Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Boʻyi1.95 m (6 ft 5 in)
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Avstraliya Adelaide United
Raqami9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2008Kashiwa Reysol
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2009—2011Girona6(0)
2009—2010→ Zaragoza B (ijara)27(12)
2010—2011→ Sabadell (ijara)34(10)
2011—2013Sevilla B32(20)
2012—2013Sevilla1(0)
2012—2013→ Eupen (ijara)26(10)
2013—2014Valencia B33(7)
2014—2017Albirex Niigata67(12)
2017—2018JEF United Chiba62(12)
2019—2020Shonan Bellmare34(3)
Milliy terma jamoa
2010Japan U195(4)
2011Japan U222(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-oktabr 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati

Chibaning Nagareyama shahrida tugʻilgan Ibusuki yoshlik yillarini Kashiwa Reysol akademiyasida oʻtkazgan. 2009-yil, 2-yanvarda hali 18 yoshga toʻlmagan Ibusuki Ispaniyaning Girona klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. U Segunda divizionidagi debyutini 19-aprelda oʻtkazdi va Estadio Jose Rico Perezda Hércules CF klubiga safarda 0:3 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻlgan oʻyinda oʻn daqiqa oʻynadi[3].

Ibusuki keyingi ikki mavsumni Real Saragosa B (Tercera División) va CE Sabadell FC (Segunda División B) klublarida ijara asosida oʻtkazdi[4]. UE Lleida klubiga qarshi oʻyinda (0:0) klub safidagi debyutini oʻtkazdi[5]. Afsus, u kataloniyaliklarning yuqori ligaga koʻtarilishlariga katta hissa qoʻshgan boʻlardi, u yangi klubi safida 26 oʻyinda maydonga tushib, oʻnta gol urdi[6].

2011-yil yozida Ibusuki La Liganing Sevilla klubiga[7] qoʻshildi, ammo birinchi mavsumining katta qismini zaxirada oʻtkazdi[8]. 2012-yilning 21-yanvarida u Real Betisga qarshi safar derbisining 83-daqiqasida Alvaro Negredo oʻrniga zaxiradan maydonga tushib, asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi[9].

Keyinchalik, Ibusuki K.A.S. Eupen[10] va Valencia CF Mestallani himoya qildi[11]. 2014-yilda u oʻz vataniga qaytib, avval Albirex Niigata klubi, keyin JEF United Chiba klubida futbolchilik faoliyatini davom ettirdi[12].

2022-yil yanvar oyida Ibuski A-League Men klubi Adelaida United bilan shartnoma imzoladi[13]. U klubdagi debyutidagi ilk golini 2022-yil, 15-yanvarda klub bilan shartnoma imzolaganidan bir kun oʻtib urgan[14].

Xalqaro faoliyati

2010-yil, 17-sentyabrda Sabadell Ibusuki Yaponiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynash uchun chaqirilganini eʼlon qilingan edi[15].

Faoliyat statistikasi

2022-yil, 18-sentabr holatiga ko'ra[16][17][18]
KlubMavsumLigaKubokBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Girona2008-09Segunda División60--60
Jami60--60
Zaragoza B2009-10Tercera División2712--2712
Jami2712--2712
Sabadell2010-11Segunda División B331011203611
Jami331011203611
Sevilla B2011-12Segunda División B32203220
Jami32203220
Sevilla2011-12La Liga1010
Jami1010
Eupen2012-13Belgian First Division B261000-2610
Jami261000-2610
Valencia B2013-14Segunda División B3570000357
Jami3570000357
Albirex Niigata2014J1 League1530000153
2015J1 League31894004012
2016J1 League2111100222
Jami6712105007717
JEF United2017J2 League2932010323
2018J2 League33922-3511
Jami621242106714
Shonan Bellmare2019J1 League1412100162
2020J1 League20210-212
Jami3433100374
Shimizu S-Pulse2021J1 League1405131222
Jami1405131222
Adelaide United2021-22A-League Men21600-216
2022-23A-League Men00320032
Jami21632248
Jami35892261261390105

Manbalar