Davy Pröpper

David Petrus Wenceslaus Henri Pröpper (talaffuzi: Davi Pryopper; 1991-yil 2-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan.

Davy Pröpper
Pröpper 2018-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismiDavid Petrus Wenceslaus Henri Pröpper[1]
Tavallud sanasi2-sentyabr 1991-yil (1991-09-02) (32 yosh)[2]
Tavallud joyiArnhem, Niderlanliya
Boʻyi1.85 m[3]
AmpluasiYarim himoyachi, hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2004VDZ
2004—2008Vitesse
Professional faoliyati*
YillarJamoaIsht.(Gol.)
2008—2015Vitesse142(18)
2015—2017PSV67(16)
2017—2021Brighton & Hove Albion107(2)
2021—2022PSV9(1)
Milliy terma jamoa
2009—2010Niderlandiya U194(0)
2010—2013Niderlandiya U215(1)
2015—2019Niderlandiya19(3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

Vitesse

Pröpper oʻz faoliyatini mahalliy VDZ havaskorlar klubida boshlagan. 2004-yilda Vitesse akademiyasida oʻtigan[4]. Erediviziyadagi debyutini 2010-yilning 17-yanvarida Stadion de Goffertda NECga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[5]. 2010-yilning 13-aprelida GelreDome stadionida NAC Bredaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushdi[5]. Pröpper 2009—2010-yilgi mavsumda Erediviziyada 11 oʻyin oʻtkazdi[5].

„Vitesse“dagi ikkinchi mavsumida klubdagi birinchi golini urdi va oʻsha oʻyinda klubi „Ajax“ ga 2:4 hisobida magʻlub boʻldi[6].

PSV

Pröpper 2015-yilda PSVda oʻynagan

2015-yilning 8-dekabrida Pröpper UEFA Chempionlar Ligasi doirasida CSKA Moskowga qarshi PSVning g‘alaba to‘pini kiritidi[7]. 2015—2016-yilgi mavsumda 10 ta gol urdi[8].

Brighton & Hove Albion

Pröpper 2017-yilning 7-avgustida Premyer-liganing Brighton & Hove Albion klubi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[9]. 5 kundan soʻng debyutini oʻtkazdi. „Brighton“ oʻz uyida liga chempioni Manchester Cityga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi[10]. EFL kubogidagi debyutini 19-sentyabr kuni AFC Bournemouthga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[11].

PSVga qaytish

2021-yil 23-iyun kuni PSV nomaʼlum to‘lov evaziga „Brighton“dan sotib olganini eʼlon qildi[12]. PSVda 21-iyul kuni Chempionlar Ligasi ikkinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Galatasaray“ oʻyiinning (5:1) 63-daqiqasida Marco van Ginkelning oʻrniga maydonga tushdi[13]. Oʻzining birinchi golini 21-avgust kuni SC Kambuur qarshi oʻyinda (4:1) kiritib, hisobni ochdi. [14]

Xalqaro faoliyati

Pröpper Gollandiya U19 terma jamoasini 2010-yilgi UEFA U-19 Yevropa chempionatiga saralash bosqichida himoya qilgan. 2009-yilning 14-noyabrida Pröpper U19 Oranje tarkibida Kiprga qarshi saralash bahsida maydonga tushgan[15].

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaBoshqaJami
DiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar
Vitesse2009—2010[5]Erediviziya11000110
2010—2011[5]Erediviziya29331324
2011—2012[5]Erediviziya19130221
2012—2013[5]Erediviziya140324[lower-alpha 1]0212
2013—2014[5]Erediviziya357201[lower-alpha 1]0387
2014—2015[5]Erediviziya34740387
Jami142181535016221
PSV2015—2016[5]Erediviziya3310218[lower-alpha 2]11[lower-alpha 3]04412
2016—2017[5]Erediviziya346226[lower-alpha 2]11[lower-alpha 3]14310
2017—2018[5]Erediviziya2[lower-alpha 1]020
Jami671643162218922
Brighton & Hove Albion2017—2018[16]Angliya Premyer-ligasi3504010400
2018—2019[17]Angliya Premyer-ligasi3014010351
2019—2020[18]Angliya Premyer-ligasi3510000351
2020—2021[19]Angliya Premyer-ligasi702020110
Jami1072100401212
PSV2021—2022[20]Erediviziya91006[lower-alpha 4]01[lower-alpha 3]0161
PSVda umumiy7617432223110523
Jami faoliyati32537296402723138846

Xalqaro

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoaYilIshtirokGollar
Niderlandiya201510
201630
201743
201850
201960
Jami193
Davy Pröpper tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/rSanaJoyKepRaqibHisobNatijaMusobaqa
12017-yil 3-sentyabrAmsterdam Arena, Amsterdam, Niderlandiya6  Bolgariya1—03—12018 FIFA Jahon chempionati saralashi
23—1
32017-yil 7-oktyabrBorisov Arena, Barishaw, Belarusiya7  Belarus1—03—12018 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari

PSV

  • Erediviziya: 2015—2016 [5]
  • Johan Cruyff Shield: 2015, 2016, 2021[5][21]

Niderlandiya

  • UEFA Millatlar ligasi ikkinchi oʻrin: 2018—2019[22]

Manbalar