Garvey Vilyam
Garvey Vilyam, Harvi Uilyam (Harvey William) (1578.1.4, Folkston, Kent grafligi — 1657.3.6, London) — ingliz vrachi va tabiatshunosi. Ilmiy fiziologiya va embriologiya asoschilaridan biri. Qon aylanishi haqidagi taʼlimotni yaratgan. Xususan odam va hayvonlar gavdasida doim maʼlum miqdordagi qon berk doirada aylanib yurishini isbotlab bergan. Bu jarayonda yurak asosiy rol oʻynashini koʻrsatib, yurakdan qon arteriyalar orqali chiqib, venalar orqali qaytishini aniqlagan, yurak har gal qisqarganda chiqadigan qon miqdorini belgilagan. Umrining oxirgi yillarida hayvonlarning individual rivojlanishini oʻrgangan. Epigenez nazariyasini birinchi boʻlib taʼriflab bergan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
🔥 Top keywords: Bosh SahifaAshuroMaxsus:SearchBordo suyuqligiAmir TemurAllohning 99 nomiTurkum:SeksOʻsmalarForobiyJinsiy aloqaShashmaqomUEFA Yevro 2024 finaliAmir ShohmurodQarluqBuxoro amirligiXiva xonligiIMGSRC.RUQoʻqon xonligiBuxoro xonligiGlitsinJadidchilikXufton namoziLamine YamalUEFA Yevro 2024Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiRavishAnal jinsiy aloqaKelishikAmir NasrullohOʻzbekistonBemorni parvarish qilishTemir davriUEFA Yevropa chempionatiAleksandrMinetHayzMoʻgʻullarning Markaziy Osiyoni bosib olishiQoraqalpogʻiston bayrogʻiOʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi