Gukesh D

hindistonlik shaxmatchi

Dommaraju Gukesh (tamilcha: குகேஷ்; 2006-yil 29-may, Chennay, Hindistonda tugʻilgan), Gukesh D nomi bilan tanilgan hindistonlik shaxmatchi. U FIDE tomonidan 2019-yil mart oyida grossmeyster unvoniga loyiq koʻrilgan tarixdagi eng yosh uchinchi shaxmatchidir[1].

Gukesh D

Gukesh D, 2019-yil Karlsruheda
Tugʻilgan sanasi:29-may 2006-yil (2006-05-29) (18 yosh)
Tugʻilgan joyi:Chennay, Tamilnad, Hindiston
Unvoni:Grossmeyster (2019-yil)
Maksimal reytingi:2699 (Avgust, 2022-yil)
Hozirgi reytingi :2699 (Avgust, 2022-yil)

Biografiyasi

Gukesh 2006-yilning 29-may sanasida Tamilnad shtatining Chennay shahrida tavallud topgan. Uning otasi Rajnikanth quloq, burun va tomoq jarrohi; onasi Padma esa mikrobiolog sifatida faoliyat koʻrsatadi[2]. Yosh grossmeyster yetti yoshidanoq shaxmatni o‘rganishni boshlagan[3]. U Velammal Vidyalaya, Mel Ayanambakkam, Chennay shahrida tahsil oladi[4].

Faoliyati

Gukesh 2015-yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar[5] va 2018-yilda boʻlib oʻtgan shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 12 yoshgacha bo‘lganlar toifasida g‘oliblikni qoʻlga kiritgan[6].

Shuningdek, 2018-yilgi shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 12 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida yakkalik rapid va blitz, U-12 jamoaviy rapid va blitz hamda U-12 yakkalik toifasidagi klassik formatda beshta oltin medalni qo‘lga kiritgan[7]. Sportchi 2018-yil mart oyida 34-chi Cappelle-la-Grande Open musobaqasida xalqaro usta unvoni uchun loyiq koʻriladi[8].

Gukesh eng yosh grossmeyster sifatida Sergey Karjakinni deyarli ortda qoldiradi[9], biroq rekordini qaytalash uchun 17 kunga kechikadi. U 2019-yil 15-yanvarda 12 yosh, 7 oy va 17 kunligida tarixdagi uchinchi eng yosh grossmeysterga aylanadi[10]. Biroq, sportchi 2022-yil holatiga koʻra Hindistonning eng yosh shaxmat ustasi boʻlib qolmoqda. 2021-yil iyun oyida u Julius Baer Challengers Chess Tour, Gelfand Challenge musobaqasida 19 balldan 14 ball to‘plagan holda g‘oliblikni qoʻlga kiritadi[11].

2022-yilning avgust oyida oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida 8 oʻyin davomida 8 ball jamgʻarib oʻziga xos maglubiyatsiz seriya qayd etdi va 8-aylanada 1-pogʻonada borayotgan AQSh terma jamoasini mag‘lub etishga yordam berdi. U musobada davomida 11 balldan 9 ball toʻplagan holda, 2867 ELO koʻrsatkichi bilan, 1-taxtada oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Manbalar

Havolalar