Felicity Kendal

Felicity Ann Kendal CBE (25-sentabr 1946-yil) - ingliz aktrisasi, asosan televideniye va teatrda ishlagan.U 70 yildan ortiq ushbu sohada faoliyat yuritib, koʻplab sahna va ekran rollarida ishtirok etgan ,ammo unga 1975-yilda ijro etilgan The good life serialidagi Barbara Good roli katta shuhrat olib keldi.

Felicity Kendal

Kendal 2016-yilda
Tavalludi 25-sentyabr 1946-yil (1946-09-25) (77 yosh)
Olton, Warwickshire, England
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1947-yil
Otasi Geoffrey Kendal
Onasi Laura Liddell

Hayoti

Felicity Kendal 1946-yil Angliyaning Olton shahrida tugʻilgan. U aktyor Laura Liddell va menejer Geoffrey Kendalning kichik qizi edi. [1] Uning opasi Jennifer Kendal ham aktrisa boʻlgan.

Birmingemdagi dastlabki yillaridan soʻng, Kendal yetti yoshida oilasi bilan Hindistonda yashadi. Bu paytda uning otasi ingliz aktyorining menejer boʻlib ishlagan. Oila koʻp sayohat qilganligi sababli, Kendal Hindistondagi oltita turli Loreto kollejilarida tahsil olgan [1] va 17 yoshida Kalkuttada ich terlama kasalligiga chalingan.  1975-yilda Kendal BBC sitkomida "The Good Life" serialidagi roli bilan televideniyada katta muvaffaqiyatga erishdi. U Richard Briers bilan birgalikda Barbara va Tom Good rolini ijro etishgan. Kendal barcha 30 ta epizodda qatnashgan va ular 1975-yildan 1978-yilgacha toʻrtta serialda namoyish qilingan.

Sahnaviy rollari

Kendalninng ish faoliyati boshlanganidan toʻqqiz oy oʻtib, u A Midsummer Nightʻs Dream filmida oʻzgaruvchan bola rolini ijro etdi.

U Londondagi "Minor Murder " (1967) sahna koʻrinishida rol oʻynagan. Uning teatr karyerasi 1980-yillar va 1990-yillarda Tom Stoppard bilan birgalikda faoliyat olib borgan paytda gullab-yashnagan va uning koʻplab dramalaridagi rollarni ijro etgan, shu jumladan The Real Thing (1982), Hapgood (1988), Arcadia (1993) va Indian Ink (1995) dramalarini misol qilish mumkin.

1989-yilda "Much Ado About Nothing" va "Ivanov" filmlarida oʻynagan rollari uchun "Evening Standard" teatr mukofotiga sazovor boʻldi.

2002-yilda Kendal Charlotte Jonening "Humble Boy" dramasida asosiy rol oʻynadi. 2006-yilda u David Harening "Amyʻs View" filmi West Endda ijro etdi.


2017-yilda u Menier shokolad fabrikasida Lettice va Lovage sahna asarida Maureen Lipman bilan birga rol oʻynadi.

2021-yilda Kendal "Barbican teatri"da Anything Goes asarining Evangeline Harcourt rolini ijro etdi.[2]

2023-yilda Kendal Phoenix teatri va Royal Haymarket teatrida "Noises Off" sahna asarining Dotty Otley rolini oʻynadi.

1995-yilda Kendal Edward Learning she'rlarini oʻqigan .

Shaxsiy hayoti

Kendalning Drewe Henley bilan birinchi nikohi (1968-1979) va Maykl Rudman bilan ikkinchi nikohi (1983-94) ajralish bilan yakunlandi. Kendalning ikkita oʻgʻli bor: Charleyning otasi-Henley va Jacobning otasi-Rudman boʻlgan. 1991-yilda u Rudman bilan ajrashdi, ammo 1998-yilda ular qayta uchrashishdi.

Kendal katolik diniga eʻtiqod qilgan. U ikkinchi nikoh paytida yahudiylikka oʻtgan, ammo tavba qilib: "Men oʻzimni ildizimga qaytayotganimni his qildim" degan. Uning oʻz diniga qaytishi uch yildan ortiq vaqt talab qildi. [3] Kendalning "White Cargo" nomli xotiralari 1998-yilda nashr etilgan. [4] 

Film rollari

Kendalning filmdagi rollari quyidagilardir:

  • Sheksper Wallah (1965) - Lizzie Buckingham rolida. Film (Merchant Ivory tomonidan) Kendal oilasining Hindistondagi hayotiga asoslangan.
  • Valentino (1977) - June Mathis rolida
  • We're Back! A Dinosaur's Story (1993) - Elsa rolida
  • Parting Shots (1999) – Jill Saunders rolida
  • How Proust Can Change Your Life (2000)- hikoyachi sifatida

Mukofotlar

 

Sovrinlari

  • 1976 - Eng yaxshi yosh aktrisa- Variety Club
  • 1979 - Eng yaxshi aktrisa - Variety Club
  • 1980 - Clarence Derwent mukofoti
  • 1981 - Eng yaxshi ayol (Buyuk Britaniya) - Clarence Derwent mukofoti [5]
  • 1984 - Yil ayoli tanlovida- eng yaxshi aktrisa - Variety Club
  • 1989 - Eng yaxshi aktrisa - Evening Standard teatr mukofoti

Nominatsiyalari

  • 1978 - Oltin medal - Eng yaxshi yosh aktrisa - Fotoplay mukofotlari [6]
  • 1985 - Komedik aktrisa - CableACE mukofotlari[7]

Manbalar

Manbalar

 

Tashqi havolalar

Andoza:Evening Standard Theatre Award for Best Actress