Hazal Kaya

Leyla Hazal Kaya (1990-yil 1-oktabr)[1] – Aşki Memnu, Adini Feriha Koydum, Bizim Hikaye va Midnight at the Pera Palacefilmlari bilan tanilgan turk aktrisasi.

Hazal Kaya
Tavalludi
Leyla Hazal Kaya

1-oktyabr 1990-yil (1990-10-01) (33 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Istanbul Bilgi Universiteti
Faoliyat yillari 2006-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Ali Atay (turm. 2019)
Veb-sayti hazalkaya.com.tr

Kaya Turkiyaning eng koʻp maosh oluvchi aktrisalaridan biri hisoblanadi. U koʻplab maqtovlar va mukofotlarga sazovor boʻlgan, shuningdek, „Lebanon Awards 2015“ mukofotiga sazovor boʻlgan yagona turkiyalik aktrisa sanaladi. Kaya ilk aktyorlik debyutini Acemi Cadi filmida ijro etgan. U Halit Ziya Uşaklıgil tomonidan yozilgan Aşk-ı Memnu romani asosida zamonaviy talqinda suratga olingan filmda Nihal Ziyagil obrazi bilan mashhurlikka erishgan.

Aktrisa Adini Feriha Koydum (2011–2012-yil) filmida Feriha Sarrafoglu roli bilan yaxshi tanilgan hamda Eng yaxshi aktrisa uchun Ikkinchi Crystal Mouse Media mukofotini qoʻlga kiritgan. Serial Turkiyadagi eng yuqori televizion reytinglardan birini egallagan. U yana Bizim Hikaye (2017–2019) (Britaniyaning Shameless telekoʻrsatuvidan ilhomlanib yaratilgan) filmidagi Filiz Elibol roli bilan mashhur boʻlib, u ushbu rol uchun Eng yaxshi ayol roli uchun Lotin-Turk mukofotiga sazovor boʻlgan.

Kaya Midnight at the Pera Palace vaqt bilan sayohat tarixiy dramasida Esra/ Peride rolini ijro etib, oʻzi uchun yangi veb-seriyalar olamini kashf etadi. Serialning Netflixda premyerasi boʻlib oʻtadi. Aktrisa 2019-yilda aktyor Ali Atay bilan turmush qurgan, ularning hozirda ikkita farzandi bor.

Yoshlik yillari

Kaya Turkiyaning Konya shahrida tugʻilgan[2]. U boshlangʻich taʼlimni Gaziosmanpaşadagi maktablardan birida egallagan hamda 2009-yilda Liceo Italiano di Istanbul litseysini tamomlagan[1]. Kaya oliy maʼlumot olish maqsadida Istanbul Bilgi Universitetiga oʻqishga kirdi[3]. Uning ota-onasi advokat boʻlishgan, aktrisa 7 yoshligida ular ajrashishgan[3] . Kaya sanʼat va aktyorlik dunyosi bilan erta yoshligidan yaxshi tanish boʻlgan, u bolaligida 7 yil davomida balet va skripkadan saboq olgan[3]. Kaya oʻz ona tili – turk tilidan tashqari italyan va ingliz tillarida bemalol soʻzlasha oladi[3]. U toʻrtinchi til sifatida nemis tilini ham oʻrganayotgani aytilgan[3].

Faoliyati

Kaya aktrisalik faoliyatini 2006-yilda suratga olingan Genco serialida boshlagan[4]. U bunda Özge (Gülay Erkaya) obrazini ijro etgan. U turkcha versiyadagi „Acemi Cadi“ fantastik serialida, „Sabrina Teenage Witch“, mashhur „Sıla“, „Taşların Sırrı“ televizion seriallarida bosh rollarni ijro etgan[5]. Aktrisa 2008-yilda Halit Ziya Uşaklıgil tomonidan yozilgan Aşk-ı Memnu romani asosida zamonaviy talqinda suratga olingan filmda Nihal Ziyagil obrazini gavdalantiradi[5] hamda Kıvanç Tatlıtuğ va Beren Saat bilan bosh rolda oʻynaydi. U 2011-yilda Selçuk Aydemirning Çalgı Çengi filmida kinodagi debyutini qilgan.

Shu bilan bir vaqtda aktrisa Ayla Algandan dramadan dars oladi. Keyinchalik esa Ümit Çırakning zamonaviy aktyorlik uslublari loyihasiga qoʻshildi va Ümit Çırakning oʻzidan dars oldi[6].

Shaxsiy hayoti

Hazal 2019-yil 6-fevralda aktyor Ali Atay bilan turmush qurgan[7] va bir yildan soʻng oʻgʻil farzandli boʻlishgan[8][9]. 2023-yilning fevralida esa ularning qizi dunyoga kelgan[10][11]. 2023-yil aprel oyida prokuratura Hazal Kayaga nisbatan Ipek Erni zoʻrlagani uchun oʻn yillik qamoq jazosiga hukm qilingan turk serjantini haqorat qilgani haqidagi tvit uchun 2 yil-u 4 oylik qamoq jazosini talab qilgan[12].

Filmografiyasi

Filmlar

YilSarlavhaRol
2011Çalgı ÇengiOmborxonadagi yosh qiz
2011Behzat Ç. Seni Kalbime GömdümBerna Ç.
2011Ay Büyürken UyuyamamHülya
2012Bu Son OlsunLale
2013Mavi DalgaArzu
2014İtirazım VarZeynep Bulut
2015Kırık Kalpler BankasıAslım
2022Benden Ne Olur?Sertab Bal

Televideniye

YilSarlavhaRol
2006–2007Acemi CadıPelin
2006Taşların SırrıBengü
2006–2008SılaBerrin
2007–2008GencoÖzge (Gülay Erkaya)
2008–2010Aşk-ı MemnuNihal Ziyagil
2010Behzat Ç. Bir Ankara PolisiyesiBerna Ç.
2011–2012Adını Feriha KoydumFeriha Yılmaz Sarrafoğlu
2012Son Yaz-Balkanlar 1912Emine
2013A.Ş.K.Azra Özak
2015Maral: En Güzel HikayemMaral Erdem
2017–2019Bizim HikayeFiliz Elibol Aktan
2020Menajerimi AraHerself
2021MisafirGece / Güneş

Veb-seriallar

YilSarlavhaRol
2022–Midnight at the Pera PalaceEsra / Peride

Manbalar

Havolalar