Georgia Stanway

Georgia Marie Stanway (1999-yil 3-yanvarda tug'ilgan) - ingliz futbolchisi, Frauen-Bundesliga klubi "Bavariya" va Angliya terma jamoasida hujumchi sifatida o'ynaydi. U shuningdek, turli yoshlar toifasida Angliya terma jamoasida o'ynagan.

Georgia Stanway
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiGeorgia Marie Stanway[1]
Tavallud sanasi3-yanvar 1999-yil (1999-01-03) (25 yosh)
Tavallud joyiBarrow-in-Furness, Angliya
Boʻyi1.62m
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AngliyaManchester City
Raqami10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2014AngliyaBlackburn Rovers
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2015–2022AngliyaManchester City94(30)
2022–GermaniyaBayern Munich0(0)
Milliy terma jamoa
2014AngliyaAngliya U151(0)
2014–2016AngliyaAngliya U1727(23)
2017–AngliyaAngliya U197(6)
2018–AngliyaAngliya U207(6)
2018–AngliyaAngliya terma jamoasi31(8)
2021–Birlashgan QirollikBuyuk Britaniya4(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

2016-yildaStanway BBC tomonidan yilning eng yaxshi yosh sportchisi nominatsiyasiga nomzod boʻldi. 2017- yilda u PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi nominatsiyasiga nomzod bo'ldi[2]. 2018-yil iyun oyida u UEFA ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibiga kiritildi. 2019-yilda yana bir bor PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi unvoniga sazovor bo'ldi.

Yoshlik yillari

Stanway Barrou-in-Furnessda tug'ilgan, ammo futbol o'ynash orzusini amalga oshirish uchun 16 yoshida ko'chib ketgan[3]. U Alan Shirerni o'ziga kumir qilib o'sgan va "Nyukasl Yunayted" ga muhlislik qiladi[4][5].

Klubdagi faoliyati

Blackburn Rovers

Stanway o'z faoliyatini Blackburn Roversda boshlagan va u yerda yoshlar jamoasida o'ynagan oxir-oqibat Angliya Premer-ligasida kattalar jamoasiga qo'shilgan.

Manchester City

Stanway 2017-18-yilgi Chempionlar ligasida "Manchester City" safida to'p surgan.

2015-yilning 18-iyulida Stanway «Manchester City» ga borib qo'shildi. 29-iyul kuni Stenvey "Manchester City" safida Qit'a kubogida " Dyurem " ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxira o'yinchisi sifatida debyut qildi[6]. 27-avgust kuni u "Everton"ga qarshi o'yinda (2:0) ilk golini kiritdi[7]. U o'zining birinchi mavsumini klubning Rising Star mukofoti bilan yakunladi[8]. 2016-yilda u Nissan tomonidan "Mavsumning eng yaxshi goli" sovrinini qo'lga kiritdi[9]. 2017-yilning yanvarida u klub bilan yangi shartnoma imzoladi[10].

Klubning 2017-18-yilgi mavsumdagi o'yinlari uni UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi jamoasi nomiga sazvor qildi[11]. Keyingi mavsumda Stanway PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi mukofotiga sazovor bo'ldi[12].

2019-yil 17-noyabrda Stanway “Vest Xem United” ga qarshi ligada 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda ikkita sariq kartochka oldi bu o'z o'zidan qizil kartochkaga olib keldi va u maydondan chetlashtirildi, lekin qizil kartochka olishdan oldin ikkita gol urishga ulgurgan edi[13]. U 2020/21-yilgi mavsumni Aston Villaga qarshi safarda 2:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda dubl qayd etish bilan boshladi[14].

2021-22-yilgi mavsumdagi birinchi Manchester derbisida Stanway 35-daqiqada Lea Galtonga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Shunga qaramay, “Manchester City” 2:2 hisobida durang qayd etdi[15]. Stanway 2021-yil dekabrida FA WSLda oyning eng yaxshi goli sovrinini qoʻlga kiritdi[16].

Stenvey(oq) 2019-yilda Angliya terma jamoasi safida

Yoshlar jamoasi

2016-yilda Stanway 17 yoshgacha bo'lgan Angliya terma jamoasini 2016-yilgi Yevroda uchinchi o'rinni egallab, Jahon chempionatiga yo'llanma olishiga yordam berdi[17]. 2018-yilda Stanway Angliyaning 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar o'rtasidagi Fransiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati musobaqasida muhim rol o'ynadi. Stanway olti marta gol urdi ("Oltin butsa" sohibi Patricia Guijarro bilan bir xil, ammo Patricia golli uzatmalarda Stanwayni ortda qoldirgan) Angliya uchinchi o'rinni egalladi[18][19].

Terma jamoa

Stanway 2018-yilning 8-noyabrida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:0) Angliya termasidagi ilk golini debyut uchrashuvida urdi[20] Stanway ikkinchi xalqaro golini 2019-yil sentabr oyida Norvegiyaga 2:1 hisobida ga'laba qozonilgan uchrashuvda kiritdi[21] 2021-yil 27-may kuni Stanway 2020-yilgi Olimpiada oʻyinlariga kechiktirilgan Buyuk Britaniya ayollar olimpiya terma jamoasining beshta hujumchisidan biri sifatida tanlangani e’lon qilindi[22].

Karyera statistikasi

Mavsumda ko'rsatilgan statistika
KlubSeasonLigaFA KubogiLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiy
DivizionO'yinGolO'yinGolO'yinGolO'yinGolO'yinGolO'yinGol
Blackburn Rovers2014[23]WPL Northern5656
Manchester City2015WSL 13100210052
2016104312110166
20175000002070
2017–181451043722610
2018–19WSL19113262203015
2019–20134104021205
2020–2121520406310348
2021–2292001000102
Umumiy94321032372061014848
Karyerada umumiy99381032372061015354
YilAngliyaBuyuk Britaniya
O'yinGolO'yinGol
201821
2019141
202030
2021-yil7240
202254
Jami31840

Xalqaro maydonda kiritlgan gollar

RaqamSanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqaMnb.
12018-yil 8-noyabrBSFZ-Arena, Mariya Enzersdorf, AvstriyaAvstriya2–03–0Do'stona[24]
22019-yil 3 sentabrBrann Stadion, Bergen, Norvegiya Norvegiya1–01–2Do'stona[25]
32021-yil 26 oktabr"Daugava" stadioni, Riga, Latviya Latviya9–010–02023 FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralashi[26]
42021-yil 30-noyabrKeepmoat stadioni, Donkaster, Angliya Latviya10–020–0[27]
52022-yil 8-aprelToshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya Shimoliy Makedoniya5–010–0[28]
68–0
72022-yil 12-aprelWindsor Park, Belfast, Shimoliy Irlandiya Shimoliy Irlandiya4–05–0[29]
85–0

Yutuqlar

Manchester City

  • FA Ayollar Superligasi : 2016-yil
  • FA Ayollar Ligasi kubogi : 2016, 2018–19, 2021–22
  • Ayollar o'rtasidagi Angliya kubogi : 2016–17, 2018–19, 2019–20

Angliya U17

  • 17 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi UEFA chempionati uchinchi o'rin: 2016[30]

Angliya U20

  • FIFA U-20 ayollar o'rtasidagi jahon chempionati uchinchi o'rin: 2018[31]

Angliya terma jamoasi

  • FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati : to'rtinchi o'rin 2019[32]
  • SheBelieves kubogi : 2019[33]
  • Arnold Klark kubogi : 2022[34]

Shahsiy yutuqlar

  • UEFA 17 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi chempionat ramziy jamoa a'zori: 2016-yil[35]
  • FIFA U-20 ayollar o'rtasidagi jahon chempionati kumush butsasi: 2018[36]
  • PFA yilning eng yaxshi yosh ayol futbolchisi : 2018–19[12]

Manbalar