Folarin Balogun

Folarin Jerry Balogun (2001-yil 3-iyulda tugʻilgan) – professional futbolchi, Angliya Premyer Ligasining „Arsenal“ klubidan ijaraga olingan, „Reims“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Qoʻshma Shtatlarda tugʻilgan, Angliyani yoshlar terma jamoasi safini himoya qiladi.

Folarin Balogun
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiFolarin Jerry Balogun[1]
Tavallud sanasi3-iyul 2001-yil (2001-07-03) (22 yosh)
Tavallud joyiNyu-York, AQSH
Boʻyi1.78m[2]
AmpluasiHujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Reims (Arsenaldan ijaraga olingan)
Raqami29
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Aldersbrook
2008—2020[Arsenal U23
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2020–Arsenal2(0)
2022→ Middlesbrough (ijara)18(3)
2022–→ Reims (ijara)3(3)
Milliy terma jamoa
2018Angliya U17
2018AQSH U184(2)
2018—2019Angliya U18
2020Angliya U201(0)
2021–Angliya U2111(6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-avgust uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (14-iyun uchun)

Yoshligi

Balogun Nyu-York shahrida tugʻilgan va ikki yoshida Angliyaga koʻchgan[3][4], Londonda oʻsib-ulgʻaygan[5]. Uning ota-onasi Nigeriyada tugʻilgan[6]. Balogun koʻpincha „Arsenal“ning Hale End akademiyasida oʻqigan yillarida qoʻyilgan „Flo“ laqabi bilan tanilgan.

Jamoalardagi faoliyati

Balogun 8 yoshida Sunday League jamoasi hisoblangan „Aldersbruk“da oʻynab yurganida skautlar nigohiga tushganidan soʻng „Arsenal“ safiga qoʻshildi[7][8]. „Arsenal“ bilan tekshiruvdan oldin u Shimoliy London klubining raqibi „Tottenham Hotspur“ bilan sinovdan oʻtgan va ular bilan deyarli shartnoma imzolagan edi[8].

U 2019-yil fevral oyida professional shartnoma imzoladi[9].

2020-yil iyul oyida „Arsenal“ bilan yangi shartnoma boʻyicha kelisha olmaganidan soʻng, u klubdan ketish va 8 million funt sterling evaziga Brentford safiga qoʻshildi[10][11].

U Yevropa ligasidagi debyutini 2020-yil 29-oktyabrda oʻtkazdi va guruh bosqichida"Dundalk"ga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi[12].

Birinchi golini 2020-yil 26-noyabrda Yevropa ligasi guruh bosqichida „Molde“ga qarshi oʻyinda kiritdi[13].

2021-yilning 26-aprelida Balogun klub bilan yangi va uzoq muddatli shartnomasini imzoladi[14].

Balogun Premyer-ligadagi debyutini 2021-yil 13-avgustda turnirga yangi koʻtarilgan Brentfordga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi[15].

2022-yilning 12-yanvarida u mavsum oxirigacha ijara asosida EFL Chempionship klubi „Middlesbrough“ga qoʻshildi[16][17][18].

2022-yilning avgustida u ijara asosida Fransiyaning „Reims“ klubiga oʻtdi[19][20].

Terma jamoadagi karyerasi

Qoʻshma Shtatlarda nigeriyaliklar oilasida tugʻilgan va Angliyada oʻsgan Balogun xalqaro miqyosda uchala davlat terma jamoasi sharafini himoya qilish huquqiga ega. Angliyada 17 yoshgacha boʻlganlar darajasida oʻynagan va 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida ishtirok etganidan soʻng[21], 2018-yil avgust oyida AQShning U18 terma jamoasiga Chexiya Respublikasidagi yigʻin va turnir uchun chaqiruvni qabul qildi[22][23]. U Vatslav Jejek yoshlar turnirida Qoʻshma Shtatlar terma jamoasining toʻrtta oʻyinidan barchasida qatnashgan va ikkita gol urgan[24]. Shuningdek, u garchi Angliyaning „Arsenalnikiga oʻxshash“ oʻyin uslubini yoqtirishini aytgan boʻlsa-da, Nigeriya terma jamoasida oʻynashga qiziqish bildirgan[25][26].

Karyera statistikasi

2022-yil 20-avgust holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlardagi ishtirok va gollar jadvali
KlubMavsumLigaFA CupEFL CupYevropaBoshqaJami
DivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol
Arsenal U212018–191010
2019–201010
2020–212121
2021–222222
Jami6363
Arsenal2020–21Premier League000010520062
2021–22Premier League20002040
2022–23Premier League0000000000
Jami2000305200102
Middlesbrough (loan)2021–22Championship1832000203
Reims (loan)2022–23Ligue 1330033
Umumiy236203052633911

Manbalar