Dejan Kulusevski

Dejan Kulusevski (2000-yil 25-aprelda tug‘ilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Serie A ligasining „Yuventus“ klubidan Premier League klubi „Tottenham“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan. Shvetsiya terma jamoasi va „Tottenham“da qanot yoki yarim himoyachi sifatida o‘ynaydi.

Dejan Kulusevski
2021-yil Kulusevski Juventus safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiDejan Kulusevski[1]
Tavallud sanasi25-aprel 2000-yil (2000-04-25) (24 yosh)
Tavallud joyiStokgolm, Shvetsiya
Boʻyi1.86 m
AmpluasiYarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Tottenham Hotspur (ijara)
Raqami21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006-2016IF Brommapojkarna
2016-2019Atalanta
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2019-2020Atalanta3(0)
2019-2020Parma (ijara)17(4)
2020-Juventus55(5)
2020Parma (ijara)19(6)
2022-Tottenham Hotspur (ijara)18(5)
Milliy terma jamoa
2015-2016Makedoniya U175(6)
2015-2017Shvetsiya U1719(6)
2017-2018Shvetsiya U1913(2)
2019Shvetsiya U215(2)
2019-Shvetsiya25(2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-may uchun)

Klublardagi faoliyati

Kulusevski Stokgolmda tugʻilgan va olti yoshida IF Brommapojkarna yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[2].

Atalanta

U 2016-yil 7-iyulda Brommapojkarnadan Atalanta yoshlar jamoasiga qoʻshiladi[3]. U 2019-yilning 20-yanvarida A Seriyadagi debyutini „Frozinone“ga qarshi safarda oʻtkazdi[4][5]. U 2018-2019-yilgi mavsum davomida klub safida jami uchta oʻyinda maydonga tushdi[6].

Parma (ijara, 2019-2020-yil)

2019-yilning 18-iyulida Kulusevski A Seriyaning „Parma“ klubiga 2020-yilning 30-iyuniga qadar ijaraga berildi[7]. U A Seriyadagi ilk golini 30-sentyabr kuni „Torino“ga qarshi oʻyinda (3:2) urgan edi[8].

Juventus

A Seriyaning 2019-2020-yilgi mavsumining birinchi qismida „Parma“da ijarada boʻlganida, u ligada 17 ta oʻyinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi[9].

Kulusevski A Seriyadagi boshqa bir klub „Yuventus“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma asosida 35 million yevro evaziga qoʻshildi, bu shartnomadagi boshqa oʻzgarishlarga qarab 44 million yevrogacha koʻtarilishi mumkin[10].

Kulusevski mavsumning qolgan qismida Parmaga ijaraga qaytarildi[11][12]. U mavsumni 10ta gol va 9ta golli uzatma bilan yakunladi va mavsumda A Seriyaning „Eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ deb topildi[13].

Kulusevski 2020-yil 20-sentyabrda „Yuventus“dagi debyutining „Sampdoriya“ga qarshi o‘yinida (3:0) gol urgan[14]. 2021-yilning 19-mayida u 2021-yilgi Italiya kubogi finalida „Atalanta“ ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Federico Chiesaning g‘alaba goliga assistentlik qildi[15]. Keyingi mavsumda Kulusevski Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga qarshi oʻyinda 20-oktyabr kuni 86-daqiqada boshi bilan gol urdi[16]. Massimiliano Allegri Kulusevskini maydonga tushirishni kamaytirdi, 20ta oʻyinda maydonga tushdi va ikkita gol urdi.

Tottenham (ijara)

Kulusevski 2022-yilda „Tottenham“ safida

2022-yilning 31-yanvarida Kulusevski Premer liga vakili „Tottenham“ga 18 oyga ijaraga berildi. Shartnoma 10 million yevroga teng edi va sotib olish huquqini oʻz ichiga olgan boʻlib, u 35 million yevro miqdorida edi[17]. U oʻzining „shporlar“ safidagi ilk uchrashuvini 5-fevral kuni Angliya kubogi doirasida „Brighton & Hove Albion“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[18].

Terma jamoadagi faoliyat

Kulusevski barcha yoshdagi Shvetsiya yoshlar terma jamoalarida[19][20] hamda Makedoniyaning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasida o‘ynagan[21]. U Shvetsiya terma jamoasiga ilk bor 2019-yilning noyabr oyida Ruminiya va Farer orollariga qarshi UEFA Yevro-2020 saralash oʻyinlarida jalb etilgan edi[22].

Yutuqlari

Yuventus

  • Italiya kubogi: 2020-21
  • Italiya Superkubogi: 2020

Shaxsiy sovrinlar

  • A Seriyaning „Eng yaxshi yosh futbolchisi“: 2019-20[23]

Manbalar

Havolalar