Elias Kachunga

Elias Kachunga (talaffuzi: Eliyas Kachunga) (1992-yil 22-aprelda tugʻilgan) — professional futbolchi. Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan Kachunga Kongo DR milliy futbol terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda qatnashadi.

Elias Kachunga
Kachunga Borussia Mönchengladbach klubi safida 2010-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiElias Kachunga[1]
Tavallud sanasi22-aprel 1992-yil (1992-04-22) (32 yosh)
Tavallud joyiHaan, Germaniya
Boʻyi1.78 m
Ampluasihujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bolton Wanderers
Raqami24
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2009—2012Borussia Mönchengladbach II47(13)
2010—2014Borussia Mönchengladbach2(0)
2012→ VfL Osnabrück (ijara)17(10)
2012→ Hertha BSC II (ijara)4(3)
2012→ Hertha BSC (ijara)2(0)
2012—2013→ SC Paderborn (ijara)13(3)
2013—2015SC Paderborn55(12)
2015—2017FC Ingolstadt 0410(0)
2016—2017→ Huddersfield Town (ijara)42(12)
2017—2020Huddersfield Town75(4)
Milliy terma jamoa
2008—2009

Germaniyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
8(1)
2009—2010

Germaniyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7(2)
2010—2011

Germaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7(3)
2011—2012

Germaniyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
3(0)
2014

Germaniyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
2(0)
2017Kongo DR milliy futbol terma jamoasi1(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 26-mart uchun)

Shaxsiy hayoti

Elias Kachunga Germaniyaning Haan shahrida tugʻilgan. Kachunganing otasi kongolik, onasi esa nemisdir[2].

Klublardagi oʻyin faoliyati

Kachunga dastlabki faoliyatini Germaniyadagi „Borussia Mönchengladbach“, „VfL Osnabrück“, „Herta BSC“ va „SC Paderborn“ futbol klublarida oʻtkazgan. „Paderborn“ futbol klubi quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, Elias Kachunga 2015-yil iyun oyida „Ingolshtadt 04“ futbol klubi safiga qoʻshildi[3]. Elias Kachunga 1,7 million yevro evaziga klub safiga qoʻshildi va bu koʻrsatkich klub tarixidagi rekord transferni oʻrnatgan edi[4]. Elias Kachunga 2016-yil iyun oyida Angliya chempionati vakili „Huddersfield Town“ futbol klubi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[5]. U 2016-yilning 6-avgustida klub safida ilk oʻyinini oʻtkazdi va „Brentford“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:1) birinchi golini kiritdi[6]. 2017-yilning 22-martida „Huddersfield“ Kachunganing ijara shartnomasini doimiy transferga aylantirish uchun „Ingolshtadt 04“ futbol klubiga 1,1 million funt toʻladi[7].

2017-yilning dekabr oyida Elias Kachunga jarohati sababli uch oyga safdan chiqqan edi[8].

Elias Kachunga 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Huddersfield“ futbol klubini tark etdi[9].

2020-yil 2-sentyabrda Elias Kachunga „Sheffield Wednesday“ futbol klubi bilan bepul transferga imzo chekdi[10][11].

2021-yilning 20-mayida shartnoma muddati tugagach, Elias Kachunganing mavsum oxirida „Sheffield Wednesday“ futbol klubini tark etishi eʼlon qilindi[12].

2021-yilning 6-avgustida Elias Kachunga „Bolton Wanderers“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[13][14]. U bir kundan keyin „Milton Keynes Dons“ futbol klubiga qarshi kechgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[15].

Faoliyat statistikasi

KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Borussia Mönchengladbach II2009—2010Gʻarbiy liga4040
2010—2011Gʻarbiy liga241241
2011—2012Gʻarbiy liga18121812
Jami47130000004713
Borussia Mönchengladbach2010—2011Bundesliga200020
2011—2012Bundesliga000000
2012—2013Bundesliga000000
Jami2000000020
VfL Osnabrück (ijara)2011—2012Uchinchi liga1710001710
Hertha BSC II (ijara)2012—2013Regionalliga Nordost4343
Hertha BSC (ijara)2012—2013Bundesliga201030
SC Paderborn (ijara)2012—2013Bundesliga13300133
SC Paderborn2013—2014Bundesliga33620356
2014—2015Bundesliga32600326
Jami55122000005712
FC Ingolstadt 042015—2016Bundesliga10000100
2016—2017Bundesliga000000
Jami100000000100
Huddersfield Town (ijara)2016—2017Chempionat42122011304813
Huddersfield Town20171208Premer liga1910020221
2018—2019Premer liga2001010220
2019—2020Chempionat3630010373
Jami754104000814
Sheffield Wednesday2020—2021Chempionat2700021291
Bolton Wanderers2021—2022Birinchi liga322222050414
2022—2023Birinchi liga160102120211
Jami482324170625
Jami35259927310038165

Manbalar