Dinamo (futbol klubi, Samarqand)

(Dinamo Samarqand futbol klubidan yoʻnaltirildi)

Dinamo (Samarqand) (English: FC Dinamo Samarqand, Tajik: Dastai Futboli Dinamo Samarqand) – futbol klubi, Oʻzbekiston Super Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozirda Oʻzbekiston Super Ligasida qatnashadi.

FC Dinamo Samarqand
Toʻliq nomi Dinamo Samarqand futbol klubi
Laqabi The Lions (Oʻzbekcha: Sherlar)
Arslonlar
Dinamochilar
Asos solingan 1960 (64 yil avval) (1960)
Stadioni Dinamo stadioni
Sigʻimi 13,800
President Oʻzbekiston Akbar Shukurov
Bosh murabbiy Oʻzbekiston Vadim Abramov
Liga Oʻzbekiston Superligasi
Oʻrni 13
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

Jamoa tarixi

Jamoaning vujudga kelishi

Maʼlumotlarga qaraganda, 1958-yilda Samarqandda barpo etilgan bir necha zavodning ishchilari birlashib shahardagi dastlabki jamoani tuzishgan. Ushbu yangi jamoa dastlab havaskorlardan tashkil topgan boʻlib, 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan. Shu yilning oʻzida esa Samarqand shahar rahbarlari, futbol mutasaddilarining jonkuyarligi, koʻrsatgan jonbozliklari evaziga jamoa tashkil etildi.

Jamoaning hozirgi nomiga bogʻliq maʼlumotlarga oʻtadigan boʻlsak, „Dinamo“ sobiq ittifoq davrida koʻngilli sport jamiyati nomi edi. Yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionatida shu nom ostida koʻplab jamoalar toʻp surishgan. Xususan, oliy liganing oʻzida Kiyev, Moskva, Minsk va Tbilisi shaharlarining shu nomdagi klublari ishtirok etishardi.

Jamoa nomlari tarixi

Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba oʻzgargan. 2009-yili klub oʻzining tarixiy ismini qaytardi „Dinamo Samarqand“

  • 1960–1963: Dinamo Samarqand
  • 1963–1967: Spartak Samarqand
  • 1967–1968: Soʻgʻdiyona Samarqand
  • 1968–1970: FK Samarqand
  • 1970–1976: Stroitel Samarqand
  • 1976–1991: Dinamo Samarqand
  • 1991–1993: Maroqand Samarqand
  • 1993–1997: Dinamo Samarqand
  • 1997–1998: Afrosiyob Samarqand
  • 1998–2000: FK Samarqand
  • 2000–2008: FK Samarqand-Dinamo
  • 2008–present: FK Dinamo Samarqand

SSSR Chempionatlarida

Jamoa tashkil etilgach, dastlab turli xil turnirlarda ishtirok etish bilan kifoyalandi. Dastlab jamoas SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR 2-Ligasida (Oʻrta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Qator turnirlardagi kichik gʻalabalardan soʻng, futbolchilar jamoa tarkibidan muqim oʻrin egallashdi. Koʻp oʻtmay, klub Sobiq Ittifoq „B“ toifasidagi musobaqasida oʻz ishtirokini boshladi va 1964-yilga kelib „Dinamo“ turnirda 6 oʻrinni egalladi.

Samarqandliklar 1966-yilda oʻzining dastlabki xalqaro oʻyinida Fransiya jamoasi bilan Samarqanda oʻyin oʻtkazib 1:1 hisobini qayd etgan.

1968-yilda esa „Dinamo“ Mugʻuliston Qurolli kuchlari terma jamoasini qabul qilgan. Shiddatli kechgan oʻyinda dinamochilar mugʻullarni 2:1 hisobida dogʻda qoldirishgan.

Jamoa 1970-yillardan boshlab, jamoa nomi „Stroitel“ deya oʻzgartirilgan. 1970-yildan 1975-yilgacha „Stroitel“ deya yuritilgan. 1973-yilda esa bu jamoa Respublika chempionligini qoʻlga kiritdi.

1976-yilda samarqandlik futbolchilar Bolgariya jamoasini qabul qildilar. 1978-yilda esa Samarqand jamoasi Vengriya Futbol Federatsiyasining taklifiga koʻra, Vengriyada „Valan“ jamoasi mehmoni boʻlib qaytdi. Vengriyadagi oʻyinda doʻstlik gʻalaba qozongan, 2:2.

1979-yildan esa „Dinamo“ nomi yana tiklandi. Aynan oʻsha mavsumda jamoa Ittifoq birinchiligida 24 jamoa ichida faxrli 7-oʻrinni egalladi.

1980-yilda „Dinamo“ rahbariyati, jamoani xorijda oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Vyetnam davlatiga safar etdi. Xorijdagi oʻtkazilgan 5 ta oʻrtoqlik bahslarining 4 tasida samarqandliklar gʻalaba qozonishdi, bir uchrashuvda durang qayd etildi.

Shu yili jamoa sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida oʻz ishtirokini boshladi. Bu ligada Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bir necha marotaba yuqori oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

1978-yilda Samarqand futboli oʻzining eng iqtidorli futbolchilaridan biri – Sirojiddin Bozorovni mamlakatning bosh jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ klubi uchun yetishtirib berdi.

80-90-yillar esa „Dinamo“ning sobiq Ittifoq ikkinchi ligasidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokiga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha yillarda dinamochilar Kubok bahslarida chorak finalga qadar yetib kelishgan, ammo Samarqanddagi oʻtkazilgan oʻyinda, oʻsha davrlarda ancha kuchli tarkibga ega boʻlgan Litvaning „Jalgris“ futbolchilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Bu oʻyinda „Dinamo“ stadioni toʻlib toshganligi va oʻyinda samarqandliklar ustunlik qilganliklari haqida, jamoaning faxriy muxlislari hali hamon katta faxr bilan taʼkidlashadi.

SSSR chempionati natijalari

MavsumLigaSSSR KubogiEng Yaxshi toʻpurarMurabbiy
LigaO'RO'G'DMUGO'GOIsmLiga
19603st16304818307816 Yuriy Mamedov6 Artyom Vartazarov
19613st15305817397618 Vitaliy Nikitin4 Artyom Vartazarov
1962nomaʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmadi
19633st12287912254223 Ruben Shohnazarov5 Anatoliy Morozov

Saveliy Safronov

19643st63212137312337 Rashid Mamedov10 Saveliy Safronov

Ruslanbek Dzasoxov

19653st153812917436533 Ruslanbek Dzasoxov

Yuriy Yusupov

19663st143691017253228
19673st44216179403249
19683st34219167553854
19693st24623158703761
19703st113271114354025
1971—1975Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan
19763st194014521384933 Anatoliy Melixov10 Viktor Orlov
19773st1540131017505136 Aleksand Mosesov13 Sergey Budagov
19783st1944121022466934 Sergey Grigorovich19 Yakov Kaprov
19793st746211015593952 Sergey Grigorovich18 Bahodir Ibrohimov

Vitaliy Krasnoshyokov

19803st1362646803856 Erkin Vohidov17 Birodar Abduraimov
19813st2402776763361 Sergey Xrulyov17 Pyotr Shubin
19823st1362565631956 Erkin Vohidov

Sharif Fayziev

15 Vladimir Desyatchikov
19833st34022810704552 Sergey Grigorovich21 Vladimir Desyatchikov
19843st13821134673955 Gennadiy Ichevskiy26 Vladimir Desyatchikov
19853st4321688472740 Gennadiy Ichevskiy12 Aleksand Mosesov

Nikolay Kiselyov

19863st3362097633149 Gennadiy Ichevskiy

Vladimir Gurmushov

12 Nikolay Kiselyov
19873st43618810564344 Vladimir Gurmushov12 Aleksandr Ivankov
19883st143613518466031 Mixail Fomin

Sergey Yurin

8 Aleksandr Ivankov
19893st134015916535239 Olim Tillayev16 Vladimir Fedin
19904st43819712673945 Sharif Fayziev12 Shavkat Ahmerov

Yuriy Mamedov

19914st85025817926958 Hamza Jabborov17 Rustam Istamov

Oʻzbekiston Chempionatlarida

Mustaqil Oʻzbekistonda klub uzoq vaqtdan beri Oʻzbekiston Oliy ligasining doimiy ishtirokchilaridan biri boʻlgan. (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi deb yuritiladi). 20-asrning oxirgi yillarida va soʻnggi vaqtlarda (1994, 1998, 2016, 2018, 2020, 2021, 2023) Birinchi ligada (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Pro ligasi deb ataladi) oʻynagan.

1992-yilda SSSR parchalanganidan soʻng klub nomi „Maroqand“ga oʻzgartirilgan va Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasining dastlabki, 1-mavasumida ishtirok etgan. „Maroqand“ jamoasi debyut mavsumida 17 jamoa orasida 10-oʻrinni egallagan, Oʻzbekiston Kubogida esa yarim final bosqichiga qadar yetib borgan. 1993-yilda klub oʻzining „Dinamo“ nomini qaytardi. Ammo jamoa oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining 1/4 final bosqichida toʻxtadi. „Dinamo“ 1994-yilgi mavsumni Birinchi ligada oʻtkazgan va 2-oʻrinni egalab Oliy ligaga qaytgan. 1997-yilda jamoa yana muvaffaqiyatsiz oʻyinlari sababli 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketgan. 1997-yil 2-yarmidan 1998-yil oxirigacha klub „Afrosiyob“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 1998-yilgi mavsumda jamoa Birinchi ligada 2-oʻrinni egalladi va yana Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

1994 va 1998-yillar „Dinamo“ uchun omadsiz kelgan. Jamoa mavsum yakuniga koʻra, birinchi ligaga ravona boʻlgan.

Dinamo klubi 2013-yilgi mavsumda

1996-1997-yillarda jamoa „Afrosiyob“ nomi bilan Oliy liga bahslarida ishtirok etdi.

1998-yil oxirida klub nomi Samarqand deb oʻzgartirildi (2000-yilgacha). 1999-yil Oliy ligaga qaytgan mavsumida 5-oʻrinda yakunlagan. 2000-yilda jamoa tarixidagi eng yuqori yutuqlarini qoʻlga kiritdi. Oliy ligada 4-oʻrin va 1999/2000-yilgi Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqdi, unda Samarqand klubi Toshkent viloyatining „ Doʻstlik“ jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil oxirida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deb oʻzgartirildi va 2008-yil oxirigacha saqlanib qoldi. 2001-yilgi mavsumdan boshlab klub katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi va Oliy ligada oʻrta dehqonlardan biriga aylandi.

1999-yilda „Dinamo“ Oliy ligaga qaytgach, jamoa bosh murabbiyi etib rahmatli Mahmud Rahimov tayinlandi. Ushbu mutaxasis faoliyatining dastlabki yilida katta hajmdagi seleksiya ishlarini olib bordi va mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.

2000-yilning 3-fevralida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deya yuritila boshlandi. Samarqandliklar uchun eng omadli mavsum sifatada yodda qolgan 1999-2000-yillarda jamoa chempionat davomida ajoyib oʻyinlarini koʻrsatib, muxlislar olqishiga sabab boʻldi. Oʻsha yili jamoa tarkibi ancha kuchli koʻrinish olgandi. Darvozada Yevgeniy Safonov, himoyachilar Davron Fayziyev, Rahmatullo Fuzaylov, yarim himoyada Ilhom Sharipov, yosh Gladkovlar, Umid Abdurahmonov, Elshan Gambarov, hujumda Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiyev Jaʼfar Irismetovlar harakat qilishardi.

Aynan oʻsha mavsumda jamoa tarixidagi koʻpgina rekordlar yangilandi. Oʻsha mavsumda samarqandlik futbolchilarning chempionatdagi eng asosiy raqobatchilari „Doʻstlik“ jamoasi edi. Oliy liga oʻyini doirasidagi Samarqandda oʻtkazilgan bahsda „Dinamo“ oʻyingohida 30000 muxlis yigʻilgan va futbolchilar suyukli muxlislariga 6:3 hisobidagi ajoyib sovgʻani hozirlashgandi.

Jamoaning Oliy liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi ham aynan 2000-yilgi mavsumda kuzatilgan. Oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda mezbonlar Angrenning „Semurgʻ“ futbolchilari ustidan 8:0 hisobida zafar quchishgan.

2000-yilgi mavsumda samarqandliklar jamoasi oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib 4:1 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, Samarqandda Ozarbayjon termasi bilan oʻtkazilagan oʻrtoqlik oʻyinida „Dinamo“ futbolchilari 1:0 hisobida gʻalabani tantana qilishgan. Bundan tashqari, koʻhna shaharda terma jamoamiz oʻzining bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlarini oʻtkazgan.

2000-yilgi mavsumning yakunida esa „Samarqand-Dinamo“ jamoasi Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi bilan „Paxtakor“ oʻyingohida kuch sinashdi. Gollarga boy oʻtgan uchrashuvda „Doʻstlik“ 4:1 hisobida gʻalaba qozonib Kubok sohibiga aylandi. Dinamochilar esa shu yili Oliy liga tarixdagi eng yaxshi natijalari toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Koʻpchilik, oʻsha yillardan soʻng „Dinamo“ning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilayotgandi, ammo tajribali murabbiy rahmatli Mahmud Rahimovning bevaqt oʻlimi, bu orzularni yoʻqqa chiqardi…

Dinamo jamoasi 2007-yil Quruvchi jamoasi qarshi.

2000-yilgi natijani jamoa hozirga qadar takrorlay olgani yoʻq.

Umuman olganda, koʻhna shahar vakillari elitada 25 mavsum mobaynida toʻp surishgan. 6 mavsum jamoa birinchi ligada toʻp surishga majbur boʻlgan. Shu kungacha „Dinamo“ni 18 nafar murabbiy boshqargan. Klubda eng koʻp ishlagan mutaxassis – bu tojikistonlik Hakim Fuzaylovdir.

„Dinamo“da oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning taniqli mutaxassislari – Birodar Abduraimov, Mahmud Rahimov, Vladimir Desyatchikov, Valeriy Letkin, Sergey Xrulev, Vladimir Dotsenko, Ahmad Ubaydullayev, Aleksandr Ivankov, Baxtiyor Gʻafurov, Kamo Gazarov va Bahrom Hakimovlar faoliyat yuritishgan. Shuningdek, yuqorida aytib oʻtganimizdek, tojikistonlik Hakim Fuzaylov va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodovlar ham klub tarixidan joy olishgan. Oʻtgan mavsumlar davomida iqtidorli murabbiy, taniqli sobiq futbolchi Azamat Abduraimov ham aynan Samarqand jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab klub tarixida munosib iz qoldirdi. Bugunga kelib esa, yurtimizning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Ilhom Sharipov „Dinamo“ klubi zarvaraqlarida yangi sahifani ochishga bor kuch va gʻayratini ishga solmoqda.

Yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq 2007-yildagi 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida „Dinamo“ tarixiy nomi klubga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda.[1]

2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallagan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Premer-ligaga yoʻllanma oldi, u yerda 2017 yilgi mavsumda yana 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) elitadan tushib ketdi.

2018-yilda Samarqandning „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro -ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida oʻynamoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko bilan musobaqadan chiqib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko bilan 2-oʻrinni egalladi.

Yillar davomida erishgan eng yaxshi yutugʻi 2007-yilda 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida klub oʻzining tarixiy nomi „Dinamo“ ga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda. 2015-yilgi mavsum yakunida soʻnggi, 16-oʻrinni egallab turgan „Dinamo“ oʻz tarixida 3-marta Oʻzbekiston Birinchi ligasiga tushib ketdi. 2016 yilda u birinchi marta 1-oʻrinni egalladi va yana Oliy ligaga yoʻllanma oldi, u erda 2017-yilgi mavsumda 12-oʻrindan (16 ta klub orasida) yana elitadan chiqib ketdi.

2018-yilda Samarqand „Dinamo“ jamoasi saviya va ahamiyatiga koʻra mamlakatning 2-futbol ligasi hisoblangan Pro-ligada 5-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi mavsumdan boshlab jamoa yana Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etmoqda. 2019-yilda „Dinamo“ Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etib, 14-oʻrinni egalladi va 24 ochko jamgʻarib, quyi ligaga tushib ketdi. 2021-yilda „Dinamo“ Pro-ligada oʻynadi va 28 ochko jamgʻarib, 2-oʻrinni egalladi.

Klub afsonalari

Dinamoning eng koʻp maydonga tushgan oʻyinchisi bu Oleg Gorvits.

Dinamo uchun eng koʻp liga musoboqalarida gol urgan futbolchi: Hamza Jabborov (95 ta gol).

Qiziqarli faktlar

Jamoaning eng yirik hisobdagi gʻalabasi bu 2000-yilda Semurgʻ ustidan boʻlgan 8:0.

Eng yirik hisobdagi magʻlubiyati (8:0) 1997-yili Neftchidan olingan.

Mahalliy tarix

MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng Yaxshi toʻpurarMurabbiy
Div.Pos.Pl.WDLGSGAPIsmLiga
19921st10th3281014294626Semifinal Hamza Jabborov17 Nikolai Solovyov
19931st16th306321225915Quarterfinal Aleksandr Babayan

Izzatillo Fayzullayev

4 Rustam Istamov
19942nd2nd342275812951Quarterfinal Hamza Jabborov24 Ahmad Ubaydullayev
19951st11th3010515243735R32 Hamza Jabborov11 Ahmad Ubaydullayev
19961st10th3011118364534R1 Hamza Jabborov12 Ahmad Ubaydullayev

Sergey Dotsenko

19971st15th348818357332R1 Olim Tillayev

Izzatillo Fayzullayev

7 Sergey Dotsenko
19982nd2nd3826841054486Last 16 Timur Iskanderov30 Mahmud Rahimov
1999[2]1st5th301587573853Ikkinchi oʻrin Jafar Iresmetov19 Mahmud Rahimov
20001st4th3824311924775 Muhsin Muhammadiyev26 Hakim Fuzaylov
20011st12th3414317626845Last 16 Muhsin Muhammadiyev15 Hakim Fuzaylov
20021st13th309516244632R32 Ravshan Bozorov

Alisher Polatov

6 Hakim Fuzaylov
20031st8th3011217404635Last 16 Mixail Fomin7 Birodar Abduraimov
20041st13th266218254820R32 Asqar Beknazarov5
20051st8th2611312283236Last 16 Umid Isoqov6
20061st8th3012414393940Last 16 Bahodir Nasimov9
20071st5th301488483650Quarterfinal Farhod Tojiyev20 Toshmurod Ogʻamurodov
20081st6th3012612403042Quarterfinal Ilyos Qurbonov11 Toshmurod Ogʻamurodov

Azamat Abduraimov

20091st9th3011514444238Last 16 Bahodir Nasimov10 Azamat Abduraimov
20101st12th266911283327Quarterfinal Jafar Irismetov11 Azamat Abduraimov

Viktor Jalilov

20111st10th268513232529Quarterfinal Ivan Nagayev6 Viktor Jalilov

Ahmad Ubaydullayev

20121st9th269215272929Last 16 Roʻzimboy Ahmedov11 Ahmad Ubaydullayev
20131st8th268810283632R32 Farrux Shotursunov8 Kamo Gazarov

Ravshan Haydarov

20141st10th268414253928Quarterfinal Sanʼat Shixov7 Ravshan Haydarov

Toshmurod Ogʻamurodov

20151st16th306717284825R32 Kamoliddin Murzoyev8 Toshmurod Ogʻamurodov

Bahrom Hakimov

20162nd1st322642861982R32 Amirjon Safarov22 Bahrom Hakimov

Ilhom Sharipov

20171st12th308814213532Semifinal Amirjon Safarov4 Ilhom Sharipov

Edgar Gess

Oleg Tyulkin

20182nd5th3215710412652Last 16 Pavel Purushkin10 Ilhom Sharipov

Davron Fayziyev

20191st14266614254724R2 Qadambay Nurmetov5 Davron Fayziyev

Toshmurod Ogʻamurodov

20202nd3rd209562519322QR Oybek Nurmatov5 Sergey Lushan

Ravshan Ahmedov

Jasur Hakimov

20212nd2nd201127332835R16 Roʻzimboy Ahmedov12 Hakim Fuzaylov
20221st Marat Bikmayev8 Predrag Rogan

Andrey Shpilov

Vadim Abramov

20232nd Joel Kojo12 Vadim Abramov

Xalqaro Musobaqalarda natijalar

MusobaqaDMUGOʻGO
Osiyo kubogi egalari kubogi2--2540

2000/2001-yilgi mavsumda „Dinamo Samarqand“ ushbu turnirda qatnashgan. Ushbu turnirga yoʻllanmani jamoa Oʻzbekiston Kubogida finalgacha yetib borganida qoʻlga kiritgan.„Osiyo Kubok Egalari Kubogi“ mavsum 2000/2001,Saralash bosqichi „Gʻarbiy Osiyo zonasi“ 1-raund (Markaziy Osiyo mini zonasi).

MavsumMusobaqaBosqichKlubUySafarUmumiy

hisob

2000/2001Osiyo kubogi egalari kubogiBirinchi bosqich Nebitchi2-33-45-7

Klubning eski logotiplari

Klub stadioni

Dinamo Samarqand stadioni.

Dinamo Samarqand. PFK oʻz uy uchrashuvlarini Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“da oʻtkazadi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytda stadion sigʻimi 16.000 edi. Ushbu stadion 13.800 muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. 2012-yil rekonstrusiya ishlaridan oldin, bu stadion 16.000 muxlisni sigʻdira olardi. 2012-yili stadion toʻliq kapital rekonstruksiya qilingan. Stadionda zamonaviy kiyinish xonalari, Dush kabinalari, Hakamlar uchun maxsus xona, Jurnalistlar xonasi, Kafe, Klub Muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Samarqanddagi „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistondagi eng yaxshi stadionlardan biridir.

1992-yildagi, eng esda qolarli voqea sifatida Oʻzbekiston Kubogining final uchrashuvini Samarqand shahridagi „Dinamo“ stadioniga oʻtkazilishi boʻldi. Ilk marta oʻtkazilgan musobaqa finalida „Dinamo“ oʻyingohida Namanganning „Navbahor“ va Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoalari finalga roʻbaroʻ kelishib, penaltilar bahsida namanganliklar zafar quchishgan.

Yutuqlari

Futbolchilar

Joriy tarkib

1-mart 2024-yil haloatiga koʻra[3]
AmpluaFutbolchi
1  UZBDRFarhod Rahmatov
2  UZBHMDoston Foteyev
3  UZBHMUlugʻbek Abdullayev
4  UZBHMOdil Abdumajidov
5  UZBHMAnvarjon Fayzullayev
6  BLRHMArtyom Sokol
7  GHAYHFrancis Narh
8  UZBYHXislat Halilov
9  UZBYHHumoyunmirzo Iminov
10  KGZHJJoel Kojo
11  UZBYHDamir Temirov
13  UZBDRRavshanbek Yagudin
14  UZBHJBahodir Nasimov
16  UZBYHJavlonbek Malikov
17  UZBHMSalim Mustafoyev
AmpluaFutbolchi
18  UZBYHDilshod Rahmatullaev
19  UZBHJElnurbek Saitmuratov
20  BRAYHRatinho Fransisko Jurani
21  UZBHJAnvar Xojimirzayev
22  UZBYHSanjar Shoahmedov
23  UZBHJFarrux Ikromov
24  UZBYHBoburbek Yorbekov
26  UZBHMKomil Sharofutdinov
29  UZBHJVladimir Kozak
30  UZBHJAbubakir Moʻydinov
35  GHAHJEmmanuel Yaghr
44  SRBHMDušan Mijić
58  UZBYHHusniddin Gʻofurov
77  UZBHMVohidjon Oqboʻtayev
99  UZBHJMuhammadbobur Asadullayev

U21

AmpluaFutbolchi
12  UZBDRNodirbek Qayumov
15  UZBHMDiyorbek Dushanov
25  UZBYHParviz Farmonov
27  UZBYHOybek Hamroqulov
28  UZBHJShahriyor Umrzoqov
AmpluaFutbolchi
31  UZBHJIslomjon Xoldorov
33  UZBHJJavohir Gulmatov
34  UZBHMGʻolibjon Bahromov
37  UZBHJFirdavs Abdurahmonov

U19

Klub hodimlari

Klub rahbariyati va maʼmuriyati

  • Furqat Rahimov – Klub Prezidenti
  • Firdavs Karimov – Vitse Prezident
  • Odil Ziyotov – Maʼmur

Murabbiylar shtabi

2024-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Boshqaruv tarixi

Taqdim etilgan maʼlumotlarda kichik noaniqliklar boʻlishi mumkin.

YilTrener
1961-yil Aleksey Lapshin
1962-1979-yillarmaʼlumot yoʻq
1976-yil Vyacheslav Koltsov
1980-1981-yillar Birodar Abduraimov
1982-1984-yillar Vladimir Desyatchikov
1985 yil (1-bosqich) Aleksey Masesov
1985-1986-yillar Nikolay Kiselyov
1987-1988-yillar Aleksandr Ivankov
1989 yil Vladimir Fedin
1990 yil (1-davra) Shavkat Axmerov
1990 yil (2-bosqich) Yuriy Mamedov
1991 yil Rustam Istamov
1992 yil Nikolay Solovyov
1993 yil (1-bosqich) Rustam Istamov
1993 yil (2-bosqich) Vladimir Desyatchikov
1994-1997-yillarmaʼlumot yoʻq
1998-2000-yillar Mahmud Rahimov
2000-2002 Hakim Fuzaylov
2003 yil Birodar Abduraimov
2004-2006maʼlumot yoʻq
2007-2008-yillar Toshmurod Ogʻamurodov
2008-2010 Azamat Abduraimov
2010-2011 Viktor Jalilov
2011-2012 Ahmad Ubaydullayev
2012 yil Sergey Arslanov
2013 yil (1-bosqich) Kamo Gazarov
2013-2014-yillar Ravshan Haydarov
2014-2015-yillar Toshmurod Ogʻamurodov
2015 yil Baxrom Hakimov
2016 yil Uchqun Qobilov
2016 yil Ilhom Sharipov
2017 yil Edgar Gess
2017 yil Oleg Tyulkin
2018 Ilhom Sharipov
2018-2019 Davron Fayziev
2019 Toshmurod Ogʻamurodov
2020 Ravshan Ahmedov
2020[5] Sergey Lushan
2020 Jasur Hakimov
2021-yil[6] Hakim Fuzaylov[7]
2022 Predrag Rogan[8]
2022 Andrey Shipilov[9]
2022 – hozirgi kungacha ichida. Vadim Abramov

Mashhur Futbolchilari

"Dinamo" oʻyinchisi Bahodir Nasimov "rubin" klubi tarkibida.

Raqobat

Samarqand „Dinamo“si Oʻzbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Jamoaning deyarli har bir oʻyinida 13800 tomoshabinga moʻljallangan „Dinamo“ stadioni toʻlib-toshgan.

Samarqandning „Dinamo“ jamoasining asosiy raqibi shu nomli shahar va qoʻshni Buxoro viloyati (viloyat) poytaxti „Buxoro“ FK hisoblanadi.

Ayni paytda „Dinamo“ va „Buxoro“ muxlislari oʻzaro doʻstona munosabatlarga ega boʻlib, agar mamlakatning boshqa klublari oʻyinda sevimli klubiga raqib boʻlishsa, har ikki jamoani bir-biriga yaqinlashtiradi.

Samarqandning „Dinamo“ va „Buxoro“ jamoalari ishtirok etgan „Qadimiy shaharlar derbisi“ mamlakatimizda juda mashhur. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biri – Samarqand va Buxoro sharafini himoya qiladi. Jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar ajoyib oʻtmoqda va muxlislar oʻrtasida sotib olingan.

Samarqandning ham oʻziga xos „Samarqand derbisi“ borki, bu kamdan-kam uchraydi. Agar „Dinamo“, " Sherdor " va „Spartak“ klublari, shuningdek, shaharning kichik va unchalik tanish boʻlmagan klublari oʻzaro toʻqnash kelsa, oʻyin norasmiy tarzda xuddi shunday maqomga ega .

Samarqand „Dinamo“sining koʻplab taxalluslari bor: „Samarkand“ (uzb. Samarqandliklar/Samarkandliklar); „Yoʻlbarslar“ (oʻzb . Yoʻlbardlar / Yoʻlbarslar) – shahar gerbida ham aks ettirilgan klub va Samarqand shahrining ramzi; „Starogorodtsy“ (oʻzb . Koʻhna shaharliklar / Khna shaharliklar) – Samarqandning qadimiyligiga ishora; boshqa taxalluslar ham bor.

Homiylari

Urgut shahrida joylashgan „Urgaz carpet“ maʼsuliyati cheklangan jamiyat klub homiysi hisoblanadi kompaniya yirik gilam ishlab chiqarish klasteri hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar