Fyodor Smolov

Fyodor Mikhaylovich Smolov (1990-yil 9-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional futbolchi, Moskvaning „Dinamo“ klubi va Rossiya terma jamoasi hujumchisi.

Fyodor Smolov
2022-yil Smolov Dynamo Moskva tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiFyodor Mikhailovich Smolov
Tavallud sanasi9-fevral 1990-yil (1990-02-09) (34 yosh)
Tavallud joyiSaratov, Russian SFSR, Soviet Union
Boʻyi1.87 m[1]
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
|Dynamo Moscow
Raqami10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997-2004Sokol Saratov
2005-2006Master-Saturn Yegoryevsk
2006-2007Saturn Moscow
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2007-2015Dynamo Moscow68(3)
2010Feyenoord (ijara)11(1)
2012-2013Anzhi Makhachkala (ijara)15(0)
2014Anzhi Makhachkala (ijara)11(2)
2014-2015Ural Yekaterinburg (ijara)22(8)
2015-2018Krasnodar75(53)
2018-2022Lokomotiv Moscow72(23)
2020Celta Vigo (ijara)14(2)
2022-Dynamo Moscow14(9)
Milliy terma jamoa
2006-2007Rossiya U1711(5)
2008Rossiya U195(3)
2008-2013Rossiya U2132(16)
2012-Rossiya45(16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 30-iyul uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 14-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Smolov Master-Saturn Yegoryevsk futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2007-yilda u Moskvaning „Dinamo“ jamoasiga oʻtadi . U Rossiya Premer-ligasidagi debyutini 2007-yil 28-aprelda „Dinamo“ tarkibida 17 yoshida „Luch-Energiya Vladivostok“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2010- yilning 14-iyulida klub Smolovni "Feyenoord "ga bir yillik ijaraga berdi.[2]

Uralga ijara

2014-yilning 1-sentabrida Smolov Ural Yekaterinburg ga bir mavsumga ijaraga berildi.[3] Ikki hafta oʻtgach, u klubdagi debyutida Permning Amkar klubiga safarda gol urdi.[4] U „Ural“ safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Krasnodar

2015-yilning 2-iyunida Smolov Rossiya Premer-ligasining Krasnodar klubiga erkin agent sifatida oʻtdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi.[5] U 2015-yil 20-iyulda o‘zining birinchi o‘yinini „Amkar Perm“ga qarshi mehmonda oʻtqazdi.[6]

Lokomotiv Moskva

2018-yil 9-avgustda u Rossiya Premer-ligasi chempioni Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi.[7]

Seltaga ijara

2020-yilning 30-yanvarida u Ispaniyaning Selta Vigo klubiga 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tdi.[8] U yangi klubidagi ilk golini 2020-yil 16-fevral kuni „ Santyago Bernabeu“ stadionida Real ga qarshi o‘yinda (2:2) urgan. 27-iyun kuni "Barselona"ga qarshi oʻyinda ham Smolov gol kiritdi.[9]

Lokomotiv qaytish

2021-yilning 12-may kuni u Rossiya kubogi-2021 finalida Kriliya Sovetovga qarshi o‘yinda gol urdi.[10] U „Lokomotiv“dagi uchinchi sovrinini qoʻlga kiritdi va jamoadoshi Fransua Kamano bilan birga 4 ta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 

Dinamo qaytish

2022-yilning 12-yanvarida „Dinamo“ „Lokomotiv“dan Smolovni o‘z safiga qo‘shib olganini eʼlon qild.[11] Moskva klubi Smolov bilan 1,5 yilga shartnoma imzoladi.[12]

Terma jamoadagi faoliyat

Smolov 2011-yilda 21-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralashida ishtirok etgan.[13]

2012-yil 6-noyabrda Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello Smolovni AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun tarkibga kiritdi.[14] 14-noyabr kuni u debyutini oʻtkazdi va milliy terma jamoadagi ilk golini kiritdi. [15]

Sovrinlari

Lokomotiv Moskva
  • Rossiya kubogi: 2018-19, [16] 2020-21 [17]
  • Rossiya Superkubogi: 2019 [18]
Shaxsiy sovrinlari
  • Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2015-16, 2016-17
  • Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (Sport-Ekspress): 2015-16, 2016-17, 2017-18

Manbalar

Havolalar