FIFA Jahon chempionati 2014 finali

FIFA Jahon chempionati 2014 finali 2014-yil 13-iyul kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Maracanã stadionida boʻlib oʻtadi, ushbu final oʻyinida FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasining gʻolibi aniqlanadi.[2][3]

FIFA Jahon chempionati 2014 finali
2014 FIFA World Cup Final

Lukas Podolski jahon chempionati kubogini koʻtarmoqda.
Musobaqa FIFA Jahon chempionati 2014
Qoʻshimcha taymdan keyin
Sana 13-iyul 2014
Maydon Maracanã stadioni, Rio-de-Janeyro
Oʻyin qahramoni Mario Götze (Olmoniya)
Hakam Nicola Rizzoli (Italiya)
Tomoshabinlar 74,738
Ob-havo Qisman bulutli
23 °C (73 °F)
65% namlik[1]
← 2010
2018

Final Olmoniya va Argentina milliy terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadi. 1986 va 1990-yilgi jahon chempionatlaridan keyin, ushbu oʻyin jahon chempionatlari tarixida, bu ikki jamoa oʻrtasidagi 3-final uchrashuvidir.

Oʻyindan oldin, Olmoniya 7 marta jahon chempionatlari finaligacha yetib kelgan (shulardan 6tasida 1954-yildan 1990-yilgacha Gʻarbiy Olmoniya nomi ostida oʻynagan), shulardan, 3ta finalda yutgan (1954, 1974 va 1990-yillari) 4ta finalda yutqazib kumush medallar sohibiga aylangan (1966, 1982, 1986 va 2002-yillari). Argentina esa, 4 marta finalga chiqib, shulardan, 2tasida gʻalaba qozonib (1978 va 1986-yillari), 2tasida magʻlub boʻlgan (1930 va 1990-yillari). Final uchrashuvining asosiy vaqti 0-0 hisobida yakunlandi va qoʻshimcha taymda burchakdan André Schürrle uzatgan topni, Mario Götze koʻkragi bilan toʻxtatib, havolatib bir zarbada darvozaga joylab qoʻydi.

Ushbu gʻalaba Olmoniyaning toʻrtinchi, Gʻarbiy va Sharqiy Olmoniya birlashganidan keyingi birinchi va Yevropa qitʼasidan tashqarida olgan ilk jahon chempionati kubogidir. Olmoniyaning gʻalabasidan keyin, soʼnggi 3 ta jahon chempionati faqat Yevropa vakillari yutib kelinmoqda, shuningdek Yevropa vakilining ilk bora Janubiy Amerika zaminida jahon kubogini yutishidir. Miroslav Klose ushbu chempionatda urgan gollari bilan, umumiy jahon chempionatlarida urgan gollari hisobi bilan 7 ta gol bilan jahon chempionati rekordini oʻrnatdi. Shuningdek, u 3ta jahon chempionatida ishtirok etgan 7ta futbolchining biriga aylandi.

Uchrashuvlar tarixi

Maracanã stadionida final oʻyini ketmoqda

Shu vaqtga qadar bu ikki terma jamoa 20 marta bir biriga qarshi yashil maydonda kuch sinashishgan, shulardan, 6ta uchrashuvda Olmoniya gʻalaba qozongan, 5ta oʻyin durang biln yakunlangan, qolgan 9ta oʻyinda Argentinaliklarning qoʻllari baland kelgan va har ikki terma jamoa umumiy bir biriga urgan gollari soni 28ta boʻlgan. Oltita uchrashuv jahon chempionatlarida kechgan, ikkita uchrashuv jahon chempionatlari finalida boʻlib oʻtgan:

  • FIFA Jahon chempionati 1958 1-guruhida, Gʻarbiy Olmoniya Argentinani 3–1 hisobida yutgan.[4]
  • FIFA Jahon chempionati 1966 1-guruhida, Gʻarbiy Olmoniya Argentina bilan 0–0 hisobida durang oʻynagan.[5]
  • FIFA Jahon chempionati 1986 finalida, Argentina Gʻarbiy Olmoniyani 3-2 hisobida yutib, 2-marotaba jahon chempioni boʻlgan.[6]
  • FIFA Jahon chempionati 1990 finalida, Gʻarbiy Olmoniya Argentinani 1-0 hisobida yutib, 3-marotaba jahon chempioni boʻlgan.[7]
  • FIFA Jahon chempionati 2006 chorak finalida, Olmoniya Argentinani penaltilar seriyasida 4-2 hisobida yutgan (asosiy vaqt 1-1 boʻlgan).[8]
  • FIFA Jahon chempionati 2010 chorak finalida, Olmoniya Argentinani 4-0 hisobida magʻlub etgan.[9]

2014-yilgi jahon chempionatida ishtirok etayotgan tarkiblarda, 2006 va 2010-yilgi jahon chempionatida boʻlgan uchrashuvlarda ham oʻynagan futbolchilar:

Klose bitta golini 2006 -yilgi uchrashuvda, ikkita golini 2010-yilgi uchrashuvda urgan, Müller esa bitta golini 2010-yilgi uchrashuvda urgan.[10] Olmoniya bosh murabbiyi Joachim Löw 2006 va 2010-yilgi uchrashuvlarda ham terma jamoa murabbiyi edi.

Bu ikki terma jamoa oʻrtasidagi eng oxirgi oʻrtoqlik uchrashuvi 2012-yili 15-avgustda, Frankfurt am Maindagi Commerzbank-Arena stadionida boʻlib oʻtgan edi, oʻshanda Argentina 3-1 hisobida gʻalaba qozongan edi.[11]

Jamoalar

Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.

Finalgacha bosib oʻtilgan yoʻl

OlmoniyaRoundArgentina
RaqibNatijaGuruh bosqichiRaqibNatija
 Portugaliya4–01-tur  Bosniya va Gersegovina2–1
 Gana2–22-tur  Eron1–0
 AQSh1–03-tur  Nigeriya3–2
G guruhi gʻolibi
JamoaDMKGOʻGTNO
 Germaniya321072+57
 AQSh31114404
 Portugaliya311147−34
 Gana301246−21
Soʻnggi jadval koʻrinishiF guruhi gʻolibi
JamoaDMKGOʻGTNO
 Argentina330063+39
 Nigeriya31113304
 Bosniya va Gersegovina31024403
 Eron301214–31
RaqibNatijaPley-off bosqichiRaqibNatija
 Jazoir2–1 (q.v)Nimchorak final   Shveysariya1–0 (q.v)
 Fransiya1–0Chorak final  Belgiya1–0
 Braziliya7–1Yarim final  Niderlandiya0–0 (q.v) (4–2 pen.)

Asosiy lagerlar va maydonlar

JamoaAsosiy lager1-tur2-tur3-turNimchorak finalChorak finalYarim final
 ArgentinaVespaziano (Minas-Jerais)Rio de JaneyroBelu OrizontiPortu AlegriSan PauluBraziliaSan Paulu
 GermaniyaSanta-Krus-Kabralia (Baiya)SalvadorFortalezaResifiPortu AlegriRio de JaneyroBelu Orizonti

Olmoniya oʻzininglagerini shimoliy Braziliyadagi Baiyada qurdi; uning narxi £25 million boʻldi.[12] Ular 2014-yil 8-iyunda Braziliyaga yetib kelgan edi.[13]

Koptok

FIFA Jahon chempionati 2014 finali uchun tayyorlangan “Adidas Brazuca Final Rio” nomli koptogi 2014-yilning 29-mayida keng ommaga namoyish qilingan edi, bu koptok boshqa guruh bosqichi va pley-off bosqichidagi koptoklardan farq qiladi. Adidas Brazuca Final Rio koptogining sirti jahon chempionati sovrinidagi yashil va oltin ranglarida bezalgan, oldingi chempionat oʻyinlarida ishlatilgan Brazuca koptogiga oʻxshash.[14] Brazuca Final Rio koptogi uchunchi marta Adidas kompaniyasining mahsuloti sifatida, jahon chempionatida qoʻllanilmoqda, undan oldin 2006-yilgi jahon chempionatida Teamgeist Berlin, 2010-yilgi chempionatda esa Jo'bulani nomli Adidas koptoklari qoʻllanilgan edi.

Hakamlar

Final uchrashuvini Italiyalik hakam Nicola Rizzoli, qanot hakamlari Italiyalik Renato Faverani va Andrea Stefani, toʻrtinchi rasmiy hakam esa Ekvadorlik Carlos Veralar final uchrashuvini boshqaradi.[15] FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasida Nicola Rizzoli, guruh bosqichida Ispaniya-Niderlandlar va Nigeriya-Argentina uchrashuvlarini, chorak finalda esa Argentina va Belgiya oʻrtasidagi oʻyinni boshqargan edi. Uning eng oxirgi boshqargan nufuzli UEFA Yevropa ligasi 2010 finali va UEFA Chempionlar ligasi 2013 final uchrashuvlarini boshqargan, FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati 2011, UEFA Yevropa chempionati 2012 va FIFA U-20 Jahon chempionati 2013 musobaqalarini boshqargandan keyin u dunyoning eng nomdor hakamlar safiga qoʻshildi. U jahon chempionatlari finallarini boshqargan 3-italiyalik hakam boʻldi, ungacha 1978-yili Sergio Gonella va 2002-yilgi chempionat finalini Pierluigi Collina boshqargan edi.[15]

Oʻyin

Qisqacha maʼlumot

Götze golini kiritayotgan vaziyat

Har ikki terma jamoa finaldagi tarkibi yarim finaldagidan oʻzgarmadi, faqat olmon futbolchisi Sami Khedira oʻyin oldidan qizib olish mashgʻulotida yengil tumov boʻladi va uning oʻrniga Christoph Kramer maydonga tushadi, ammo, Kramer ham qisqa vaqtda jarohat olib birinchi taymdanoq maydonni tark etadi, oʻrniga André Schürrle tushadi.[16]

Olmoniya futbolchisi Mario Götze qoʻshimcha taymning 113-daqiqasida gol urdi. Argentina hujumchisi Gonzalo Higuaín urgan goli hisoblanmadi, yon hakam oʻyindan tashqari holat deb topdi.

Tafsilotlar

13-iyul 2014
16:00
 Germaniya1–0 (q.v)  ArgentinaEstádio do Maracanã, Rio-de-Janeyro
Tomoshabinlar: 74,738
Hakam: Nicola Rizzoli (Italiya)
Götze  113'Hisobot
Olmoniya
Argentina
DA1Manuel Neuer
HM16Philipp Lahm (s)
HM20Jérôme Boateng
HM5Mats Hummels
HM4Benedikt Höwedes  34'
YH23Christoph Kramer  31'
YH7Bastian Schweinsteiger  29'
YH13Thomas Müller
YH18Toni Kroos
YH8Mesut Özil  120'
HJ11Miroslav Klose  88'
Almashtirishlar:
YH9André Schürrle  31'
YH19Mario Götze  88'
HM17Per Mertesacker  120'
Bosh murabbiy:
Joachim Löw
DA1Sergio Romero
HM4 Pablo Zabaleta
HM15Martin Demichelis
HM2Ezequiel Garay
HM16Marcos Rojo
YH14Javier Mascherano  64'
YH6Lucas Biglia
YH8Enzo Pérez  86'
YH22Ezequiel Lavezzi  46'
YH10Lionel Messi (s)
HJ9Gonzalo Higuaín  78'
Almashtirishlar:
HJ20Sergio Agüero  65'  46'
HJ18Rodrigo Palacio  78'
YH5Fernando Gago  86'
Bosh murabbiy:
Alejandro Sabella

Oʻyin qahramoni:
Mario Götze (Olmoniya)

Yon hakamlar:
Renato Faverani (Italiya)
Andrea Stefani (Italiya)
Toʻrtinchi hakam:
Carlos Vera (Ekvador)
Beshinchi hakam:
Christian Lescano (Ekvador)

Statistikalar

UmumiyOlmoniyaArgentina
Gollar10
Darvoza tomon zarbalar1010
Aniq zarbalar72
Toʻp bilan muomala53%47%
Burchak toʻplari53
Buzilgan oʻyin qoidalari2017
Oʻyindan tashqari holatlar32
Qaytarilgan toʻplar26
Sariq kartochkalar22
Qizil kartochkalar00

Taniqli tomashabinlar

Olmoniya kansleri Angela Merkel (chapda) final oʻyiniga boradi, biroq Argentina prezidenti Cristina Fernández de Kirchner (oʻngda) betobligi tufayli Braziliyaga kelolmadi

Braziliya prezidenti Dilma Roussef BRICS tashkilotiga aʼzo mamlakatlari liderlarini, 6-BRICS sammiti oldidan, ushbu chempionat final uchrashuviga taklif etgan. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi “Sport butun dunyo xalqlari orasiga doʻstlik ruhini hamda hamjihatlikni olib keladi. Futbol boʻyicha jahon chempionati musobaqasi butun jahon xalqlarining birlashishi uchun koʻprik vazifasini oʻtashi mumkin! Jo khele, wo hi khile (Faqat rango-rang oʻynaydiganlar uchun)” - deya fikr bildirgan.[17] Shuningdek, keyingi jahon chempionati mezboni Rossiyaning prezidenti Vladimir Putin[18] va oʻtgan jahon chempionati mezboni Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Jacob Zuma ham taklif etilgan.[19] Shuningdek, Rousseff honim musobaqa gʻolibini shaxsan oʻzi jahon chempionati sovrini bilan taqdirlaydi.[20]

Olmoniya prezidenti Joachim Gauck hamda kansler Angela Merkel finalni tomosha qilish uchun keladi. Bundan oldin, Merkel Salvadorda boʻlib oʻtgan Olmoniya va Portugaliya uchrashuvida ham ishtirok etgan edi.[21] Argentina prezidenti Cristina Fernández de Kirchner nevarasining tugʻilgan kuni boʻlganligi tufayli va sogʻligi yomonligi tufayli ushbu uchrashuvga kelolmaydi.[22]

Shuningdek, Mick Jagger, David Beckham, Plácido Domingo Jr., Ashton Kutcher, Daniel Craig, Tom Brady, LeBron James, Rihanna va Pelelar final uchrashuvini stadiondan turib kuzatdi.[23]

Marosimlar

Final oʻyinidan oldin, dunyoning mashxur yulduzlari Shakira, Carlinhos Brown, Carlos Santana, Wyclef Jean, Ivete Sangalo va Alexandre Pires Maracana stadionida chiqish qiladi, ijod namunalaridan ijro etadi.[24] Braziliyalik supermodel Gisele Bündchen va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Carles Puyol oʻyindan oldin musobaqa sovrinini topshiradi.[25]

Shuningdek, koʻring

Manbalar