Happy Nation

„Happy Nation“ (oʻzbekcha — „Baxtli xalq“) — Shvetsiyaning Ace of Base guruhining Happy Nation nomli debyut albomidagi qoʻshiq. Birinchi marta bu qoʻshiq 1992-yilda Skandinaviyada, keyin esa Buyuk Britaniyada ikki marta chiqarilgan. Birinchi qoʻshiq premyerasi 1993-yil oktabr oyida boʻlib oʻtdi, oʻshanda qoʻshiq reytingda 42-oʻrinni egallagan va oʻn ikki oydan soʻng 40-oʻringa koʻtarilgan. Qoʻshiq 1993 va 1994-yillarda Daniya, Finlyandiya, Fransiya va Isroilda singl boʻlimlarida 1-oʻrinni egalladi. Uning klipiga Mett Brodli rejissyorlik qilgan. 2008-yilda qoʻshiq Ace of Base tomonidan remiks toʻplami uchun qayta yaratilgan.

„Happy Nation“
Ace of Base qoʻshigʻi
Happy Nation/The Sign“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 7-dekabr 1992-yil
Studiya Tuff Studios
Janr
  • Europop
  • reggae fusion[1]
Davomiyligi 4:16
Leybl Mega
Matn muallif(lar)i
  • Jonas Berggren
  • Ulf Ekberg
Prodyuser(lar)
  • Jonas Berggren
  • Ulf Ekberg
Treklist
Klipi
"Happy Nation" YouTubeda
"Happy Nation (Moody Gold Remix)" YouTubeda

„Happy Nation“ — bu reggae fusion va yevro xausning kuchli taʼsiriga ega oʻrta templi raqs-pop qoʻshiq. Bu qoʻshiq guruh aʼzolari Jonas Berggren va Ulf Ekberg tomonidan yozilgan boʻlib, ingliz va lotin tilidagi soʻzlarni oʻz ichiga oladi. Birinchi misra lotin tilida Joker tomonidan kuylangan, qolgan qismini esa bosh qoʻshiqchi Linn Berggren kuylagan. Guruh Ekbergning neo-natsist skinxedlar bilan tarixdagi aloqalari haqidagi xabarlarga javob sifatida yozilgan qoʻshiqni „antifashistik qoʻshiq va hayotga madhiya“ deb taʼriflagan.

Reyting

„Happy Nation“ qoʻshigʻi Yevropa va boshqa mamlakatlarda reytinglarda juda yaxshi muvaffaqiyat qozongan. Qoʻshiq Daniya (1 hafta ichida), Finlyandiya, Fransiya (4 hafta ichida) va Isroil davlatlarida (3 hafta ichida) birinchi oʻringa chiqqan[2][3] . Shuningdek, qoʻshiq Litvada (3), Gollandiyada (5) va guruhning vatani Shvetsiyada ham top-5 lik choʻqqisiga chiqqan[4][5]. Bundan tashqari, Avstriya (6), Belgiya (8), Germaniya (7) va Norvegiyada (6) top-10 xit reytingni qayd etgan. Islandiyada „Happy Nation“ qoʻshigʻi eng yuqori 20 talik reytingga kirgan[6][7]. Italiya va Shveytsariyada esa eng yaxshi 30 ta xitdan biri boʻlgan. 1994-yil 9-oktabrda Buyuk Britaniyaning Singles Chartdagi ikkinchi bosqichida 40-oʻringa koʻtarilgan[8]. Yevropaning 17 mamlakatidagi milliy singl sotuvlari reytinglariga asoslangan Eurochart Hot 100 reytingida „Happy Nation“ qoʻshigʻi 19-oʻrinni egallagan. Qoʻshiq Yangi Zelandiyada 22-oʻrin va Avstraliyada 80-oʻrinlarni egallagan[9].

„Happy Nation“ qoʻshigʻi 125 000 dona sotilgan. Germaniyada esa 250 000 ta sotilgan qoʻshiq oltin rekord va Fransiyada kumush rekord bilan taqdirlangan.

Tanqid

Tanqidchilar qoʻshiqni maqtashgan. AllMusic muharriri Xose Promise oʻz sharhida qoʻshiqni „yulduz“ deb atagan[10]. People jurnalining yozishicha, qoʻshiq Ace of Base ABBA guruhidan koʻra yaxshiroq guruh ekanligini isbotlagan[11]. USA Todayning hodimi Edna Gundersen uni quvnoq qoʻshiq deb taʼriflagan[12]. „Vindicator“ gazetasining yozishicha, qoʻshiqning ohang va ritm aralashmasi shunchaki a'lo darajada kuylangan[13].

Qoʻshiq klipi

Klip 1993-yil yanvar oyida Gothenburgda suratga olingan. „All That She Wants“ qoʻshigʻi klipiga Mett Brodli rejissyorlik qilgan[14]. Qoʻshiq klipi yonib turgan sham bilan boshlanadi, uning alangasi yon tomonga puflanadi. Klipda tinchlik timsollari, runik yozuvlar, Misr iyerogliflari, slavyan naqshlari, mahalliy avstraliyaliklar sanʼati, Budda, burjlar, yin-yan ramzi, Isoning xochga mixlanishi, Al-Fotiha va Charlz Darvinning „Turlarning kelib chiqishi“ asarlari tasvirlangan. U 2010-yil oktabr oyida YouTubega yuklangan va 2020-yil avgust oyida 52,6 milliondan ortiq koʻrilgan (jonli efir versiyasida 82 milliondan ortiq)[15]. 2024-yil mart oyi holatiga koʻra, klip 121 milliondan ortiq koʻrishlar soniga ega boʻlgan.

Trek roʻyxati

  • 7 single
  1. „Happy Nation“ (Radio Edit) — 3:32
  2. „Happy Nation“ (Album Version) — 4:11
  • CD single — UK
  1. „Happy Nation“ (Radio Edit) — 3:32
  2. „Happy Nation“ (12 inch Version) — 6:39
  3. „Happy Nation“ (Album Version) — 4:11
  • CD maxi
  1. „Happy Nation“ (Gold Zone Club Mix)
  2. „Happy Nation“ (Gold Zone 7" Edit)
  3. „Happy Nation“ (Gold Dub Edit)
  4. „Happy Nation“ (Moody Gold Mix)

 

Mukofotlar

Yil yakuni reytingi

Reyting (1993)Pozitsiya
Belgiya (Ultratop Flanders)[31]72
Yevropa (Eurochart Hot 100)[32]67
Germaniya (Official German Charts)[33]42
Niderlandiya (Dutch Top 40)[34]63
Niderlandiya (Single Top 100)[35]79
Reyting (1994)Pozitsiya
Fransiya (SNEP)[36]16

Sertifikatlar

HududSertifikatlashSertifikatlangan birliklar/savdo
Fransiya[37]Silver0 
Germaniya[38]Gold0 

* Sotuv koʻrsatgichlari faqatgina sertifikatning oʻziga suyanadi.
^ Koʻrsatgichlar faqatgina sertifikatning oʻziga suyanadi.

Ijodkorlar

  • Linn Berggren tomonidan vokallashtirilgan.
  • Jonas Berggren tomonidan Lotin xori kuylangan.
  • John Ballard backing-vokallarini ishlab chiqqan.
  • Jonas Berggren va Ulf Ekberg tomonidan qoʻshiq yozilgan.
  • Jonas Berggren va Ulf Ekberglar produsserlik qilgan.
  • Tuff Studiosda qoʻshiq yozib olingan.

Chiqarish tarixi

MintaqaSanaAlbom
Daniya7-dekabr 1992-yilMega
Buyuk Britaniya1-noyabr 1993-yilLondon Records 90
Buyuk Britaniya (qayta nashr)3-oktyabr 1994-yilLondon Records 90

Manbalar

Havolalar