Difeniloksid

Difeniloksid, difenil-efir (C6H5)2O. — rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,21. Suyuqlanish temperaturasi 28-29°, qaynash temperaturasi 259,3°; zichligi 1075 kg/m3. Suvda deyarli erimaydi, benzol, muz holdagi sirka kislota, etanolda yaxshi eriydi. S6N5S1 bilan C6H5ONa ni mis ishtirokida qizdirish orqali olinadi. Past temperaturada suyuqlanishi, termik va kimyoviy barqarorligi sababli difeniloksidning difenil bilan aralashmasi (difenil aralashmasi, dinil, dauterm A) yoki naftalin bilan aralashmasi (dauterm V) issiqlik oʻtkazuvchi modda sifatida ishlatiladi. Difeniloksid xushboʻy modda sifatida ham qoʻllanadi.

Adabiyot

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil