Emma Myers
Asboblar
Umumiy
Nashr/eksport qilish
Emma Myers | |
---|---|
Tavalludi | 2-aprel 2002-yil (2002-04-02) (22 yosh)[1] Orlando, Florida, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2010 — hozirgi kungacha |
Emma Myers (2002-yil 2-aprelda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisa. U oʻz karerasini 2010-yilda The Glades filmida bola aktrisa sifatida boshlagan[1]. U 2022-yil Wednesday serialida Enid Sinclair rolini o‘ynab o‘zining muvaffaqiyatiga erishgan[2][3].
Emma Myers 2002-yil 2-aprelda Florida shtatining Orlando shahrida tugʻilgan. U uy maktablari kooperativiga qatnagan ammo hech qachon anʼanaviy maktab tajribasiga ega boʻlmagan[4].
Myers 2010-yilda The Glades teleserialida debyut qilib, bola aktrisa sifatida faoliyat yurita boshlaydi[1]. U 16 yoshida professional aktyorlik faoliyatini boshlagan[5]. Myers Southern Gospel (2020), A Tasty of Chrismas (2020) va Girl in the Basement (2021) filmlarida paydo boʻldi[6]. U 2022-yil Wednesday serialida Wednesday Addams rolini oʻynagan hamkasbi Jenna Ortega bilan birga Enid Sinclair roli orqali muvaffaqiyatiga erishdi[2].
Myers K-pop, xususan Seventeen guruhi muxlisi. Uning 2022-yilda Teen Vogue jurnaliga bergan intervyusiga koʻra, Uzuklar hukmdori va Yulduzlar urushi fandomlari Emmaning dunyoqarashini shakllantirgan onlayn fandomning ikkita ustuni boʻlgan. U oʻzini introvert deb taʼriflaydi.
Yil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
2010-yil | Letters to god | avtobusdagi kichkina qiz (ismi koʻrsatilmagan) |
2021-yil | Girl in the Basement | Marie Cody |
Yil | Sarlavha | Rol |
---|---|---|
2010-yil | The Glades | Paige Slayton |
2020-yil | The Baker and the Beauty | Stephanie |
Dead of Night | Magnoliyadan kelgan qiz | |
A Tasty of Christmas | BeeBee Jordan | |
2022-yil | Wednesday | Enid Sinclair |